Metall korroziyasi va unga qarshi kurash. Korroziya turlari va mexanizmi. Korroziyani oldini olish metodlari



Yüklə 476 Kb.
səhifə1/7
tarix13.12.2023
ölçüsü476 Kb.
#139849
  1   2   3   4   5   6   7
Metall korroziyasi va unga qarshi kurash. Korroziya turlari va m (1)


Metall korroziyasi va unga qarshi kurash. Korroziya turlari va mexanizmi. Korroziyani oldini olish metodlari


Reja
1.Kirish.


2.Metall korroziyasi va unga qarshi kurash.


3.Korroziya turlari va mexanizmi.


4.Korroziyani oldini olish metodlari.


5. Kimyoviy va elekrtokimyoviy korroziya.


6.Korroziyaning oldini olish tadbirlari.


7.Xulosa.


8.Foydalanilgan manbalar ro’yxati.


1.Kirish
Metallar korroziyasi - metallarning atrofidagi muxit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning fazalar chegarasiga — reaksiya zonasiga kelishi; reaksiya; reaksiya mahsulotining reaksiya zonasidan chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, oʻz navbatida, elementar bosqichlardan iborat. Metallar korroziyasi kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga boʻlinadi. Kimyoviy Metallar korroziyasi metallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning qaytarilishidan iborat. Bunday korroziya elektr oʻtkazmaydigan agressiv mu-hitda sodir boʻladi. Elektrokimyoviy Metallar korroziyasi metallarning elektr toki utkazadigan suyuq muhitda — elektrolitlar eritmasida yemirilishi. Bunda metall zarralari elektrolit eritmasida eritmaga oʻtadi.
Metallar korroziyasi yemirilish harakteriga kura, quyidagi turlarga boʻlinadi: tekis, mahalliy, kristallitlararo va korrozion darz. Korroziya natijasida har yili yigʻilgan va inson ishlatadigan barcha metallarning 1—1,5% i yoʻqoladi. Metallarni korroziyadan saqlash uchun baʼzi tadbirlar koʻriladi (mas, legirlovchi elementlar: xrom, nikel va boshqa qoʻshiladi).
2.Metall korroziyasi va unga qarshi kurash


Ma’lumki, ko‘pgina metall hamda uning qotishmalaridan tayyorlanadigan detallar termik va boshqa ishlovlarga berilishiga qaramay, tashqi muhit (havo, suv, kislota, ishqor, tuz eritma) ta’sirida korroziyaga berilib yemiriladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda mamlakati-mizda yiliga 10% ga yaqin metall korroziya tufayli yemiriladi. Bu esa millionlab so‘m mablag‘ ko‘kka sovurildi, demakdir. Metallarni korroziyaga berilish mexanizmiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
1. Kimyoviy korroziya. Metallarni dielektrik muhit (havo, moy, benzin va boshqa)lar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi tufayli yemirilishi kimyoviy korroziya deyiladi. Korroziya tezligi metallning va muhitning xiliga, tarkibiga tempera-turasiga, bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, alangali pechlarda metallarning plastikligini orttirish maqsadida qizdirilganda undagi havo kislorodining metall sirtiga, yutilib temir oksidi (Fe2O3) hosil qilishi kimyoviy korroziyaga misol bo‘la oladi. Agar metall sirtidagi oksid parda zich va puxta (masalan, A12O3) bo‘lib, metallga yaxshi birikkan bo‘lsa, bu parda havo kislorodini metallning ichki qatlamlariga o‘tishiga to‘sqinlik qilib, uni yemirilishdan saqlaydi va aksincha zich va puxta bo‘lmasa, (masalan, Fe2O3) kislorod metallning ichki qatlamlariga o‘tib uni yemira boshlaydi.
2. Elektrokimyoviy korroziya. Metallarning elektr toki o‘tkazadigan muhit (masalan, elektrolitlar)da yemirilishi elektrokimyoviy korroziya deyiladi. Bu xil korroziya amalda ko‘p uchraydi. Korroziya tezligi metall va elektrolit xiliga, konsentratsiyasiga, temperaturasiga, vaqtga va boshqalarga bog‘liq.

Yüklə 476 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin