Keltirilgan masalaning SQL kodi:
SELECT * FROM Talaba WHERE TalabaYosh>20;
6-misol. Relatsion MBda “Talaba” nomli jadvalning idTalaba, TalabaFish, TalabaManzil, TalabaTelefon, TalabaYosh maydonlari mavjud. SQLning INSERT operatori yordamida maydonlarga yozuv qo’shing.
INSERT operatori. Jadvalga ma’lumot qo’shish. Ma'lumotlar bazasidagi SQL jadvaliga satrlar qo'shish uchun INSERT INTO so'zi ishlatiladi. Uning asosiy sintaktik shakllari quyida tavsiflanadi.
Barcha kataklarning qiymatlarini ro'yxatlash orqali qator qo'shish
INSERT INTO jadval_nomi VALUES (qiymat, ...);
Bu yerda qiymat satrdagi yacheykaning doimiy qiymati. Ro'yxatdagi yacheyka qiymatlari CREATE TABLE buyrug'idagi jadval ustunlarining xususiyatlari ko'rsatilgan tartibga mos kelishi kerak. NULL kalit so'zini qiymat sifatida ko'rsatish mumkin, bu esa satrda mos keladigan katak uchun hech qanday qiymat yo'qligini anglatadi.
Jadvalga yangi qator qo'shmasdan oldin, MBBT CREATE TABLE buyrug'idagi jadval ustunlarining tavsiflaridan foydalanib, berilgan qiymatlarning haqiqiyligini tekshiradi.
Ustun nomlari ro'yxati yordamida qator qo'shish
INSERT INTO jadval_nomi (ustun_nomi, ...) VALUES (qiymat, ...);
Bu yerda ustunlar nomlari ro'yxati va qo'shilgan qatorning katakcha qiymatlari ketma-ket bo'lishi kerak, garchi ularning tartibiga talab yo'q bo’lsada. Ro'yxatdagi qatorlarning ba'zi yacheykalari to'g'risida ma'lumot qoldirishga ruxsat beriladi.
CREATE TABLE buyrug'ida NULL spetsifikatsiyasi bo'lgan ustunlarga mos keladigan kataklar bo'sh bo'ladi;
CREATE TABLE buyrug'idagi NULL spetsifikatsiyasi bo'lgan ustunlarga mos keladigan kataklar standart qiymatlar bilan to'ldiriladi.
Dostları ilə paylaş: |