Mavzu: Qoraxoniylar davlati


Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi



Yüklə 302,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix08.04.2022
ölçüsü302,26 Kb.
#115198
1   2   3   4   5   6
qoraxonijlar davlati (1)

Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi

992-yilda Hasan Bug'roxon boshliq Qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum

boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida Marida Shosh, Farg'ona va boshqa

viloyatlarda yashovchi turk qabilalari ham qatnashadilar. Chunki bu yurtlar

Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan qarluqlar davlatining mulki edi. Bu davrda

Somoniylar ma'muriyati va harbiy qo'shinlari boshqaruvini o'z qo`liga olgan turk

noiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik

qilayotgan turk noiblari mamlakatni mudofaa qilish o'rniga xoinlik yo'lini tutib,

Qoraxoniylarga yon bosadilar.

Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg'ol qiladilar. Ko'p o'tmay Bug'roxon hojib

Foyiqni Termiz va Balxga noib qilib tayinlaydi. Ammo Bug'roxon Buxoroda uzoq

turolmaydi. Kasallik uni Koshg'arga qaytishga majbur etadi. Yo'lda u vafot etadi.

Bunday qulay sharoitdan foydalangan Nux ibn Mansur Buxoroga qaytib o'z taxtini

egallaydi. Ammo ikki mahalliy turk noiblari Foyiq Balxda, Abu Ali Simjuriy

Xurosonda amirga qarshi qo'zg'olon ko'taradilar. O'z kuchiga ishonmagan Nuh ibn



Mansur - G'azna hukmdori Sobuqtakinni yordamga chaqiradi. Yigirma mingli

qo'shin bilan u Movarounnahrga yetib keladi va Nuh bilan birlashib,

qo'zg'olonchilarga qarshi yurish qiladi. Bir necha janglardan so'ng Foyiq va Abuali

qo'shinlari tor-mor qilinadi. Shuningdek, Sobuqtakinni Abuali Simjuriy o'rniga

Xurosonning noibi qilib tayinlaydi. Natijada G'azna va Xurosonda Sobuqtakin va

o'g'li Mahmudning siyosiy xukmronligi mustahkamlanib, G’aznaviylar davlati

tashkil topadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan

Amudaryogacha bo'lgan yerlarni egallaydi. 996-yilda Qoraxoniylar

Movarounnahrga tomon yana hujum boshlaydilar. Ularga Nasr ibn Ali boshchilik

qiladi. Nuhga yordam berish uchun Sobuqtakin Chag'oniyon, Juzg'on va Xuttalon

hokimlari ning birlashgan qo'shinlaridan iborat katta kuch bilan Keshga yetib

keladi. Nuhning ham o'z qo'shini bilan unga qo'shilishini talab qiladi. Bu

Somoniylar amirining xukmdorlik huquqlarini mensimaslik va ochiqdan-ochiq

unga qarshi chiqish edi. Nuh shubhasiz, bundan bosh tortadi va farmoyish yuborib,

Sobuqtakinni Buxoroga chaqirtiradi Bunga javoban Sobuqtakin qo'shin yuborib

Buxoroni egallaydi. So'ngra u Qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi.

Natijada ular o'rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi

Qoraxoniylar qo'liga o'tadi. Sobuqtakin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu

jumladan Xurosonga hukmdor bo'lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning

markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq, ko'p vaqt o'tmay Qoraxoniylar Buxoroni

bosib oladilar. Garchi Somoniylar to 1005-yilgacha Samarqand va Buxoroni

qaytarib olishga uringan bo'lsalarda ammo 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon

tomonidan zabt etilishi bilan Somoniylar hukmronligi barham topgan edi. Shunday

qilib x asr oxirida Somoniylar davlati o'rnida ikkita yangi davlat tashkil topdi: biri

Koshg'ardan Amudaryogacha cho'zilgan Sharqiy Turkistonning bir qismini,

Yettisuv, Shosh, Farg'ona va qadimgi Sug'dni o'z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati

bo'lsa, ikkinchisi Shimoliy Hindistondan Kaspiy dengizining janubiy

qirg'oqlarigacha bo'lgan viloyatlarni qamrab olgan G’aznaviylar davlati edi.




Yüklə 302,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin