Mavzu: Surxandaryo Qashqadaryo dostonchilik uslublari mavzusiga pedagogik texnalogiyalar qo’llash uslublari


Yurtimizda dostonchilik san’atiga berilayotgan e’tibor



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə3/10
tarix26.09.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#117972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
18 mavzu 35 list

Yurtimizda dostonchilik san’atiga berilayotgan e’tibor.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida xalqimizning yuksak badiiy ijodiyoti asosida yaratilgan nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash, xalq og’zaki ijodining qadimiy an’analarini tiklash va milliy qadriyatlarni izchil rivojlantirish, ijodiy uyushmalar hamkorligida baxshi va dostonchilar ijodining eng yaxshi namunalarini targ’ib qilish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Ayni paytda baxshichilik va dostonchilik san’atining tarixi, baxshilar va dostonchilar ijodini mukammal o’rganish, bu borada fundamental tadqiqotlar olib borish, xalq og’zaki ijodi yodgorliklarini to’plash, nashr etish yuzasidan yana ko’pgina chora-tadbirlarni amalga oshirishga ehtiyoj sezilmoqda.
Baxshichilik va dostonchilik san’atini rivojlantirish, baxshi-shoirlar ijodining o’zbek madaniyati va san’atidagi o’rni hamda ahamiyatini yanada oshirish, shuningdek, o’quv-uslubiy adabiyotlar yaratish, baxshichilik va dostonchilik san’atini ommaviy axborot vositalari, internet tarmog’i orqali mamlakatimizda hamda chet ellarda targ’ib etish, ustoz baxshilar va dostonchilar, soha olimlari va mutaxassislari, iqtidorli yosh baxshilar hamda doston ijrochilari faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash, yosh avlodni mardlik, halollik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga va ajdodlar merosiga yuksak sadoqat ruћida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida qaror imzoladi.


Oʼzbek xalqining dostonchilik sanʼati.
Dostonchilik — xalq og’zaki poetik ijodidagi qadimiy epik anʼana. Dastlab qo’shiq shaklidagi, musiqa asbobisiz kuylanadigan asarlar yaratilgan. Keyinchalik (10— 11-asrlar) do’mbira jurligida aytiladiganlari yuzaga kelgan. Dostonchilikning bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari bo’ylaridagi qad. ko’chmanchi turkiy qabilalar orasida vujudga kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihago’ylar ko’payib borgan sari ustoz-shogirdlik anʼanalari vujudga kela boshladi. Natijada 15—16-asrlarga kelib ko’pgina dostonchilik maktabi paydo bo’ldi. 17—18-asrlar dostonchilik taraqqiyotida jiddiy ko’tarilish bosqichi, 19—20-asrlar esa uning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda baxshilar repertuarida 150 dan ortiq xalq dostonlari bo’lib, ularni Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Bo’ron shoir, Jumanbulbul, Jossoq, Xonimjon xalfa, Buvi shoira, Suyav baxshi, Amin baxshi, Yo’ldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Yo’ldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi kabi mashhur baxshilar kuylab kelganlar. Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan, Islom shoir, Saidmurod Panoh o’g’li, Berdi baxshi, Abdulla Nurali o’g’li, Umir shoir, Bola baxshi, Ahmad baxshi kabi yetakchi sanʼatkorlar uzlariga zamondosh boshqa baxshilar bilan birgalikda bu epik anʼanani davom ettirdilar. Dostonchilikda qatiy tartibga rioya qilingan: doston eshitish uchun maxsus kechalar uyushtirilgan, to’y-hashamlar ham baxshilarsiz o’tmagan. Tinglovchilar baxshini to’rga o’tqazib, atrofida qo’r to’kib o’tirganlar. Baxshi do’mbirasini sozlab, tinglovchilarga "Nima aytay" termasi bilan murojaat qilgan, "Kunlarim", "Do’mbiram" termalarini aytib, tinglovchilar eʼtiborini o’ziga jalb etgan. Baxshi ijro davomida dostondagi har bir tasvirga mos so’z topib, o’sha so’zlarga monand xatti-harakatlar qilgan. Tinglovchilarni qiziqtirish b-n, o’zi ham tobora avjga chiqqan. Iqtidorli dostonchilar ikki-uch kecha mobaynida, hatto oylab doston kuylay olganlar. Masalan Shernazar Berdinazar o’g’li yetti kecha davomida doston ayta olgan. Baʼzi dostonlarning hajmi ham ikki-uch kecha muttasil ijro etishni taqozo etgan. Dostonchi, odatda, voqea eng qiziq joyga yetganda kuylashni to’xtatib, tanaffus qilgan, bu esa tinglovchilarning qiziqishini yana ham oshirgan. Dostonchilik kechalariga ikki-uch baxshi tashrif buyurgan. Bunday hollarda dostonchilar o’zaro tortishuvga kirishganlar: bir-birlarining iqtidorlarini, so’zdagi chechanligini, soz chalishdagi mahoratlarini sinaganlar. Tinglovchilar ularga baho berganlar. Xalq olqishini ololmagan dostonchi davradan chiqib ketgan.

Dostonchilik anʼanasi hozirgi kunda ham davom etmoqda, ammo kuylash tartibi va sharoitlarida birmuncha o’zgarishlar bor. Endiliqda baxshilar teatrlarda, konsert zallarida, katta sayil va hasharlarda, radio va televideniye orqali uyushtirilgan olimpiada va tanlovlarda o’z mahoratlarini keng tomoshabinlar oldida namoyish etmoqdalar.
Doston o’zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma’naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy-estetik qarashlari, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi g’oyalari bilan chambarchas bog’liq. «Doston» so’zi qissa, hikoya, sarguzasht, maqtov va ta’rif, shonshuhrat, mashhurlik ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida bu so’z xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik hajmli epik asarni anglatadi. V.M. Jirmunskiyning yanada aniqroq ifodasiga ko’ra «Epos-bu xalqning qahramonlik g’oyasi ko’lamidagi jonli o’tmishidir». Uning ilmiy-tarixiy qimmati, ayni paytda juda katta ijtimoiy, madaniy-tarbiyaviy ahamiyati ham shundadir. Folklorshunos olim Muhammadnodir Saidovning ta’kidlashicha, doston murakkab san’at asari bo’lib, uning doston bo’lishi uchun quyidagilar bo’lishi zarur:
a) Ma’lum adabiy matn.
b) Matnga mos musiqa.
c) Kuylovchi xushovoz xonanda bo’lishi.
d) Kuylovchi musiqa asboblaridan birini - sozni chala olishni bilishi.
e) Kuylovchi shoirlik iqtidoriga va kuchli xotiraga ega bo’lishi.
Bu ta’riflarning biri ikkinchisini to’ldiradi. Shuning uchun ham dostonlar sinkretik - omuxta janr hisoblanadi. Xalq dostonlarining ijrochilari O’zbekistonning turli hududlarida turli nomlar bilan yuritiladi. Masalan, Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim joylarida baxshi, yuzboshi, Janubiy Tojikiston o’zbeklari orasida jirov, jirchi, irchi, oqin, oxun, sannoch yoki sannovchi, shoir, xalfa, kampir va hokazo. 55 Baxshilar - doston ijrochilari sifatida mashhur, iqtidorli, shoirtabiat odamlar. Hodi Zarifning yozishicha, baxshi so’zi mo’g’ulcha va buryatcha baxsha, bag’sha so’zlaridan olingan bo’lib, ustod, ma’rifatchi degan ma’nolarni beradi. O’zbeklarda baxshi keng ma’noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan-naslga yetkazuvchi san’atkordir. Xalq orasida baxshi so’zi turlicha xarakterdagi ikki vazifani bajaruvchi shaxsga nisbatan qo’ilangan.
1. Doston kuylovchi.
2. Folbinlik qiluvchi.
Uzoq o’tmishda bu ikki vazifani bir shaxs bajargan. Baxshilar xalq dostonlarini biror sozda, ko’p erlarda do’mbira, ayrim joylarda qo’biz yoki dutorda kuylaydilar. Xorazm baxshilari esa dostonlarni, asosan dutorda, torda ijro etadilar. Ularga g’ijjak va balomonda sozandalar jo’r bo’ladilar. 30-yillardan boshlab Xorazm baxshilari dostonlarni asosan tor va rubobda kuylay boshladilar. Xorazmda ba zan epik asarlarni yoki ularning parchalarini garmonda ijro etish hollari ham uchraydi. Xorazmda epik asarlarni, ulardan olingan parchalar va ayrim termalarni kuylovchi ijodkorlarning yana bir turi xalfalar, deb yuritiladi. Xalfachiiik, asosan, ayollar orasida keng tarqalgan. Bibi shoira, Xonimjon xalfa, Ojiza, Onajon Safarova, Nazira Sobirova, Roziya Matniyoz qizi, Saodat Xudoyberganova, Poshsha Saidmamat qizi, Anbarjon Ro’zimetova, Anorjon Razzoqova kabilar xalfachilikda nom qozonganlar. Xalfalar ko’proq «Oshiq G’arib va Shoxsanam», «Oshiq Oydin», «Asilxon», «Hurliqo va Hamro», «Qumri», «Qissai Zebo», «Tulumbiy», «Zavriyo», «Duransho», «Bozirgon», «Xiromon», «Xirmon dalli» kabi dostonlarni hamda Maxtumquli she’rlarini ijro etganlar. O’zbek dostonchiligida an’anaviy doston kuylash tartibi bor. Odatda dostonchilik kech kuzdan erta bahorgacha kechqurunlari uyushtirilgan. Baxshi taklif qilingan mehmonxonaga barcha tinglovchilar yig’ilib, qo’rtashlab o’tirishgan. Baxshi to’rda o’tirgan. Doston kuylash kichik bir ziyofatdan keyin boshlangan. Baxshi dastlab bir yoki bir necha terma kuylagan. Asosan, «Nima aytay?» («Doston terish») termasi bilan tinglovchilarga murojaat qilgan. Song tinglovchilarning xohishi yoki baxshining tanlashiga ko’ra biror doston ijro etiladi. Odatda doston kuylash tongga ulanadi. O’zbek xalq dostonlarining ko’pchiligi bir kun kuylashga mo’ljallangan. «Alpomish»dek ulkan asarlar ikki va undan ortiq kechalar ijro etilgan. Dostonni kuylash juda ham qiziqarli avj pardalarga yetganda yarim tunda dam olish uchun tanaffus e’lon qilinadi. Buni baxshilar «Do’mbira to’ntarmoq» deb aytadilar. Bunda baxshi eshituvchilarga yoki do mbirasiga murojjat tarzida bir necha qistirma misralar to qib ijrom to’xtatadi. Baxshi taklif qilingan qishloq yoki xonadonda dostonchilik kechalari ba zan bir necha kun davom etadi Maxsus dostonchilik kechalaridan tashqari toyhashamlarda. oila tantanalarida. bayramlarda baxshilarning ishtirok etishi odatdagi hol bo’lgan. XX asrga kelib, shaharlarda baxshilar xizmatidan foydalanish yo’qoldi. Ammo qishloqlarda bu an’analar hozirga qadar saqlanib kelmoqda. Asrimizning ulkan qurilishlarida - umumxalq hasharlarida. Masalan. Kattaqo’rg’on suv ombori, Katta Farg’ona kanali qurilishida bayram-sayllarda doston va undan parchalar tinglash odat tusiga kirgan.
Oʼzbek xalqining dostonchilik sanʼati haqida soʼz borganda Surxondaryo-Qashqadaryo, Samarqand-Buxoro, Xorazm dostonchilik musiqiy uslublari haqida soʼz yuritish joiz boʼladi.
Dostonlarni ijro etish ham asosan mavsumiy boʼlib, kech kuzda dehqonlar hosillarini yigʼishtirib boʼlganlaridan soʼng boshlanib, erta bahorgacha davom etadi. Dostonchi baxshilar xonadonlarda uyushtirilgan dostonchilik kechalariga taklif qilinadilar va mahalla, qoʼni-qoʼshni yigʼilishib, dostonlar tinglashadi. Bu azaldan odat tusini olgan boʼlib, baxshilarni oilaviy bayramlarga, toʼy-tomoshalarga, hosil bayramlariga ham taklif etganlar. Yashni dostonchi baxshi oʼz dostonlarini qisqacha aytim yoʼli bilan tahriflab beradi va eshituvchilarning xohishiga koʼra bir dostonni boshlaydi. Dostonchi baxshilar doston ijrolaridan tashqari bagʼishlov ijrolariga ham juda usta boʼlib, biron yaxshi kunga, marosimga, mashhur odamlarning ismlariga monand bagʼishlovlarni nasriy va shehriy yoʼllarda ham ijro etadilar. Bu ijro baxshilardan oʼta zukkolikni talab qiladi. Hozirgi davr dostonchilik ijrochiligi Shoberdi baxshi Boltaev maktabi yetakchilik qilmoqda. Surxondaryo-Qashqadaryo musiqasida dostonchilik sanʼatidan tashqari keng ommalashgan mehnat qoʼshiqlari alohida ahamiyat kasb etadi. Qoʼsh, oʼrim, yorgʼinchoq qoʼshiqlari dehqonchilik bilan bogʼlansa, «xoʼsh - xoʼsh», «Churey», «Turey-turey» qoʼshiqlari chorvachilik bilan bogʼliqdir. Charx, oʼrmak, kashta, boʼzchi qoʼshiqlari esa hunarmandlar mehnati qoʼshiqlari sanaladi.
Buxoro-Samarqand musiqa uslubiga doir dostonchilik maktablari asosan viloyat tumanlarida qaror topgan boʼlib, ular, «Bulunqur dostonchilik maktabi», «Narpay dostonchilik maktabi» kabi ataladi. Shulardan Bulungʼur va Qoʼrgʼon dostonchilik maktablari mashhurroqdir. Bulungʼur dostonchilik maktabida «Аlpomish», «Yodgor», «Yusuf bilan Аhmad», «Rustamxon», «Goʼroʼgʼlini tugʼilishi» kabi qahramonlik dostonlari yetakchi oʼrin tutadi. Joʼrovoz soz sifatida dombra sozi qoʼshiladi. Аmin baxshi, Chinni Shoir, Tavbuzar shoir, Qurbonbek shoir, Yoʼldoshbubul, Yoʼldoshshoir, Qoʼldash Suyar kabi baxshilar bu maktabning oʼtmishidagi (XIX asr) yirik namoyandalaridir. Fozil Yoʼldosh oʼgʼli (1872-1955) bu maktabning soʼngi yirik vakillaridan biri edi. Qoʼrgʼon dostonchilik maktabida «Аlpomish» dostoni ijro etilgan boʼlsa-da, biroq unda ishqiy-romantik dostonlarga jumladan, «Gumor pari», «Qunduz» bilan «Yulduz», «Oysuluv», «Kuntugʼmish» singari dostonlarga e’tibor beriladi. Qoʼrgʼon dostonchilik maktabining oʼtmishdagi yirik vakillari qatori Yodgor, Laras, Mulla-Tosh, Mulla Xolmurod, Jumanbulbul kabi baxshilarni aytish kerak. Ergash Jumanbulbul oʼgʼli (1868-1937) va Poʼlkan shoirlar (1874-1941) bu maktabning soʼngi yirik namoyandalari edi.
Xorazm dostonchilik maktabi oʼz anʼanalariga ega boʼlib, boshqa mahalliy dostonchilik maktablardan farqli jihatlarga ega. Bu farqlar asosan quydagilardan iborat.
А) Xorazm dostonlari «Boʼgʼiq ovozda» emas, balki «Ochiq ovoz» uslubida kuylash xususiyatlari bilan ohanglanadi.
B) Koʼpincha mahalliy dostonchilik maktablarida doʼmbra sozi joʼrnavoz siyratida qoʼllanilsa, Xorazm dostonchiligida dutor, tor soʼzlaridan foydalaniladi. Shuningdek, doston aytishda ijrochilik ansambli qatnashadi. Bunda ustoz baxshi dutor, tor yoki rubobda, qolganlar esa gʼijjak, boʼlamon va bahzan doira sozlarida joʼr boʼlib turishadi.
V) Xorazm dostonlari repertuarini «Oshiq Gʼarib va Shohsanam», «Goʼroʼgʼli», «Kuntugʼmish», «Bozirgon», «Oshiq Oydin» kabi dostonlar tashkil etadi. Biroq, Xorazm dostonchiligida qahramonlik dostoniga mansub «Аlpomish» namunasi uchramaydi. Xorazm dostonchiligining yirik vakillari Аhmad baxshi, Bola baxshi, Roʼzimbek Murodov, Qalandar baxshilar nomini aytish joizdir. Oʼtmishda doston aytuvchilarni goʼyanda, ular ijro qiladigan yoʼllarini noma deb yuritilgan.
Ergash Jumanbulbulning quyidagi sehrida esa Nurota maktabi uslubiga oid dostonlar nomalari sanab oʼtiladi:
Yigirma xil ohang bilan soʼz aytib,
Yigirma xil noma doʼmbra chertib
Xoh katta, xoh kichik eshitsa,
Har qanday odamni balqitib, eritib
Sherobod maktabining mashhur baxshisi Umar shoir Safar oʼgʼli ijodiga mansub shehrda esa Surxondaryo-Qashqadaryo dostonchiligidagi nomalar soni keltiriladi.
Ey doʼmbiram kajakdor,
Oʼttiz ikki nomang bor,
Hammasi ham maftunkor,
Birin chalsam biri bor...
deb, 32 noma borligi tahriflanadi. Keyinchalik 60 ga yetkazilgan. Ushbu maʼlumotlardan koʼrinadiki, doston qoʼshiqlari qadimdan nomalar deb yuritilgan.
Xorazm nomalari yirik hajm, kuy yoʼnalishi, parda, lad va avjlari oʼziga xos yorqin uslubi bilan ajralib turadi.
Maxsus til irodasi, musiqiy nuqtai nazardan Xorazmda ikkita yirik dostonchilik uslubi mavjud. Ular baxshilarning iboralari bilan Shirvoniy va Eroniy yoki Janubiy yoki Shimoliy xorazm uslublari deb yuritiladi. Shirvoniy uslub oʼz ichiga Hazarasp, Bogʼot, Yangiariq, Qoʼshkoʼpir, Urganch, Xonqa, Shovot, Toshhovuz viloyatining Ilonli, Koʼhna Urganch, Qoraqolpogʼistonning Toʼrtkoʼl, Ellikqal’a tumanlarini qamrab oladi. Uning markazini shartli ravishda Xiva shahri deb belgilash mumkin. Mazkur uslub nomalari 72 ta boʼlib, ular doston shehrlarining vazni, boʼgʼinlariga ijrochi baxshini ovoz imkoniyatlariga qarab oʼqiladi.
Eroniy uslub Gurlan tumanining bir qismini Qoraqolpogʼistonning Аmudaryo, Xoʼjayli Toshhovuz viloyatining shimoliy tumanlarini oʼz ichiga qamrab oladi. Uning markazini shartli ravishda Mangʼit shahri deb belgilash mumkin.
Ustoz baxshilarning fikricha musiqiy mohiyatga koʼra shirvoniy uslub 72, eroniy uslub 32, Surxondaryo, Qashqadaryo vohalarining Sherobod maktabi 64 nomadan iborat.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin