MAVZU: Zamburug’lar dunyosi.
Annotatsiya. Zamburug’lar dunyosi- erkin harakat qila olmaydigan eukariot organizmlar, geterotrof holda oziqlanadi. Zamburug’larning bir qancha turlari bo’lib, ulardan xalq xo’jaligida nonvoychilikda, tibbiyotda,oziq –ovqatda foydalaniladi. Tabiatda keng tarqalgan bo’lib moddalar almashinuvida, bakteriyalar bilan birga o’simlik qoldiqlari va hayvon jasadlarini parchalanishida ishtirok etadi.
Darsning maqsadi: a) ta’limiy: o’quvchilarga zamburug’lar dunyosi va ularning turlari, bu dunyoning o’ziga xos xususiyatlari haqida ilmiy tushuncha berish.
b) tarbiyaviy: o’quvchilar ongiga zamburug’lar haqida ma’lumot berish bilan birga, ekologik va gigiyenik tarbiyani singdirish.
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengayishi uchun ko’proq darslik, jurnallar va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish.
Darsning jihozi: darslik, slaydlar,jadval,kartochkalar,rangli ko’rgazmalar.
Dars usuli: savol-javob, “Matbuot anjumani” metodi,BBB texnologiyasi.
Tayanch tushunchalar: zamburug’, mitseliy, gifa, achitqi, qo’ziqorin, vertitsill, mikoriza.
Dars turi: og’zaki va yozma.
Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativlik O’z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzuga mantiqan yondasha olish;
Milliy va umummadaniy Umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlarni (urf-odatlar,marosimlar,milliy madaniy an’analar va h.k.) hurmat qilish;
O’zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, jamiyatda o’rnatilgan odob- axloq qoidalariga rioya qilish
O’z-o’zini rivojlantirish Shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;
O’zini nazorat qila bilish, halollik, to’g’rilik kabi sifatlarga ega bo’lish;
Darsning texnologik xaritasi Tashkiliy qism (2 daqiqa)
O’tilgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa)
Yangi mavzuni tushuntirish (15 daqiqa )
Yangi mavzuni mustahkamlash ( 13 daqiqa)
O’quvchilarni rag’batlantirish va baholash (3 daqiqa )
Uyga vazifa berish (2 daqiqa )
Darsning shiori: “Tabiat –o’simliklar bilan go’zal, barhayot va abadiydir”.