mavzu. Raqamli iqtisodiyot faniga kirish



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə3/61
tarix15.11.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#132578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
1-Mavzu. Kirish

Raqamli iqtisodiyot – bu mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishni tezlatish, turmush sifati va investitsion muhitni yaxshilash maqsadida raqamli texnologiyalar, institutlar, nomativ- huquqiy baza, ko‘nikmalar va biznes yordamida onlayn rejimida ma’lumotlar almashinish vositasida iqtisodiy rivojlanish paradigmasidir.
Raqamli iqtisodiyot- xo‘jalik yurituvchi faoliyati bo‘lib, unda asosiy ishlab chiqarish omili ularni katta hajmda qayta ishlash va ularning tahlil natijalaridan foydalanish an’anaviy xo‘jalik yuritish shakllari bilantaqqoslaganda turli ishlab chiqarish turlari, texnologiyalar, asbob- uskunalar, sotuv, saqlash, tovarlar va xizmatlar yetkazib berish samaradorligini jiddiy oshirishga imkon beradigan raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar hisoblanadi.


2-rasm. Raqamlashtirishdan olingan samara
Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasi va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar ochib beradi. «Raqam» tomon burilishga butunjahon internet tarmog‘i va sifatli aloqaning
rivojlanishi sababchi bo‘ldi. Oqibatda katta hajmdagi ma’lumotlar almashinish va ularni to‘plash imkoni paydo bo‘ldi, bu esa, o‘z navbatida, to‘plangan axborotni qayta ishlashga, bashorat qilishga, asoslangan qarorlar qabul qilishga va xilma-xil foyda olishga imkon beradi. Bularning barchasi uchun esa mos keluvchi infratuzilma, boshqacha qilib aytganda, global axborot platformalari iqtisodiy tizimi zarur.
Biroq bunda ma’lumotlarni yo‘qotish, biznesni yo‘qotish, ish o‘rinlarining qiskarishi, xavfsizlikka putur yetish riski va modernizatsiya qilish zarurati vujudga keladi. Bu masalalarni tezda hal qilish zarur, chunki bu borada kechikish jiddiy risklarga olib keladi. Axir boshqa mamlakatlarda, ayniqsa, Xitoy va AQShda iqtisodiyot faollik bilan elektron relslarga ko‘chirilmoqda.

Sanoatda ham o‘zgarishlar kutilmoqda, chunki raqamli korxona va insonning raqamli qiyofadoshi paydo bo‘lishi butun insoniyat modelini jiddiy o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, axborot texnologiyalari asta-sekinlik bilan odamlarning o‘rnini egallab bormoqda.





Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin