Mavzu: Undov gap Darsning maqsadi

Sizin üçün oyun:

Google Play'də əldə edin


Yüklə 15.04 Kb.
tarix22.10.2017
ölçüsü15.04 Kb.

Mavzu: Undov gap

Darsning maqsadi: a) o’quvchilarga his-hayajon gaplar haqida ma’lumot berish;

b) his-hayajon gaplarni o’qish ohangini o’rgatish;

d) tabiatdan zavqlanish, bahra olish kabi his-tuyg’ularni tarbiyalash;

e) o’quvchilar yozivuning chiroyli bo’lishiga erishish;



Darsning turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning metodi: suhbat.

Darsning jihozi: turli ko’rinishdagi rasmlar.

Darsning borishi:

2. Mustaqil ish. Mustaqil ish uchun topshiriq. Berilgan so’roq gaplardandarak gaplar tuzish va yozish. Gap oxiriga kerakli tinish belgisi qo’yish.

1. Tanlovda kim birinchi o’rinni egalladi?

2. Ziyodaning dadasi nima sovg’a qildi?

3. Qayerda baland-baland yangi binolar qad ko’tardi?

O’quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar ichidan eng mazmunlisi doskaga yoziladi yoki o’quvchining o’zi yozadi. Mazmuniga qarab, gap oxiriga kerakli tinish belgisi qo’yiladi.

3.Yangi mavzuning bayoni. Yangi mavzu e’lon qilinib, o’quvchilar diqqati doska oldiga terib qo’yilgan turli xil rasmlarga qarailadi. Rasmlarda sho’x-shodon o’g’il-qizlarning har xil quvoq holatdagi rasmlari tasvirlangan.

O’quvchilar rasmdagi holatni his qilib, shu asnoda his-hayajon anglatgan gaplar tuzadilar. Masalan: Arg’imchoq uchish qanday maza! Voy-bo’, gullarning chiroyliligini! Voy, suv biram muzdek! Oh, tog’ havosi biram toza! Oh, muncha shirin tarvuz ekan! Kabilar.

Gaplarning har biri ustidan suhbat o’tkaziladi.

-Kamola, sen qanday gap tuzding?

-Arg’imchoq uchish qanday maza!

-Gapdan qanday ma’no anglashilyapti?( His-hayajon ma’nosi anglashilyapti. Bunday gaplarning oxiriga undov (!) belgisi qo’yiladi.)

Boshqa o’quvchilar tomonidan tuzilgan gaplardan yana bir-ikkitasi yuzaidan shunday suhbat o’tkaziladi. O’qituvchi javoblarni umumlashtiradi va qoida chiqariladi: Kuchli his0hayajon, quvonch, ajablanish bilan aytilgan gap undov gap deiladi. Undov gapning oxiriga undov (!) belgisi qo’yiladi. Qoida kitobdan bolalarga o’qitiladi.

4.Husnixat mashqlari.

Rasmlar asosida tuzilgan gaplardan chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilgn holda 3 tasi doskaga yoziladi. Bu gaplarni yozishda husnixat qoidalariga

e’tibor qaratiladi.

Harf unsurlarini to’g’ri qo’llab, qo’llarni uzmasdan chiroyli yozish, tinish belgilarini gap oxirida to’g’ri qo’yishga erishish.

5.Darslik bilan ishlah. 91-mashq.

Mashqdagi matn o’qiladi. Matnda qanday gaplar borligi aniqlanadi.( Darak gap, his-hayajon gap.)

Ajratilgan gaplarni doskadan his-hayajon bilan o’qish mashq qilinadi. O’qilgan gapdan sevinch, shodlik, hayajon sezilishi kerak:



Eh, muzdek suvda cho’milish qanday rohat!

Oromgohda dam olish naqdar yoqimli!

O’quvchilar bilan savol-javob o’tkazish orqali undov gap haqidagi tushunchalar kengaytiriladi:

- Bolalar, yoz faslida sizga yoqadimi?

- Nima uchun?

- Oromgohlarda dam olganmisiz?

- U yerda nima qilasizlar?

- Cho’milish sizga yoqadimi?

- Tasavvur qiling, kun juda issiq. Tog’dan sharqirab muzdek, tiniq suv oqib keladi, siz o’zingizni suvga otdingiz, shu pyt nima degan bo’lardingiz? (Oh, muzdek suv, maza!)

- O’zingizda nimani his qildingiz? Xursandlik, sevinch, rohat, huzur, shodlik hislari bo’ldimi? (Ha.)

- Ana shunday kuchli hayajon, shodlik, sevinch bilan aytilgan gap qanday gap deyiladi? U gapning oxiriga qanday belgi qo’yiladi?

5. Ijodiy diktant. “Baliq ovi”.

Eh, anhor, to’qson, kata, so’mga, Xayrulla, qarmoq, ilindi, uy, pishirdik, maza, yedik , qilib, ovi, baliq.

- Yuqoridagi so’zlar ishirokida matn tuzing. Tuzgan matningizda undov gap qatnashsin.

O’quvchilar taxminan shunday matn tuzishlari mumkin:

Xayrulla to’qson so’mga qarmoq sotib oldi, so’ng kata anhorga baliq ovlash uchun bordi. U yerda qarmoqni suvga soldi. Unga kata baliq ilindi.Uyda baliqni pishirdi. Maza qilib yedik. Eh, baliq ovi qanday maza!

6. Darslik bilan ishlash. 92-mashq.

Matn o’qib chiqiladi. Mazmuni yoritiladi. Matnda kuz fasli, saxiy kuz ne’matlari haqida gap boradi.

- Nima uchun so’nggi gap oxiriga undov belgisi qo’yilgan?

- Kuz faslidagi qaysi holat sizni ko’proq hayajonga solidi?

- Nima uchun kuz faslini oltinga o’xshatadilar?

Kuz haqida his-hyajon, shodlik va sevinch ifodalangan 2-3ta gap tuziladi.

Tuzilgan gaplar doskaga va daftarga yoziladi.

7. Yangi mavzuni mustahkamlash.

- Undov gap deb nimaga aytiladi?

- Ular qanday aytiladi?

- Gap oxiriga qanday belgi qo’yiladi?



8. Uyga vazifa: 93-mashq. Matnni ifodali o’qish, har bir gap oxiriga tegishli tinish belgilarini qo’yib, sarlavha topib, matnni ko’chirish uyga vazifa qilib topshiriladi.

Dostları ilə paylaş:
Orklarla döyüş:

Google Play'də əldə edin


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə