Mavzu: Tafakkur va nutqning shakllanishi. Reja: Kirish. 1-Bob. Ibtidoiy tafakkur va uning taraqqiyoti


,3. Tafakkurning asosiy turlari va jarayonlari



Yüklə 116,27 Kb.
səhifə3/14
tarix27.11.2023
ölçüsü116,27 Kb.
#136648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Shoxruh KURS ISHI. (1)

1,3. Tafakkurning asosiy turlari va jarayonlari.
Tafakkurning ikki darajasi mavjud: fahm-farosat – abstraksiyalardan foydalanish o‘zgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir bo‘ladigan oddiy tafakkur, sog‘lom fikr, tafakkurning boshlang‘ich darajasi, uning mantiqiy mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini o‘rganadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to‘g‘ri tuzish, dalillarni qat’iy tizimlashtirish, tasniflash layoqatiaql (dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy qo‘llash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo‘lgan nazariy bilishning oliy darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-qarshiliklarini anglab etadi.
Tafakkurning psixik faoliyat sifatidagi umumiy xususiyatlarni chizma shaklida keltirish mumkin (10.1 rasm).












 
 
Tafakkur – bu o‘z tuzilishi va turlariga ega bo‘lgan o‘ziga xos faoliyat. Tafakkurning turlarga bo‘linishi shakli, xususiyati, ochib berilganlik, yangililik va voqelikka moslik darajasiga ko‘ra amalga oshiriladi (2-rasm).
 
 
 
 Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.
Tushunchali tafakkur – bu ma’lum tushunchalar qo‘llaniladigan tafakkur. U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz.
Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Ko‘pincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi odamlarda ustun bo‘ladi.
Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi, lekin bunday aks ettirish mavhumdir. O‘z navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi olamni aniq va sub’ektiv aks ettirish imkonini beradi. Shunday qilib, tushunchali va obrazli tafakkurlar bir-birini to‘ldiradi.

Yüklə 116,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin