Milliy iqtisodiyotda bozor munosabatlarining eng katta
Milliy iqtisodiyotda bozor munosabatlarining eng katta
ta ’siri mulkdorlar sinfining shakllanishi bilan bo‘g‘lik bo‘lib, ular bozor mexanizmining faol elementlariga aylandi. Shu bi lan birgalikda ular quyi ishlab chiqarish bo‘g ‘inni boshqarish tizimini ehtiyoj va manfaatlar, ishlab chiqarishni boshqarish va olingan natijalarni amalga oshirishda aksionerlashtirish va ak- siyadorlaming ishtirokiga asoslangan holda yaratishga imkon berdi.
Bozor va bozor munosabatlarining iqtisodiyotni boshqa rishda ijobiy ta’sirini tavsiflovchi makro darajadagi va iqtisodi- yotning barcha tarmoqlari korxonalari darajasida bozor me xanizmining asosiy elementi sifatida narxlar mexanizmi to‘g ‘- risida gapirmasdan o ‘tish mumkin emas. Dunyo amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, erkin bozor narxlari hamda talab va taklif muta- nosibligidan foydalanmasdan bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlar, investitsion siljishlar va tarkibiy o ‘zgarishlar to ‘g‘risida obyektiv ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin emas. Shu boisdan, boshqaruv muayyan maqsad va vazifalarni bajarish va o ‘zaro ta’sirlami amalga oshirish jarayoni sifatida nafaqat bozorning avtomatik “qudratli kuchi” ga, balki bozor mexanizmining tar- kibiy qism(komponent)lari va talablariga asoslangan bo‘lishi kerak.
Zamonaviy mutaxassis ham davlat, ham xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida qurilish va investitsiya siyosati sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni to‘g‘ri tushunishi va bilishi ilmiy-texnik taraqqiyot, resurslardan oqilona foydalanish, menejment, tadbir- korlik va biznesning zamonaviy yutuqlari bilan bog‘liq holda yangi qurilishga kapitalni investitsiyalash, mavjud ishlab chiqa- rishni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, yangi turdagi texnika va texnologiyalarni yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish uchun juda muhimdir. Shuningdek, iqtisodiyotni bosh- qaruvning turli darajalarida ishlab chiqilgan turli xil qurilish variantlari, investitsion qarorlar va iqtisodiy loyihalar samara- dorligini tanlash, tahlil qilish va baholash usullarini ham bilishi muhim hisoblanadi.