ADABIYOTLAR TAHLILI: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoniga muvofiq 2019-yil 1-dekabr kuniga qadar 2030-yilga qadar Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish belgilandi. Bu qarordan so‘ng yurtimizdagi barcha OTMlarda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimiga o‘tdi [1].
Jumladan 2020-2021 o‘quv yilidan dastlab 10 ta 2021-2022 o‘quv yilidan yurtimizdagi barcha OTMlar (harbiylashtirilgan OTMlar mustasno)ning o‘quv jarayoni kredit-modul tizimiga o‘tdi. Bu esa OTMlarda faoliyat yuritayotgan professor o‘qituvchilar hamda ta’lim olayotgan talabalar uchun katta mas’uliyat yuklay boshladi. Dastlab talabalarni professor o‘qituvchilar tomonidan baholashda xatoliklarga duch kelindi. Talabalar tomonidan ham bu tizimda o‘qish uchun e’tirozlar bildirildi. Bularning barchasi dastlabki vaqtlarda yuz berdi. Professo o‘qituvchilar, talabalar kredit-modul tizimiga asoslangan o‘quv kurslari tashkil etilib o‘qitilganidan so‘ng sekin astalik bilan kamchiliklar, tushunmovchiliklar bartaraf etila boshlandi [2].
Bugun hayotimizni yangiliklarsiz tasavvur etaolmaymiz. Dunyo mamlakatlari rivojlanayotgan bir vaqtda har bir mutaxassislikka e’tibor katta qaratilmoqda. Xususan yurtimizda ham har bir mutaxassislikni rivojlantirish uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yo‘nalishiga katta extiyoj borligi ayon bo‘ldi. Chunki korxona (tashkilot)larda mehnat muhofazasining noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi sababli turli xil ko‘ngilsiz voqealar sodir bo‘lishi oqibatida ishchi xodimlar yengil, og‘ir jarohatlar olib, xattoki o‘lim xolatlari ham ko‘plab uchramoqda. Bu ko‘ngilsizliklarni bartaraf etishning bir yo‘li bo‘lajak mutaxassislarni bilimli qilib tayyorlashdir. Bu mas’uliyat bugungi kunda OTMlar zimmasiga yuklatilgan [3, 4].
OTMlarda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimiga o‘tdi xo‘sh bu mutaxassis tayyorlashda qanday yordam beradi? Bu tizimni an’anaviy ta’lim tizimdan qanday farqi bor? Quyida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz: