Yoshlar tarbiyasida dostonchilik san’atini ahamiyati. O’zbek xalqiga xos milliy xususiyatlar, uning milliy madaniyati, ilm-fan, san’at va adabiyot sohasida erishgan yutuqlarida, oilaviy turmush tarzida bola tarbiyasida qo’llangan usul va tadbirlarida nomoyondir.
Yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llangan usul va vositalar, tadbir shakllari, urf-odat va an’analar, tarbiya xaqidagi g’oyalar – hayotiy tajribalar o’zbek halq pedagogikasida mujassamdir.
Hali maktab bo’lmagan, pedagogika fan sifatida shakllanmagan davrdayoq qabila a’zolarining bolalar tarbiyasi sohasida ortirgan tajribalari hayotiy tajriba mevasi sifatida bizning davrga qadar yetib keldi asta shakkilanib bordi. Boshlangich sinf o’quvchilarini asosan jamiyatda yashagan xalq ruhi, do’stlik, birodarlik, mardlik, vatan va xalqqa sodiqlik g’oyalari, ota-onalarning izaro ahilligi, ular bilan farzandning o’zaro mehr-muhabbati, qadr-qimmati, insoniy eng yaxshi fazilatlari u ijod etgan maqol, topishmoq, ertak, latifa, lapar, askiya, dostonlar va boshqalar asosida tarbiyalab borishimiz lozim. Bu yodgorliklar o’z muxtasarligi, qiziqarliligi, ravon-ligi, ohangdorligi, pandnomaligi (didaktikligi), g’oyaviyligi bilan g’oyatda muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Tilshunos olim J.Abdullaev yozadi «Xalq tili adabiy tilning boyishi uchun bitmas-tugamas xazinadir. Xalq og’zaki ijodi namunalari esa xalq tilida yaratilgan san’at asarlari. Shu ma’noda ular xalq tilining yuksak shakli hisoblanadi»1.
Shunday ekan, xalq tilining barcha jilolari saqlanib qolgan xalq og’zaki ijodi namunalarini o’rganish boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’z ona tilisiga bo’lgan hurmatini oshiradi. Ularning shaxs sifatidagi shakllanishida milliy ruhni kuchaytiradi.
O’zga xalqlarda bo’lganidek, o’zbek xalq og’zaki ijodi namunalarining ham xalq hayoti bilan mustahkam bog’liqligi ularning ham milliy iziga xosligini, ham umuminsoniyligini belgilab beradi. Bu ikki xususiyat o’zbek xalq og’zaki ijodining mavzu doirasida, hayotiy voqelikni yoritishda, badiy shaklida va nihoyat, tilida aksini topganligi yaqqol seziladi.
O’zbek dostonchiligi juda qadimiy va mo’tabar ma’naviy meros nishonasidir. Xalq ijodiyoti, san’at insonning ma’naviy kamolotida alohida o’rin tutadi. Barcha san’atlarning rivoji negizida xalq og’zaki ijodi turadi. Insoniyat paydo bo’lganidan to bugungi kunga qadar san’atning adabiyot, qo’shiqchilik kabi turlarida xalq og’zaki namunalardan foydalanib kelinmoqda. Ushbu namunalarning eng go’zal turi-bu baxshichilik san’atidir. San’at inson dunyoqarashini va tafakkurini boyitibgina qolmay, uni ezguliklar, yaxshiliklar, go’zalliklar olamiga boshlaydi. Inson umrini hayotini kuy-qo’shiqsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Zero, san’at inson ma’naviy faoliyatining eng muhim qirralaridan biri, bunyodkorlikka undovchi buyuk va qudratli kuchdir.
Dostonlarda xalqimiz badiiy tafakkurining juda boy va qadimiy an’analari mujassam. Baxshi - qo’shiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddanavlodga yetkazuvchi san’atkor, xalq dostonchisi. Baxshi xalq turmushi va madaniyatini, o’zi yashab turgan yurt tarixini va biror soz chalishni bilishi, hofizlik san’atini puxta egallagan bo’lishi kerak. U jonli xalq tilining turli shakllaridan, so’z o’yinlari va qochirimlaridan, xalq maqollari va iboralaridan unumli foydalana olishi lozim. Tinglovchilarni rom etuvchi ohang topa bilish, dostonni jozibali va qiziqarli qilib aytish doston aytishning asosiy talablaridan. Bu esa o’z navbatida tabiiy iste’dod, kuchli idrok, muntazam ravishda qunt va chidam bilan mashq qilishni talab etadi. Ona yurtga sadoqat, muhabbat, do’stlik, birodarlik, mard va jasur bo’lishlik, qahramonlikni tarannum etuvchi xilma-xil mazmundagi dostonlarni baxshilar sevib kuylaydilar.
Yosh avlodni har tomonlama yetuk, madaniyatli, axloqan pok, ma’rifatparvar shaxs sifatida tarbiyalash ijtimoiy, siyosiy ma’naviy, jihatdan dolzarb vazifa bo’lib, hozirgi kunda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ta’lim-tarbiya mazmuni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’un holda rivojlangan. Haqiqatan ham ona Vatanni sevish, uni ardoqlash, milliy qadriyatlarni hurmat qilish muqaddas burchimizdir. Milliy qadriyatlarning g’oyaviy estetik ifodasi o’z o’rnida xalq musiqasi afsona, dostonlar, folklor va adabiyotda o’z ifodasini topgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim va fan sohasini yanada rivojlantirish borasidagi qaror va farmonlarida o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga ustuvor ahamiyatini qaratish lozimligi ta’kidlanadi