Maxmudov n. M., Hakimov h. A. Makroiqtisodiy tahlil



Yüklə 2,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/105
tarix26.11.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#136255
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105
Makroiqtisodiy Tahlil

11.1-jadval 
To‘lov balansida operatsiyalarni aks ettirish tartibi
53
 
Operatsiya 
Kredit-plyus (+) 
Debet – minus (-) 
A. Tovarlar va xizmatlar 
Tovarlar va xizmatlar 
eksporti (norezidentlarga 
xizmat ko‘rsatish) 
Tovarlar va xizmatlar 
importi (norezidentlarga 
xizmat ko‘rsatish) 
B. Investitsiyalardan 
bo‘yicha daromadlar va 
mehnatga haq to‘lash
Rezidentlar tomonidan 
norezidentlardan olingan 
Rezidentlar tomonidan 
norezidentlarga to‘langan 
V. Transfertlar (joriy va 
kapital) 
Mablag‘larni olish 
Mablag‘larni uzatish 
G. Moliyaviy aktivlar va 
majburiyatlar bo‘yicha 
operatsiyalar 
Norezidentlar oldidagi 
majburiyatlarning 
ko‘payishi (masalan, 
norezidentlar tomonidan 
naqd milliy valutani sotib 
olinishi) yoki 
norezidentlarga nisbatan 
talablarni kamayishi 
(masalan, norezident 
banklardagi 
hisobraqamlarning 
qoldig‘ini kamayishi) 
Norezidentlarga nisbatan 
talablarning ko‘payishi 
(masalan, 
norezidentlarga kredit 
berish) yoki 
norezidentlar oldidagi 
majburiyatlarni 
kamayishi (masalan, 
rezidentlar tomonidan 
norezidentlardan sotib 
olingan qimmatli 
qog‘ozlarni qoplanishi) 
To‘lov balansida ikki yo‘nalishdagi valuta oqimi o‘z ifodasini topadi: 
1. Xorijiy valutalardagi tushumlar.
2. Xorijiy valutalardagi to‘lovlar.
To‘lov balansi mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlarining 
rivojlanish darajasini, jahon savdosidagi, xalqaro kapitallar va kreditlar 
harakatidagi o‘rnini ko‘rsatadi.
53
Моисеев С.Р. Международные валютно-кредитные отношения. – М.: Дело и Сервис, 2007. - С. 
340-341.


115 
To‘lov balansini tuzish ikki yoqlama yozuvga asoslanadi. Ya’ni, 
bunda har bir operatsiya ikki marta aks ettiriladi: bir hisobraqamning 
debetida, ikkinchi hisobraqamning esa kreditida aks ettiriladi. Bunda 
kreditli o‘tkazmalarning jami summasi debetli o‘tkazmalarning jami 
summasiga teng bo‘lishi va yakuniy saldo nolga teng bo‘lishi shart.
Kreditli va debetli o‘tkazmalar o‘rtasidagi farq summasi sof 
xatoliklar deb ataladi.
To‘lov balansini tuzish uchun quyidagi ma’lumotlar manbaidan 
foydalaniladi: 
1. Bojxona statistikasi.
2. Markaziy bank tomonidan shakllantiriladigan iqtisodiyotning pul 
sektorini statistikasi.
3. Tashqi qarz statistikasi.
4. Xorijiy valutalar bilan amalga oshirilgan operatsiyalari statistikasi.

Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin