Garchi Amudaryo bu ikki turk davlatlari o'rtasidagi chegara deb belgilangan bo'lsa-
da, ammo Qoraxoniylar Xurosonni zabt etilgan yurtning ajralmas qismi xisoblab,
uni o'z davlatiga qo'shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko'p vaqt o'tmay
Qoraxoniylar va G’aznaviylar o'rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006-va
1008-yillarda Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo'shin tortadilar. Balx, Tus
va Nishopur shaharlari zabt etiladi. Ularning harbiy yurishini Sulton Mahmudga
qarshi bo'lgan Xurosonning mulkdor feodallari qo'llab-quwatlaydilar. Lekin
Mahmud G'aznaviy Qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o'z davlati tasarrufida
saqlab qolishga muvaffaq bo'ladi. 1017-yilda Mahmud Xorazm ustiga qo'shin
tortib, uni bosib oladi. Shunday qilib, Xorazm mustaqil davlat sifatida barham
topadi.
Bu davrda Sirdaryo etaklarida yashovchi o'g'uzlardan ajralib saljuqiylar nomi bilan
Xurosonga borib o'rnashgan turkman qabilalari kuchayib, o'z vaqtida ularga yer
berib homiylik qilgan G’aznaviylarga qarshi tazyiq ko'rsatadilar. Saljuqiylar bilan
jiddiy kurash boshlanadi. Bunday vaziyatdan foydalangan Qoraxoniylarning
mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritakin 1038-yilda Amudaryo bo'yi. viloyatlari
Xuttalon, Vaxsh va Chag'oniyonni G’aznaviylardan tortib oladi. Ko'p vaqt o'tmay
u Movarounnahrni va Farg'onani o'ziga bo'ysundirib, mustaqil siyosat yurita
boshlaydi. Natijada Qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri
poytaxti Bolosog'unda bo'lgan Sharqiy Qoraxoniylar, ikkinchisi markazi
Samarqandda bo'lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Bu g'alabalarda
so'ng Ibrohim Tamg'ach "Bug'roxon" unvoniga sazovor bo'ladi, Saljuqiylar bilan
Qoraxoniylar o'rtasidagi munosabatlar dastavval yaxshi bo'lsa-da, ammo
keyinchalik keskinlashib ketadi. Bu ikki turk davlatlari o'rtasida shiddatli janglar
bo'lib o'tadi. Hatto, 1130-yilda saljuqiylar sultoni Sanjar Movarounnahrga qo'shin
tortib, Qoraxoniylar davlatining poytaxti Samarqandni ishg'ol etadi. Natijada
Qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bo'lib qoladilar.