Dars metodi: aralash, savol-javob, suhbat, klaster
Dars jihozi: darslik, raqamlar, magnit tasma, proyektor, tarqatmalar
1-bosqich: Tashkiliy qism.
Salomlashiladi.
Navbatchi hisoboti tinglanadi.Ob-havo, fasllar haqida savol-javob o‘tkaziladi.
O‘qituvchi tomonidan o‘qish darsining qoidalari tanishtiriladi. O‘quvchilar kichik guruhlar bilan ishlashga tayyorlanadi. O‘quvchilar 1, 2, 3, 4 deb sanaydilar. O‘z raqamlari bo‘yicha guruhlanib olishadi.
Har bir guruh kuz mevalari bilan nomlanadi. (slaydda chiqadi).
1-guruh "Olma"
2-guruh "Nok"
3- guruh "Behi"
4- guruh "Uzum'
Har bir guruh o‘ziga sardor tayinlaydi. Dars davomida topshiriq bajariladi. Guruh ishlari matematik raqamlar asosida baholanib boriladi. Guruhlarni baholash (slaydda chiqadi).
‘’5’’- 5 ballni
‘’4’’- 4 ballni
‘’3’’- 3 ballni
‘’2’’- 2 ballni
“1’’- 1 ballni
bildiradi.
2-bosqich: O‘tilgan mavsuni mustahkamlash. 1-topshiriq. O‘tilgan mavzu so‘raladi. (slayd)
Sh. Sa’dullaning "Kuz" she'ri ifodali yod aytiladi.
(O‘quvchilar matematik raqamlar bilan baholanib boriladi)
2-topshiriq. O‘qituvchi o‘quvchilarning oldingi darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida ‘’Klaster’’usulini qo‘llaydi. a)"Olma" guruhiga topshiriq. (slayda)
Siz kuz kelganini nimalardan bilasiz?
b) “Nok” guruhiga topshiriq.
Kuzgi noz-ne’matlarni bilasizmi ? d) “Behi" guruhiga topshiriq.
Kuzda qaysi mevalar pishadi ?
e) "Uzum" guruhiga topshiriq.
Kuzgi poliz ekinlari.
(Javoblar taqdimoti o‘tkazilib, g‘olib guruh aniqlanadi.)
Dam olish daqiqasi.
Shamol deydi esaman,
Yomg‘ir deydi yog‘aman.
Daryo deydi oqaman,
Daraxt deydi o‘saman.
3-bosqich: Yangi mavzuni yoritish. ( suhbat)
- Bolalar, mana bar bir guruh kuz haqidagi bilimlarini ‘’Klaster’’ usuli orqali ko'rsatib berdi.
- Kuz ne‘matlaridan qovun qaysi turkumga kiradi? (Slayda)
- Qovun nomlarini bilasizmi?
Ularning nomlarini daftarga yozing.
“ Venn diagrammasi” da qovunlarning o‘xshash va farqli tomonlari topiladi. ( slayd)
(Doskaga o‘qituvchi tomonidan tayyorlanib kelingan plakat ilinadi. Har bir guruhdan o‘quvchilar chiqib, yozishadi.)
Darslik bilan ishlash. (Slayda ekranda chiqadi.)
O‘qituvchi: -Siz qovun turlarini yaxshi bilar ekansiz. Bugun Sh, Sa’dullaning “Qovun sayli” hikoyasi bilan tanishamiz.
(Hikoyaning birinchi darsga mo‘ljallangan qismi magnit tasmasi orqali eshittiriladi.)
Matn yuzasidan dastlabki suhbat. (Slayda ekranda chiqadi.) -
"Qovun sayli" matni nima haqida ekan ?
- Bolalar polizga nima uchun borishibdi ?
- Polizda qanday voqealar ro‘y beribdi ?
Matnni qismlarga bo‘lib o‘qitish. (Matn 4 qismga bo‘linadi)
3-topshiriq. Har bir guruh o‘z qismini o‘qib, gapirib beradi. (slayda)
Lug‘at ishi
Bejirim-ixcham
Serto‘r-po‘stida taram-taram chiziqlari bor.
Ular aniqlay olmagan so'zlarni o'qituvchi aytib, izohlab beradi.
4-bosqich: O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
4-topshiriq. Rollarga bo‘lib o'qitish. (Slayda)
Har bir guruhdan o‘quvchilar tanlanadi.
(Tog‘a, muallif, Hasan, Zuhra)
5-topshiriq. Reja tuzish. (Slayda)
Har bir guruh o‘z qismiga reja tuzadi.
Reja asosida hikoyaning 1-qismini to‘liq qayta hikoyalaydi.
6-topshiriq. Umumlashtirish. (Slayda)
Har bir guruhga xatjildda mavzu yuzasidan savollar beriladi.
1. O‘zbek xalqining kuz faslida o‘tkaziladigan qaysi an’anaviy bayramlarini bilasiz?
2. "Qovun sayli"da qanday ishlar qilinadi ?
3. Fasllar va dehqonchilik bilan bog‘liq qanday an’analarni bilasiz ?
4. An’analarni saqlab qolish va davom ettirish uchun nima qilish
kerak ?
(Har bir guruh savolga tayyorlanib, bir nafardan o‘quvchi taqdimotga chiqadi.)
5-bosqich: Darsga yakun yasash va baholash.
Har bir guruh sardorlari to‘plagan ballarini hisoblaydilar. G‘olib guruhlar aniqlanadi.
- Har bir guruhdagi o‘quvchilar o‘z kartochkalari orqali baholanadi.