mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə1/61
tarix15.11.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#132578
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
1-Mavzu. Kirish

  1. – MAVZU. RAQAMLI IQTISODIYOT FANIGA KIRISH





REJA:

    1. Axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining asoslari

    2. Raqamli iqtisodiyotning xususiyatlari

    3. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, maqsadi va vazifalari

Tayanch iboralar: axborotlashtirish, raqamli iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sish, raqamli inqilob, elektron biznes



      1. Axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining asoslari

Hozirgi paytda industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o‘tish ro‘y bermoqda. Moddiy va energetika resurslari axborotdan ko‘ra qamroq ahamiyat kasb etmoqda. Postindustrial (axborot) jamiyatida axborot ishlab chiqarishning mustaqil omili darajasiga chiqmoqda.


Axborot xizmatlari sohasining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi va axborot texnologiyalari asrida N.Rotshildning "Kim axborotga ega bo‘lsa, o‘sha dunyoni boshqaradi" degan klassik iborasi zamnoaviy dunyoning mohiyatini aks ettiradi.
Hozirgi kunda dunyoda iqtisodiyot strukturasi o‘zgarmoqda – tobora ko‘plab odamlar tovar ishlab chiqarish bilan emas, balki axborot
olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanmoqda. Hamma uchun odatiy bo‘lgan iqtisodiyot o‘rniga bir qator xususiyatlarga ega bo‘lgan raqamli iqtisodiyot kelmoqda:

  • asosiy resursga tugab bitmaydigan axborot aylanadi;

  • internetda savdo maydonlari cheklovlarga ega emas;

  • kompaniya o‘lchami uning raqobatbardoshligiga ta’sir etmaydi;

  • bitta jismoniy resursning o‘zi turli xizmatlar taqdim etish uchuncheksiz marta foydalanilishi mumkin;

  • operatsion faoliyat ko‘lami faqat Internet kuchi bilan belgilanadi.

«Axborotlashgan jamiyat» tushunchasi 1960-yillarning ikkinchi yarmidan qo‘llana boshlagan bo‘lib, ushbu atamani ilmiy muomalaga Tokio texnologiya instituti professori, yapon olimi Yu.Xayashi kiritgan. Axborotlashgan jamiyat u tomonidan kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbalariga ulanishimkonini beradigan, ularni har kuni bir xil va zeriktiradigan ishlardan xalos qiladigan, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasi yuqori bo‘lishini ta’minlaydigan deb tavsiflangan. Bunda ishlab chiqarishning o‘zi ham o‘zgaradi – uning mahsuloti ko‘proq «axborot sig‘imiga ega» bo‘ladi, bu esa uning qiymatida innovatsiyalar, dizayn va marketing ulushining ortishini anglatadi.
Axborot matematik nazariyasining miqdoriy o‘lchovlariga tayanib, D.S.Robertson (AQSh), rivojlangan va axborot jarayonlarini asoslab berishidan kelib chiqib, «tamaddun bu – axborot» formulasini ilgari surdi, ishlab chiqariladigan axborot miqdori bo‘yicha tamaddunning rivojlanish darajalarini quyidagi tarzda ranglarga ajratdi:

  • 0-daraja – alohida olingan bir odam miyasining axborot sig‘imi – 107 bit;

  • 1-daraja – jamoa, qishloq yoki qabila ichida og‘zaki muloqot – muomalada bo‘ladiganlarning axborot miqdori - 109 bit;

  • 2-daraja – yozma madaniyat; jamiyatning axborotlashganlik o‘lchami bo‘lib 1011 bit axborot joylagan 532800 qog‘oz o‘ramiga ega bo‘lgan Aleksandriya kutubxonasi xizmat qiladi;

  • 3-daraja – kitob madaniyati: yuzlab kutuxonalar mavjud, o‘n minglab kitoblar, gazeta va jurnallar chop etiladi, ularning umumiy sig‘im 1017 bit deb baholanadi;

  • 4-daraja – hajmi 1025 bit bo‘lgan axborot elektron qayta ishlanadigan axborotlashgan jamiyat.

Axborotlashgan jamiyat o‘sib borayotgan axborot almashinishni qo‘llab- quvvatlash hamda moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning o‘sishi (ehtiyojlarning o‘sish qonuniga muvofiq) va jamiyat resurslarining axborot
«noishlab chiqarish» sohasiga jalb qilinishining o‘sishi o‘rtasidagi yuzaga keladigan nomutanosibliklarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan ekanligianiqlashadi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan aytish mumkinki, axborot mehnat unumdorligining o‘sishiga xizmat qilishi hamda ijtimoiy boylik ishlab chiqarishning moddiy tarkibiy qismida qo‘shilgan qiymat yaratishi lozim va bu axborotlashgan jamiyat iqtisodiyotida uning birinchi iqtisodiy mazmuniga aylanadi. Axborot «xomashyo» sifatida inson, tabiat va turli texnik qurilmalar tomonidan yaratiladi. Ular tomonidan iste’mol ham qilinadi, qayt ishlash uchun uzatish, saqlash, qidirish va yetkazish masalalarini hal qilishni talab qiladi, buning uchun «transport» (magistral va lokal tarmoqlar, aloqa tizimlari), «omborlar» (ma’lumotlar markazlari), «texnika» (kompyuterlar), «vositalar» (dasturiy ta’minot) yaratiladi. Ya’ni iqtisodiyotda jamiyatning axborot ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar sohasi ma’lum bir segmenti shakllantiriladi.
Raqamli iqtisodiyot yoki boshqacha qilib aytganda, veb-iqtisodiyot zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tashkil qilinadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimini ifodalaydi.
Raqamli iqtisodiyot zamonaviy jamiyatda kundalik voqelikka
aylanadi, undan foydalanish tufayli barcha tarmoqlar samaradorligi ortadi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishimkoniyatlari sifat va son jihatidan ortadi - kompyuter orqali deyarli barcha operatsiyalarni amalga oshirish: pul to‘lash, chiptaga buyurtma berish, kerakli axborotni izlash mumkin va h.k. Raqamli iqtisodiyot davrida axborot eng muhim rol o‘ynaydi, u ulkan qiymatga ega bo‘lgan asosiy nomoddiy aktivga aylanadi.
Hozirgi bosqichda axborot rivojlanishidagi bosh tendensiya sun’iy intellekt va kommunikatsiya vositalari sohasidagi yutuqlar bilan birgalikda kompyuter texnikasini takomillashtirishdan iborat, ya’ni axborot dunyoda jamiyatning asosiy ijtimoiy qadriyatlaridan biriga aylanmoqda. Axborot texnologiyalari jamiyat tomonidan axborotresurslaridan foydalanish jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylangan bo‘lib, ular bir nechta evolyusiya bosqichlaridan o‘tgan, ularning almashinuvi asosan axborot izlash va qayta ishlash uchun yanada zamonaviy texnologikvositalar paydo bo‘lishi bilan asoslanadi.
Rivojlanishning hozirgi bosqichi axborot texnologiyalari segmenti yo‘nalishining texnik bazani rivojlantirishdan strategik ustunlik yaratish uchun ochiq vositalar qo‘llash tomon o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Vaqt bosqichlariga bo‘lish ularga muvofiq amalga oshiriladigan ma’lumotlarni qayta ishlashning har xil turlaridan foydalangan holda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bir nechta nuqtai nazar mavjud.
2017 yil raqamli iqtisodiyot hal qiluvchi bosqichga kirishdi, sayyoramiz aholisining yarmi internetga ulandi. McKinsey global institutining (MGI) baholariga ko‘ra, yaqin 20 yil ichida dunyoning ish operatsiyalarining 50%gacha bo‘lgan qismi avtomatlashtiriladi, bu jarayon ko‘lami bo‘yicha XVIII–XIX asrlarda ro‘y bergan sanoat inqilobi bilan taqqoslanishi mumkin.
Jamiyatni axborotlashtirish axborot texnologiyalarining bir necha marta o‘sishi, axborot resurslari iste’mol sur’atining ortishi va ijtimoiy ishlab chiqarish sektorida mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirish zaruratiga javob reaksiyasi hisoblanadi. AQSh, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kabi iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, jamiyatni axborotlashtirish muammosining yechimi iqtisodiyot rivojlanishning global maqsadi hisoblanadi va sayyoramizning tamaddun rivojlanishi yangi darajasiga o‘tishi bilan bog‘lanadi.
O‘zbekistonda hozirgi kunda aloqa va axborotlashtirish sohasi hajmi 10345,9 mlrd.so‘mni yoki barcha xizmatlarning 7,8 foizni tashkil qilmoqda. Aloqa va axborotlashtirish
sohasidagi telekommunikatsiya xizmatlarining katta qismi (86,9 foizi) tashqil qilib, qolgan 13,1foizi AKTning boshqa xizmatlariga to‘g‘ri keladi (1.1 - rasm).

1.1-rasm. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmio‘zgarishi, mlrd.so‘m
Yuqori internet tezligi raqamli iqtisodiyot alomatlaridan biri hisoblanadi. Tezlikning o‘sishi hamma joyda, lekin ayniqsa, buyurtmalar bajarish, axborot yaratish, olish yoki jo‘natishda ro‘y bermoqda. Har qanday harakatdan zudlik bilan javob olish kutilmoqda.
Raqamli iqtisodiyot zamonaviy jamiyat faoliyatining barcha sohalarida eskicha tartibni shiddat bilan siqib chiqarmoqda, kundalik takrorlanadigan zerikarli operatsiyalarni avtomatik ravishda bajarishga va optimal qarorlar qabul qilish uchun axborotni tez taqdim etishga imkon beradi. Raqamli iqtisodiyotda asosiy rolni axborot tizimlari egallaydi. Aloqa operatori uchun bunday tizimlar, birinchi navbatda, operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari va biznesni qo‘llab-quvvatlash tizimlari hisoblanadi. ular ichki biznes-jarayonlarning amaliy ta’minot toifasini ifodalashi sababli ularni o‘zgartirishi bu, biznes-jarayonlardagi o‘zgarishlarga javobdir.
Axborot texnologiyalarining qo‘llanishi bilan jamiyatning barcha qatlamlarida, xususiy hayotda o‘zgarishlar ro‘ybermoqda, odamlarning turmush tarzi o‘zgarmoqda. Yangi kasblar va o‘zaro aloqa vositalariga ehtiyoj yuzaga kelmoqda. Axborot, axborot infratuzilmasi, axborot to‘plash, shakllantirish, tarqatish va foydalanishni amalga oshiradigan sub’ektlar yig‘indisini ifodalaydigan elektron resurlar, shuningdek, bunda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish tizimining roli o‘smoqda.
Albatta, mutaxassislarni raqamli sektorga kiritish masalasi vujudga keladi. Masalan, raqamli iqtisodiyot sohasida YandexTaxi haydovchilari yoki aloqa ob’ektlari uchun binolarni loyihalashtiradigan muhandislar va iqtisodchilarni hisoblash lozimmi? Biroq, aslini olganda, bu unchalik muhim emas. Ko‘rsatkichning mutlaq hajmi emas, yildan yilga o‘zgarmas koordinatalar tizimida uning dinamikasi ko‘proq qiziqish uyg‘otadi. Bunday yondashuvning kuchli tomonlari juda ko‘p, chunonchi:

  • ko‘rsatkich ishlayotgan aholi ulushida ham, mutlaq pullarda ham o‘lchanadigan bo‘lishi lozim;

  • makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimidan o‘rin olgan holda aynan

«raqamli» va aynan «iqtisodiyot»ni aks ettirishi lozim;

  • raqamli texnologiyalarga ham, kadrlarga ham talab dinamikasibilan bog‘liq;

  • qisqa va ixchamligi bilan birga, ko‘rsatkich qiymati yildan yilga o‘sishi uchun nimani va qaerda rivojlantirish zarurligi borasidagi qarashlarni tubdan o‘zgartiradi.

Inson faoliyatining turli sohalarida kompyuter texnologiyalari shiddat bilan o‘sishi, bir tomondan, ushbu sohalarda yuqori yutuqlarni ta’minlashga imkon berdi, boshqa tomondan esa, oldindan aytib berish mumkin bo‘lmagan va insonlar jamiyati uchun ziyon keltiradigan oqibatlar manbasiga aylandi.1.3-rasmda ma’lumotlar, axborot va bilimlarxususiyatlari taqdim etilgan.
Natijada, alohida davlatlarning xavfsizlik masalalariga ham, barcha darajalarda xalqaro xavfsizlik umumiy tizimiga ham daxl qiladigan xalqaro qarama-qarshilikning tamomila yangi segmenti paydo bo‘lganihaqida gapirish mumkin bo‘ladi.
Har qanday mamlakatning axborot makoni ma’lum bir strategik va taktik funksiyalarni bajarishi ko‘zda tutilgan. Begona axborot kirib kelishidan himoya qilishga, ijtimoiy aynan o‘xshashlik yaratishga yo‘naltirilgan strategik funksiyalar badiiy va yangiliklarga oid kommunikatsiyalar vositasida amalga oshiriladi. Ijtimoiy boshqaruvning muayyan vazifalarini bajarishga, hukumat tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlashni tashkil qilishga, aholini qisqa muddatli hodisalar haqida xabardor qilishga xizmat qiladigan taktik funksiyalar asosan yangiliklarga oid kommunikatsiyalar bilan bajariladi. Strategik funksiyalar ham, taktik funksiyalar ham, ayniqsa, inqirozli davrlarda voqelikni talqin qilishumumiy modellarini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Jamiyat rivojlanishining turli davrlarida o‘zining ijobiy va salbiy tomonlari bo‘ladi.
Jamiyatni axborotlashtirishning turli jihatlariga mos ravishda, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi ijobiy tomonlariga Jahon banki o‘zining 2016 yil uchun «Raqamli dividendlar» sharhida quyidagilarni kiritadi:

  • mehnat unumdorligining o‘sishi;

  • kompaniyalar raqobatbardoshligining ortishi;

  • ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi;

  • yangi ish o‘rinlari yaratilishi;

  • qashshoqlik va ijtimoiy tengsizlikning bartaraf qilinishi.

Bu raqamli iqtisodiyot bizning hayotimizga qanday qilib ijobiy ta’sir etishi, oddiy foydalanuvchiga ko‘plab imkoniyatlar taqdim etishi va shu tariqa bozor imkoniyatlarini kengaytirishiga atigi bir nechta misol, xolos.
Biroq, ko‘p sonli afzalliklar bilan bir qatorda raqamli o‘zgartirish ma’lum bir risklardan ham xoli emas:

  • kiber tahdidlar riski;

  • odamlar xulq-atvorini boshqarish uchun ular haqida ma’lumotlardanfoydalanish;

  • ishsizlikning o‘sishi, ma’lum bir kasblar yo‘q bo‘lib ketishi;

  • raqamli ta’limda uzilish va buning oqibatida farovonlikdauzilish va h.k.

Avtomatlashtirilgan o‘zaro aloqa jarayonlarida ishtirok etadigan sub’ektlarning (davlat, yuridik va jismoniy shaxslar) hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan manfaatlari, qoidaga ko‘ra, shundan iboratki, ularning iqtisodiy, siyosiy va boshqa faoliyat tomonlariga aloqador axborot qismi, maxfiy tijorat ma’lumotlari va shaxsiy ma’lumotlar ochiq bo‘lishi va noqonuniy foydalanishdan himoya qilingan bo‘lishi lozim. Axborotlashgan jamiyatning asosiy ijobiy va salbiy tomonlari keltirilgan (1.1-jadval).
1.1-jadval. Axborotlashgan jamiyatning asosiy ijobiy va salbiy tomonlari




Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin