Qaymoqga ishlov berish usuli bilan sariyog` olish usuli
Sariyog`lar va sut konservalarining sifat ko`rsatkichlari va ularni saqlash
Sariyog` sigir qaymog`ini qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulot hisoblanib, yuqori darajada energiya berish qobiliyatiga egadir.
Sariyog`larning ozuqaviy va biologik qiymati uning kimyoviy tarkibi bilan xarakterlanadi. Sariyog`lar tarkibida yog`ning miqdori uning turiga qarab 52 % dan 82,5 % gachani tashkil etadi.
Sut yog`i boshqa tabiiy yog`lardan murakkab kimyoviy tuzumga, yuqori ozuqaviy va biologik qiymatga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Sariyog`ning biologik qiymatini ular tarkibiga kiruvchi fosfatidlar va yog`da eruvchi vitaminlar ham birmuncha oshiradi. Sariyog`lar tarkibida uchraydigan asosiy yog`da eruvchi vitaminlarga A, D, YE vitaminlari va karotinlarni kiritish mumkin. Shuningdek, sariyog` tarkibida kam miqdorda suvda eruvchi vitaminlardan В1, В2, С va RR vitaminlari uchraydi.
Sariyog`lar inson ratsioni yog` balansining muhim qismi bo`lganligi sababli ham yuqori sifat ko`rsatkichlariga ega bo`lishi talab etiladi.
Sariyog`larning sifati kimiyoviy va organoleptik ko`rsatkichlari asosida baholanadi. Ularning asosiy kimiyoviy ko`rsatkichlariga suv, yog`, yog`siz quruq moddalar va tuz miqdorlari kabi ko`rsatkichlari kiradi. Sariyog`larda bu ko`rsatkichlar GOST 37-91 nomerli hamdo`stlik mamlakatlari xalqaro standarti talabiga javob berishi kerak.
Sariyog`larning sifatini tekshirish avvalo sariyog` joylangan idishlarning holatini tekshirish bilan boshlanadi. Sariyog` joylangan idishlar toza, mexanik shikastlanmagan, sariyog`lar idishga zich joylashgan, idishlar tamg`alangan bo`lishi kerak. Keyin esa sifat ekspertizasini o`tkazish uchun kerakli me`yoriy hujjatlar talabiga asosan ulardan o`rtacha namunalar olinadi. Olingan o`rtacha namunalar laboratoriyalarga keltirilib ularning kimiyoviy va organoleptik ko`rsatkichlari aniqlanadi.
Organoleptik ko`rsatkichlari bo`yicha tuzsiz, tuzlangan, lyubitelskiy, shuningdek eritilgan sariyog` oliy va 1-chi navlarga bo`linadi. Boshqa sariyog` turlari esa navlarga ajratilmaydi. GOST 37-55 standarti bo`yicha sariyog`larning organoleptik ko`rsatkichlari 10 ballik sistema bo`yicha aniqlanar edi. Yangi qabul qilingan hamdo`stlik maslakatlarining xalqaro standarti GOST 37-91 standartida esa sariyog`ning sifatini 20 ballik sistemada aniqlash ko`rsatilgan. Bunda sariyog`ning asosiy organoleptik ko`rsatkichlariga quyidagi ballar beriladi. Agar sariyog`ning umumiy ball ko`rsatkichi 13 dan 20 balgacha bo`lsa oliy navga, 6 dan 12 balgacha bo`lsa 1-navga kiritiladi. Umumiy ball ko`rsatkichi bo`yicha 6 baldan kam ball olgan sariyog`lar nostandart deb topiladi va sotuvga chiqarilmaydi.