Davlat boshqaruvi
Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish tartibiga
asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo’lganligidan, har bir yirik
hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil
tarzda idora qilingan (Masalan, Samarqand, Buxoro, Ettisuv v.b.). Eloqxonlar
tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to’lovlarni markaziy xokimiyat hukmdori -
Tamg’achxonga yuborib, amalda o’z mulklarini mustaqil boshqarganlar.
Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy siyosiy
vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlar girdobida kechgan. Viloyat
hokimlari faqat Qoraxoniylar xonadonining eloqxon unvoniga sazovor bo'lgan
a'zolaridan saylanar edi. Eloqxonlar o'z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va
viloyatning mustaqilligi uchun intilar edilar. Movarounnahr eloqxoni qoraxoniy
eloqxonlari orasida katta obro'ga ega edi. U, odatda, Samarqandda taxtiga o'tiradi.
Viloyat boshqaruv ma'muriyatida Somoniylar davridagidek vazirlar, sohib baridlar,
mustavfiylar xizmat qilardi. Shaharlar esa shahar hokimi, raisi va muxtasiblari
tomonidan boshqarilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o'z hukmronligi
mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do'stona
munosabatlar o'rnatadilar. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga e'tibor
kuchayib, ularning obro'yi har qachon-gidan ham balandga ko'tariladi. Qoraxoniy
hukmdorlar garchi bu davrda hali o'troq hayotga ko'chmagan bo'lsalar ham,
dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahami-yatini yaxshi anglar edilar.
Dostları ilə paylaş: |