Mavzu: Oʻzbekiston taʼlim tizimi va turlari. Nazariy mashg'ulot dars o'tish rejasi.
Darsning xronologik xaritasi
1. Tashkiliy qism:o’quvchilar bilan salomlashish, sinf davomatini olish, 6 daqiqa.
2. O’quvchilarning bilimini tekshirish: O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilan og’zaki qisqa savol javob bilan mavzuni o’zlashtirganini tekshirish, 6 daqiqa.
3. Yangi mavzuni tushuntirish: Yangi mavzuni o’quvchilargan keng, tushunarli qilib yoritib berish, 22 daqiqa.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash:Yangi o’tilgan mavzuni qay darajada o’zlashtirganini tekshirish uchun noodatiy testlar, 10 daqiqa.
5. Uyga vazifa: O’quvchilar o’tilgan mavzuni o’qib, qo’shimcha yangi ma’lumotlar bilib kelish, 1 daqiqa.
Jami: 45 daqiqa.
Mavzu:O’qitishda interfaol metodlar. Reja; 1. Interfaol metodlar va ular haqida tushuncha. 2. Interfaol metodlarga misollar. 3. Sinfda 20 ta interfaol o’qitish mashg’ulotlari.
INTERFAOL METODLAR Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra sub’ektiv xususiyatga ega. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:
— pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
— o’qituvchi o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
— o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
— o’quvchlarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi;
o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
— pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Mashg’ulot jarayonida o’quvchilar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa, o’quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni muammo bo’yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir. Sinfda nutqni rag’batlantirish, dars samaradorligini ta’minlash uchun 20 ta samarali interfaol o’qitish strategiyalari tadbirlarni diqqat markaziga qo’ymoqchiman.
Yoshlar ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra sub’ektiv xususiyatga ega. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:
1. Pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
2. O’qituvchi o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
3. O’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
4. O’quvchlarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi;
5. O’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
6. pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
“FIKRIY HUJUM” METODI Mazkur metod o’quvchilarning mashg’ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g’oyalarni to’plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rganish uchun xizmat qiladi.
“Fikriy hujum” metodining asosiy tamoyili va sharti mashg’ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag’batlantirishdan iboratdir. Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning mashg’ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o’qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko’lamining kengligiga bog’liq bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Holiqov.A, Pedagogik mahorat,T.,2011yil.
2.Munavvarov A.Q. Pedagogika. T., 2016 y.
3. G‘aybullaev N., Yodgorov R., Mamatqulova R., Toshmurodova Q., Pedagogika ma‘ruzalar matni. T., 2016 y.
4. B.Ziyomuhammedov,Pedagogik mahorat asoslari ,T.2019yil
5.Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. – T.: O‘qituvchi, 2014.– 123 b.
6.Saidahmedov N. YAngi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2013.– 234
7.Xo‘jaev N. va boshqalar. Pedagogika asoslari. – T., 2013.– 344 b.
8.Xo‘jaev N. va boshqalar. Ta‘lim nazariyasi. – T., 2013.– 216 b.
9. Ochilova G. Pedagogika. T.: 2015
10.Prof. M.X.Toxtaxodjaeva Pedagogika.– T.,2015. Tolipov O‘.Q., Barakaev M., SHaripov SH.S. Kasbiy pedagogika (ma‘ruzalar matni). – T.: ―Ofset-print‖ matbaasi, 2015. –100 b