mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə50/61
tarix15.11.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#132578
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
1-Mavzu. Kirish

2


keladigan unikal (noyob) dastur tuzib beradi. Talaba bilimining bo’sh va sayoz joylari nimalarda ekanligini, qanday ko’rinishdagi o’quv materiallarini u yaxshi o’zlashtirishini (matnmi, audio yoki videoni), endi u qaysi mavzuga o’tgani ma’qulroqligini mahsus dasturlar yordamida Knewton aniqlab bera oladi. O’quv adabiyotlarini tayyorlab beradigan dunyodagi eng katta nashriyotlardan biri Pearson matematika bo’yicha on-layn kurslar yaratish uchun Knewton dan foydalanayotganligi ham uning to’g’ri yo’ldan ketayotganligini ko’rsatadi. Nashriyotning maqsadi – qo’llanmani o’qish bilan bir vaqtda talabaning muvaffaqiyatlariga mos ravishda qaytadan tashkillana oladigan interaktiv elektron o’quv qo’llanmalarni yaratish vaularni sotishni yo’lga qo’yishdir. Knewton kompaniyasi o’z ishlarini davom ettirish va kengaytirish uchun Piter Til va Rid Xoffman kabi venchur investorlardan 50 million dollarga yaqin investitsiyalar olgan.

Kompyuter o’yinlari orqali ta’lim berish


Faraz qilamiz – o’quvchi uyiga keladi va smartfonini ochib, undagi Four square o’yinini ochadi va unda o’ynay boshlaydi. Biroz vaqtdan so’ng u qandaydirnatijalarga erishib, tegishli ochko va medal oladi. Bunga qiziqqan holda u o’z o’yinini yana davom ettiradi va diqqat qiling: u bu vaqtda o’yinlar orqali beriladigan bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ya’ni u qiziqish bilan, o’ynab turib bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shunga o’xshash o’yin mexanikasidan o’yin bo’lmagan holatlarda ham foydalanish jarayoni geymifikatsiya deb nomlangan va bu atama bir necha yillardan buyon jahondagi ko’pchilik biznes jamoalarda ishlatiladi. Djeyin Makgonald o’zining «Reality Is Broken: Why Games Make us Better and How they Can Change the World – Nega o’yinlar bizni yaxshiroq qila oladi va ular qanday qilib dunyoni o’zgartira oladi?»deb nomlangan kitobida yaqin yillarda geymifikatsiya bozorining kattaligi 25-30 milliard dollarga yetib, u inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, ta’limga ham kirib borishini ko’rsatgan. Geymifikatsiya inson miyasining qilingan ish uchun mukofotlanishni juda yaxshi ko’rishi hossasiga asoslangan. Bunga ishonch hosil qilish uchun ijtimoiy saytlardagi turli xil o’yinlarga nazar solish kifoya, chunki ularda turli xildagi mukofotlanishlar va taqdirlashlar keng yo’lga qo’yilgan. Zynga kompaniyasi bu ishni amalga oshirgan holda milliardlab dollar pul ishlab olganini eslatish kifoya. Geymifikatsiya tarafdorlari o’yin elementlarini insonning har kunlik hayot tarziga maksimal ravishda integratsiya qilishni taklif qiladilar. Shunda ularning tegishli sohalarda bilim olishlari va tarbiyalanishlari ancha osonlashadi. Umuman aytganda, ta’limni komp’yuter yordamisiz geymifikatsiyalash jarayoni allaqachonlar amalga oshgan deyish ham mumkin. Chunki agar o’quvchi masalani to’g’ri yechgan bo’lsa, uni yaxshi baho bilan taqdirlaydilar, aks holda esa uni yomon baho bilan jazolaydilar. Har o’quv yilining oxirida esa yaxshi o’quvchilar maqtov yorliqlari bilan mukofotlanadilar, yomon o’qiydiganlari esa sinfda qoldiriladilar. Ammo bunda geymifikatsiyani optimal ravishda amalga oshirish uchun ko’p zahiralar, mablag’, vaqt va juda ko’p sonli o’qituvchilar talab qilingani hamda u yaxshi samara bermayotgani tufayli, geymifikatsiyani komp’yuter dasturiy-texnik vositalari va internet yordamida boshqacharoq usullarda, ko’rinishlarda yoki boshqacha tartibdaamalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi. Misol sifatida dasturlash asoslarini o’rganish bo’yicha interaktiv kurslarni o’z ichiga qamrab olgan Codeacademyni ko’rsatishimiz mumkin. Undagi kurslar maksimal ravishda qisqa topshiriqlarga bo’lingan bo’lib, o’quvchining eng kichik muvaffaqiyatga erishishi ham juda yaxshi taqdirlanadi. Bu esa o’quv materiali uning yodida qolishiga va yaxhsi o’zlashtirilishiga olib keladi. Ushbu sayt 2012 yilda ishga tushirilib, yil oxirida unda 500 mingdan ortiq inson qayd etilgan edi. Ularning taxminan chorak qismi kurslarning oxirigacha bora oldi. Codeacademy xozircha tekin, ammo kelajakda qo’shimcha mashg’ulotlar uchun pul ola boshlashi va iste’dodli dasturchilarni turli xil kompaniyalar uchun topib bera oladigan vositachi bo’lib, yaxshigina pul ham ishlashi mumkin. Bu tizimning yaratuvchilari Kolumbiya universitetining bitiruvchilari bo’lib, ular Union Square Ventures va Crunchb Fundkompaniyalaridan uch million dollar atrifodagi investitsiyalarni jalb qila oldilar.

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin