Mavzu: Til va tafakkur REJA Kirish I.BOB – Tafakkur haqida tushuncha 1.1. Tafakkur haqida umumiy tushuncha. 1.2. O‘quvchilarning til va tafakkurini obrazli shakllantirish manbai sifatida
II.BOB BASHLANG’ICH MUASSASALARIDA BOLALARNI TAFAKKUR VA NUTQNI O’STIRISH. 2.1. Bolalarda ravon nutq rivojlanishining yoshga xos xususiyatlari 2.2. Til tafakkur quroli va muomala vositasi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH. MAVZUNING DOLZARBLIGI. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqda.
Insonning eng muhim xususiyatlaridan biri so’zlash qobiliyatidir. Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir. Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizmi orqali amalga oshiriladiki,bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o’ynaydi,nutq faqat inson uchun xos bo’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir,nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi; til-bu fonetik leksik va grammatik vositalar tizimidir odam nutqi tushunarli va ma’noli bo’lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va tog’ri bo’lishi kerak. Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilishi zarur. Nutq buzilishlari uzoq yillar davomida o’rganib kelayotgan sohadir. Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatiga uning psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir. Bunda individ bilan jamiyat orasidagi nuqtiy muomalada ko’zga tashlanadigan o’zaro munosabatlarning buzilgani ma’lum bo’ladi.
O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g`risidagi qonunning
23 -moddasiga ko’ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo`lgan anomal bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga yordamni tashkil etish – inson haqida g`amxo`rlik ko`rsatilishining yorqin namunalaridan biridir. O`zbekistonda anomal va nogiron bolalarga yordamni tashkil etish maxsus maktab internatlar, professional mehnat kollejlarida maxsus guruhlar; zaif ko`ruvchi va zaif eshituvchi, o`g`ir nutq nuqlari bor bolalalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalari,maxsus maktab internatlar,o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida nutqiy sinflar; nutqiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida tenglashtirish sinflari,maktab internatlar; harakat – tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar muassasalari, maktab-internat; o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida logopedik puktlar ishlab turibdi.
Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda psixologolingvistik asoslash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos jihatlar hisoblanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an’analari ruhida bajarilgan ushbu tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega bo`ladi, bola nutqining obyektiv qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin va O.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni bir nechta yo`nalishga ajratish mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, grammatik darajalarini shakllanirish), funksional (kommunikativ faoliyatda tilni egallash ko`nikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy anglashni shakllantirish).
“Bola nutqini rivojlantirish” hodisasining o`zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o`tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi. Nutqqa oid zamonaviy tadqiqotlar tizimli yondashuvga ega, bu “u yaxlit bir tizim sifatida mavjud bo`lgan ko`plab tashqi va ichki munosabatlar” (B.F.Lomov) hodisasini o`rganishda namoyon bo`ladi. Nutq-til tizimi ko`plab aloqalarga kirishadi, jumladan, ma’noni so`zga aylantiradigan hamda inson ongi va his-hayajonlari bilan uzviy bog`liq bo`lgan semantik axborot apparati, psixofizik hodisa (ya’ni, miya vazifasi, jismoniy tovushlar chiqaruvchi hamda ularni qabul qiluvchi va tabaqalashiruvchi qurilma), muloqot va ijtimoiy aloqa vositasilari ularning asosiylari hisoblanadilar.