Mavzu: Sinovlar o‘tkazish va unga bog‘lik umumiy talablar.
Reja:
1.Sinovlar o‘tkazish va unga bog‘lik umumiy talablar.
2.Kattaliklar.Kattalikning o’lchamligi.
3.Axborot miqdori birliklari.
Sinovlar o‘tkazish va unga bog‘lik umumiy talablar.
Ulchash vositalari va sinov usullari standartlarda bayon etilishi lozim. Sinov uslubiyatida ulchash vositalarining tayyorlash va sinovdan o‘tkazish tartibi, sinovga takdim etuvchi namunalar soni, qabul qilish, topshirish, davriy va umumlashgan sinovlar vaqtidagi texnikaviy talablar ro‘yhati. Sinov natijalarining ijobiy mezonlari belgilanishi lozim.
Sinov usullarida aniqlash lozim bulgan bosqichlar:
- Namunalarni tayyorlash tartibi, sinaluvchi namunalar miqdori;
- Namunaviy o‘lchash vositalari, sinov uskunalari, ularning aniq metrologik tavsiflari;
- Sinovlarga tayyorlanish tartibi;
- Sinov o‘tkazish ketma ketligi;
- Sinov natijalariga ishlov berish.
Mahsulotni sinash va uning sifatini nazorat qilishda asosiy atamalar qatoriga sinovlar, ularning sharoitlari, turi, toifasi, ob’ekti, sinovlar uchun namuna, sinovlar hajmi, dasturi, usuli, uslubi, vositasi, uskunalari, tizimi, sinov natijalarini aniqligi, sinov natijalarining qaytaruvchanligi sinov ma’lumotlari, natijasi, bayonnomasi va nazorat (tekshiruv) va boshqalar kiradi.
Sinovlar – sinov ob’ektining ishlashida, modellashda va ularga ko‘rsatilayotgan ta’sir natijasida xossalarini miqdoriy va sifat tavsiflarini amaliy aniqlash.
Sinov sharoitlari - Sinovlar jarayonida ob’ektlarning ishlashiga ta’sir etuvchi omillar majmui.
Sinovlar turi – Sinoalarning muayyan alomati bo‘yicha tasodifiy guruhlanish.
Sinovlar toifasi - sinovlarni o‘tkazishning tashkiliy belgisini ifodalovchi va ob’ektning umumiy baholash natijasida qarorlar qabul qilish bilan tavsiflanadigan sinovlar turi:
Sinov ob’ektiga - jarayon, xizmat va mahsulotlar kirib, sinaladigan mahsulotning sifati tushuniladi.
Sinovlar hajmi - ob’ektlarning va sinov turlarining miqdori, shuningdek sinovlarning davom etish umumiy vaqtini tavsiflovchi sinovlar ko‘rsatkichi.
Sinovlar dasturi – sinovlar ob’ekti, ularning maqsadi, xillari, ketma-ketligi va o‘tkaziladigan tajribalarning hajmi, tartibi, sharoiti, sinovlar o‘tkazish joyi, muddati va bajarilish shartlari bulgan tashkiliy - uslubiy hujjat.
Sinovlar usuli – Sinovlarning muayyan tartiblari, qoidalari.
Sinovlar uslubi – Sinov usullarini, vositasini va sharoitini, sinov uchun namunaligini, ma’lumotlarni berish shakillarini va baholash aniqligini sinab, natijalarning ishonchliligini, xavfsizlik tadbirlariga, atrof – muhitni asrashga oid talablarni o‘z ichiga olgan tashkiliy uslubiy hujjat.
Sinov tizimi – tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoidalar asosida sinovlar vositalarining, bajaruvchilarning va sinovlar ob’ektining o‘zaro birgalikdagi harakati.
Sinov natijasi – ob’ektni belgilangan talablarga muvofiqligini baholash, sinash jarayonida ob’ektning ishlatilishidagi sifati taxlilining yakunlari.
Sinov natijalarining qaytuvchanligi – ob’ekt buyicha takroriy sinovlar natijalarining o‘zaro yaqinligini aniqlovchi sinov natijalarining tavsifi.
Sinov bayonnomasi - ob’ekt sinovlari haqida kerakli ma’lumotlarni, unda qullaniladigan usullar, vositalar, sinov sharoitlari, sinov natijalari va ular haqidagi xulosalarni o‘z ichiga oluvchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat.
Davriy sinovlar – me’yoriy hujjatlarda belgilangan hajmda va muddatda mahsulot sifatining turg‘unligini nazorat qilish va uni ishlab chiqarish imkoniyatini davom ettirish maqsadida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tekshirish sinovlari.
Kattalik - sifat tomonidan ko’pgina fizikaviy ob’ektlarga (fizikaviy tizimlarga, ularning holatlariga va ularda o’tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo’lib, miqdor tomonidan har bir ob’ekt uchun xususiy bo’lgan xossadir.
Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror ob’ektning xossasi ikkinchisinikiga nisbatan ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo’lishini ifodalaydi.
Biz o’rganayotgan metrologiya fani aynan mana shu kattaliklar, ularning birliklari, o’lchash texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. “Kattalik” atamasidan xossaning faqat miqdoriy tomonini ifodalash uchun foydalanish to’g’ri emas (masalan, “massa kattaligi”, “bosim kattaligi” deb yozish), chunki shu xossalarning o’zi kattalik bo’ladi. Bunda “kattalik o’lchami” degan atamani ishlatish to’g’ri hisoblanadi. Masalan, ma’lum jismning uzunligi, massasi, elektr qarshiligi va hokazolar.
Har bir fizikaviy ob’ekt bir qancha ob’ektiv xossalar bilan tavsiflanishi mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bu xossalarni bilishga talab ortib bormoqda. Hozirga kelib zamonaviy o’lchash vositalari yordamida 70 dan ortiq kattalikni o’lchash imkoniyati mavjud. Bu ko’rsatkich 2050 yillarga borib 200 dan ortib ketishi bashorat qilinmoqda.
Ko’pincha kattalikning o’rniga parametr, sifat ko’rsatkichi, tavsif (xarakteristika) degan atamalarni ham qo’llanishiga duch kelamiz, Lekin bu atamalarning barchasi mohiyatan kattalikni ifodalaydi.
Muayyan guruhlardagi kattaliklarning orasida o’zaro bog’liqlik mavjud bo’lib, uni fizikaviy bog’lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt birligidagi o’tilgan masofa bo’yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu bog’lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo’lib ko’riladi: asosiy kattaliklar va hosilaviy kattaliklar.
Asosiy kattalik deb ko’rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo’yicha tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi. Masalan, masofa (uzunlik), vaqt, temperatura, yorug’lik kuchi kabilar.
Hosilaviy kattalik deb tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali ifodalanadigan kattalikka aytiladi. Masalan, tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi, quvvat va boshqalar.
1. Kattalikning o'lchamligi.
Har bir xossa ko’p yoki kam darajada ifodalanishi, ya’ni miqdor tavsifiga ega bo’lishi mumkin ekan, demak bu xossani o’lchash ham mumkin. Bu haqda buyuk italiyalik olim Galileo Galiley “O’lchash mumkin bo’lganini o’lchang, mumkin bo’lmaganiga esa imkoniyat yarating” degan edi.Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy tarzda ifodalashda o’lchamlikdan foydalanamiz.
Kattalikning o’lchamligi deb, shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklar bilan bog’liqligini ko’rsatadigan va proportsionallik koeffitsienti 1 ga teng bo’lgan ifodaga aytiladi.
Axborot miqdori birliklari.
|
Birlik
|
Izoh
|
|
Nomi
|
Belgisi
|
Qiymati
|
|
Axborot miqdori
|
Bit1)
bayt2)3)
|
bit
V (byte)
|
1
1 V q 8 bit
|
Ikkili sanoq tizimidagi axborot birligi (Ikkili axborot birligi)
|
1) «Axborot miqdori» atamasi axborotni raqamli qayta ishlash va uzatish qurilmalarida, masalan raqamli hisoblash texnikasida (komp yuterlarda) eslab qoluvchi qurilmalar hajmini, komp yuter dasturida foydalaniladigan xotira miqdorini yozishda qo’llaniladi.
2) MEK 600272 halqaro standartiga muvofiq "bit" va "bayt" birliklari SI old qo’shimchalari bilan qo’llaniladi.
3) Tarixan shunday vaziyat mavjudki, bunda "bayt" nomi bilan SI old qo’shimchasi bir muncha noto’g’ri foydalanilgan (1000 q 103 o’rniga 1024 q 210 qabul qilingan): 1 Kbyte q 1024 byte, 1 Mbyte q 1024 Kbyte, 1 Gbyte q 1024 Mbyte va h.k. Bunda 103 ko’paytuvchisini belgilashda foydalaniladigan kichik «k» harfidan (farqli Kbyte belgisi katta «K» harfi bilan yoziladi.
|
Dostları ilə paylaş: |