Keltirilgan masalaning SQL kodi:
INSERT INTO talaba VALUES (1, 'Sultonov Nozim Abbosovich', 'Samarqand shahar Rudakiy 15', '238-23-23', 23);
INSERT INTO talaba VALUES (2, 'Nozimova Nigora Islomovna', 'Samarqand shahar Rudakiy 18', '123-23-23', 22);
7-misol. Relatsion MBda “Talaba” nomli jadvalning idTalaba, TalabaFish, TalabaManzil, TalabaTelefon, TalabaYosh maydonlarining SQLning UPDATE operatori yordamida idTalaba qiymati 1 bo’lgan yozuvni tahrirlang
Ma’lumotlarni tahrirlash. UPDATE operatori jadvaldagi ma'lumotlarni yangilash uchun ishlatiladi. Ushbu operator jadvalga yangi yozuvlar qo'shmaydi, lekin mavjud ma'lumotlarni yangilariga almashtiradi. UPDATE operatori jadvalning bitta maydoniga (eng ko'p uchraydigan holat) yoki bir nechta maydonlarga qo'llanilishi mumkin. O'zgartirilgan yozuvlar soni foydalanuvchining ehtiyojlariga bog'liq - UPDATEdan foydalanib, siz bir yoki bir nechta yozuvlarni o'zgartirishingiz mumkin (jadvaldagi barcha yozuvlarning qiymatini o'zgartirishgacha). Jadval maydonlarining bittasida ma'lumotni o'zgartirish uchun UPDATE bayonotining eng sodda shakli qo'llaniladi, u quyidagi shaklga ega:
UPDATE jadval_nomi
SET maydon_nomi = qiymat
[WHERE shart]
Dostları ilə paylaş: |