27.8-rasm. Konsentratsiyasi pog’onalari sonini grafik usul bilan aniqlash. C nuqta v nuqta bilan tochg`ri kesma orqali birlashtiriladi. Hosil bo’lgan vs kesmasi pastki kolonnaning ish chizig`ini ifodalaydi. Ish chiziqlari (av, vc) rektifikatsiya kolonnasi yuqorigi va pastki qismlaridagi ish konsentratsiyasilarining o’zgarishini belgilaydi.
Ish chiziqlari yordamida konsentratsiyasilar o’zgarishi pog’onalarining soni aniqlanadi. 27.8-rasmda konsentratsiyasi pog’onalarining sonini grafik usul bilan aniqlash yo’li tasvirlangan. Yuqorigi va pastki kolonnalar ish chiziqlari K nuqtasida kesishadi. Muvozanat chizig`i va ish chiziqlari o’rtasida uchburchak pog’onalar o’tkazib konsentratsiyasilar o’zgarishi pog’onalarining soni (yoki nazariy tarelkalar soni) aniqlanadi. Grafikdan ko’rinib turibdiki, bizning misolimizda yuqorigi kolonnaga 3 ta konsentratsiyasi pog’onalari, pastki kolonnaga esa 6 ta konsentratsiyasi pog’onalari tochg`ri keladi.
Nazariy tarelkalarning soni nN ga asoslanib haqiqiy tarelkalarning soni nx aniqlanadi:
(27.13)
bu yerda -tarelkalarning foydali ish koeffitsienti.
(27.14)
bu yerda, CC — suvning solishtirma issiqlik sig`imi; tb va t0 — suvning boshlang`ich va oxirgi haroratlari.
MAVZU: REKTIFIKATSION QURILMALARI. REJA: 1. Davriy ishlaydigan rektifikatsiya qurilmalari.
2. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar.
Davriy ishlaydigan rektifikatsiya qurilmalari. Kichik ishlab chiqarishlarda davriy ishlaydigan rektifikatsiya qurilmalari qo’llaniladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga beriladi (27.9-rasm). Kub ichiga isituvchi zmeevik joylashtirilgan bo’lib, aralashma qaynash haroratigacha isitiladi. Hosil bo’lgan bug`lar rektifikatsiya kolonnasining oxirgi tarelkasining pastki qismiga o’tadi. Bug` kolonna bo’ylab ko’tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan tochyinib boradi. Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqorigi tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida o’z tarkibidagi yengil uchuvchan komponentni bug` fazasiga beradi. Bug` va suyuq fazalarning bir necha bor o’zaro kontakti natijasida bug` fazasi yuqoriga harakat qilgani sari yengil uchuvchan komponent bilan tochyinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon harakat qilgan sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi. Kolonnaning yuqorigi qismidan bug`lar deflegmatorga o’tadi va u erda to’la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Bug`lar to’la kondensatsiyalanganda hosil bo’lgan suyuqlik ajratkich yordamida ikki qism (distillyat va flegma) ga ajratiladi.