Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o`rganish modeli—o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko`zda tutadigan metod.
O`rganishning tadqiqot modeli — o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo`naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zda tutuvchi metod.
Noanʻanaviy oʻqitish metodlarining afzalliklari: Oʻqitish mazmunini yaxshi oʻzlashtirishga olib kelishi.
Oʻz vaqtida aloqalarning taʻminlanishi.
Tushunchalarni amaliyotda qoʻllash uchun sharoitlar yaratilishi.
Oʻqitish usullarining turli xil koʻrinishlari taklif etilishi.
Motivatsiyani yuqori darajada boʻlishi.
Oʻtilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.
Muloqatga kirishish koʻnikmasining takomillashishi.
Oʻz-oʻzini baholashning oʻsishi.
Oʻquvchilarning predmetning mazmuniga, oʻqitish jarayoniga boʻlgan ijobiy munosabati.
Mustaqil fikrlay oladigan oʻquvchining shakllanishiga yordam berishi.
Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi.
Muammolar yechish koʻnikmalarining shakllanishi.
Kamchiliklari: Koʻp vaqt talab etilishi.
Oʻquvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi.
Juda murakkab mazmundagi material oʻrganilayotganda ham oʻqituvchi rolining past boʻlishi.
«Kuchsiz» oʻquvchilar boʻlganligi sababali «kuchli» oʻquvchilarning ham past baho olishi.
Oʻqituvchining oʻzi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish koʻnikmalariga ega bulishining talab etilishi
Koʻp yillar davomida anʻanaviy dars oʻtish taʻlimning asosiy shakllaridan biri boʻlib keldi.
Anʻanaviy dars muayyan muddatga moʻljallangan, taʻlim jarayoni koʻprok oʻqituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat taʻlim modelidir.
Maʻlumki, anʻanaviy darsda taʻlim jarayonining markazida oʻqituvchi turadi.
Anʻanaviy dars oʻtish modelida koʻprok maʻruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi.Shu sabab, bu xollarda anʻanaviy dars samaradorligi ancha past boʻlib, oʻquvchilar taʻlim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Anʻanaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli- tuman oʻquvchilar faolligini oshiradigan metodlar bilan boyitib borilsa, oʻquvchilar oʻzlashtirish darajasini koʻtarilishiga olib keladi.
Buning uchun daras jarayoni oqilona tashkil qilinishi, oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarning qiziqishini orttirib, ularning taʻlim jarayonida faolligi muttasil ragʻbatlantirilib turilishi, oʻquv materialini kichik-kichik boʻlaklarga boʻlib, ularning mazmunini ochishda baxs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli oʻyinlar metodlarini qoʻllash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, oʻquvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, taʻlim vositalaridan urinli foydalanish talab etiladi.