Mavzu: Qobilyat va uning rivojlanishi. Reja



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə2/6
tarix11.11.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#131728
1   2   3   4   5   6
Qobilyat va uning rivojlanishi.

UMUMIY QOBILIYATLAR-insonni turli faoliyat yo`nalishlarda muvaffaqiyatini ta`minlaydi.
Maxsus qobiliyatlar insonni biror-bir maxsus faoliyat yo`nalishidagi muvaffaqiyatini ta`minlaydi va uning namoyon bo`lishi uchun maxsus layoqat bo`lishi lozim.
Bunday qobiliyatlarga musiqaviy, matematik, texnik, adabi-ijodiy, pedagogik va bshqalar kiradi.
Musiqiy qobiliyatlar B.M.Teplov tomnidan o`rganilib, Psixologiya muzo`kalno`x sposobnostey” kitobida keng ochib berilgan.
Unda musiqiy qobiliyatlar zaminida individual-psixologik xususiyatlar kompleksi yotib, ular shaxsda musiqaviy shakllantirishga xizmat qiladi, deb ko`rsatilib o`tiladi.
B.M.Teplovning fikricha, musiqiylikning asosiy namoyon qilib turadigan narsa musiqani xis qilish, shuningdek, musiqani emostional xis qila olishlik musiqaviy qobiliyatning asosiy mazmunidir.
B.M.Teplov musiqaviylikni tizimini ko`rib chiqadi va quyidagilarni kiritadi: musiqani eshitish xususiyati, musiqa ritmi va musiqiy xotira.
Matematik qobiliyatlar ustida V.A.Krutestkiy ishlagan. Jumladan u “Matematik qobiliyatlar psixologiyasi” monografiyasida matematik qobiliyatlar va ularning tizimini yoritib bergan.
U idrok, tafakkur, xotira-hayolning individual xususiyatlarini aniqlab, ularni matematik faoliyatida namoyon bo`lishini (matematik o`zlashtirishda) tadqiq qilgan.
Matematik materialni o`zlashtirishda idrokning ahamiyatini aniqlagan V.A.Krutestkiy qobiliyatli o`quvchilarda o`ziga xos materialni “ichki” analitik-sintetik tahlil qilish, qayta ishlash
xususiyati, “joyida” masalani tizimini idrok etib, uni asosiy munosabatlarini ochadilar, deb hisoblaydi. Matematikaga alohida iste`dodi bo`lgan o`quvchilar o`ziga xos “matematik aql” bilan xarakterlanadilar-ular borliqning mantiqiy va matematik mazmunini topa oladilar, ulardagi mantiqiy va matematik kategoriyani aniqlaydilar, ko`pincha xodisalarni matematik munosabatlar nuqtai-nazariyasi orqali qabul qiladilar.
Tasviriy san`atga xos qobiliyatlari psixologiyasi kitobida tasviriy qobiliyatning psixologik tahlili berilgan. Tasviriy faoliyatda idrokning xususiyatlarini o`rganish jarayonida V.I.Kirnenko tasviriy san`atda qobiliyat hodisalarini yaxlit va sintetik ko`rinishida idrok etishda namoyon bo`lib, u badiy talantning asosiy mazmuni haqidagi xulosaga keladi.
Tasviriy faoliyatdagi qobiliyatlardan biri proporstiyalarga baho berishdir. Yana bir tasviriy qobiliyatlarning xarakterli tomoni ranglar munosabatini baholay olish va perspektiv qisqartirishlarga baho berishdir. Perspektiv qisqartirishlarga baho berish-tasviriy san`atning asosiy vazifalaridan biridir va uni to`g`ri hal qilinishida tasviriy san`atdagi qobiliyatlarining asosiy ko`rinishidir.
Badiiy ijodiyot jarayonida ko`rish tasavvurlari muhim ahamiyatga ega. Biror bir materialni olib uni anglanilgan va maqsadga yo`naltirilgan ijod orqali badiiy obraz yuzaga keladi va predmetning o`ziga xos xususiyatlari namoyon bo`ladi.
A.G.Kovalev tasviriy faoliyatda tayanch sifatida -qo`llar chaqqonligi deb, hisoblaydi. Bundan tashqari ijodiy qobiliyatlarning namoyon bo`lishida ham insonning emostional kayfiyati muhim ahamiyatga egadir.
Tashkilotchilik qobiliyatlarni uzoq vaqt L.I.Umanskiy o`rgangan Muallif tashkilotchilik qobiliyatlarining tizimini yaratadi. Uning fikricha tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo`lgan kishilar quyidagi xususiyatlarga ega bo`lishi kerak:
a) shaxsning yo`nalganligi:
b) uning tayyorgarligi:
v) umumiy xususiyatlar (kirishimlilik, rivojlanishning
umumiy darajasi, amaliy aql, kuzatuvchanlik, faollik, tashabbus-korlik, qat`iylik, tashkilotchilik, o`z-o`zini boshqara olishi).
g) maxsus xususiyatlar (tashkilotchilik xis, psixologik kash- fiyotchilik, psixologik takt: emostional – irodaviy ta`sir etish, talabchanlik, tanqidiylik, tashkilotchilik faoliyatiga moyillik):
d) shaxsiy individual xususiyatlar.
Pedagogik qobiliyatlarni N.V.Kuzmin, F.N. Gonobolinlar tadqiq etgan. Ular pedagogik qobiliyatlarning tizimida quyidagi qismlarni kiritganlar.
a) didaktik qobiliyatlar-o`quv materialini o`quvchilarga tushunarli, aniq, yoshiga mos holda o`qitish, ta`limga qiziqishni uyg`otish, ularda mustaqil fikrlashni shakllantirish:
b) akademik qobiliyatlar-turli fanlar (matematika, fizika, biologiya, tarix, va hokazo.)ga doir bilimlarga ega bo`lish.
v) Persteptiv qobiliyatlar-o`quvchining ichki duyosiga kira olish qobiliyati, psixologik kuzatuvchanlik, uning psixologik holatini to`g`ri anglay olish:
g) Maxsus xususiyatlar (tashkilotchilik xis, psixologik kashfiyotchilik, psixologik takt; emostional-irodaviy ta`sir etish, talabchanlik, tanqidiylik, tashkilotchilik faoliyatiga moyillik):
d) shaxsiy qobiliyatlarni N.V. Kuzmina, F. N. Kuzmina F.N.Gonobolinlar tadqiq etganlar. Ular pedagogik qobiliyatlarning tizimida quyidagi qismlarni kiritiganlar:
a) didaktik qobiliyatlar-o`quv materialini o`quvchilarga tushunarli, aniq, yoshiga mos holda o`qitish, ta`limga qiziqishni uyg`otish, ularda mustaqil fikrlashni shakllantirish:
b) akademik qobiliyatlar-turli fanlar (matematika, fizika, biologiya, tarix va h.k.) ga doir bilimlarga ega bo`lish.
v) Persteptiv qobiliyatlar-o`quvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, psixologik kuzatuvchanlik, uning psixologik holatini to`g`ri anglay olish;
g) nutqiy qobiliyati- fikrlarni to`g`ri, aniq, emostional nutq orqali etkaza olish;
d) avtoritar qobiliyatlar-bevosita o`quvchilarga emostional-irodaviy ta`sir ko`rsata olish va shu asosda hurmat, e`tiborga erishish:
j) kommunikativ qobiliyatlar-bolalar bilan muloqotga kirisha olish qobiliyati, pedagogik tajribaga ega bo`lish:
z) pedagogik hayol- bu maxsus qobiliyat turi bo`lib tashxis qo`ya olish qobiliyati asosida o`quvchi kelajagiga, uning rivojlanishini oldindan ko`ra olish orqali zamin yaratiladi.
i) diqqatni taqsimlay olish qobiliyati-bir vaqtning o`zida diqqatni turli faoliyatlar orasida taqsimlay olishdir.
Texnik qobiliyatlar muammosi bilan M.G.Davletshin shug`ullangan.
Texnik qobiliyatlar tizimida muallif yordamchi, tayanch v
a etakchi sifatida ajratadi.


Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin