41
Anqo – ar. Oti bor, o‗zi yo‗q afsonaviy qush (go‗yo qushlarning podshohi
bo‗lib, Ko‗hi Qof) tog‗ida yashar emish.
Sargashta – f. boshi aylangan, sargardon hayron.
She‘r lug‗atini tuzib chiqish, birinchidan, asarning tushinilishini
osonlashtiradi, o‗quvchilar asar mohiyatiga kirib boradilar, ikkinchidan,
tushunilgan asarning xotirada qolishi osonlashadi. Bu she‘r Furqatning vatandan
yiroqda yurgan kezlari yozilgan bo‗lib, g‗azalda yurt sog‗inchi yaqqol tashlanib
turgan jihatlarni ilg‗ab olish qiyin emas. Masalan, g‗azalning birinchi bayti
quyidagicha boshlanadi:
G‗aribi bu viloyat xonumonidin adashganman,
Basoni murg‗i vahshiy oshiyonidin adashganman.
ya‘ni, begona (g‗arib) bu viloyatda xuddi oshyonidan ayrilgan yovvoyi qush
kabi uy-joyimdan adashganman.
Shoirning bu g‗azalidan tashqari, xuddi shunday mavzudagi ikki muxammasi
ham akademik litsey o‗quvchilari uchun yaratilgan darslikka kiritilgan. Ikkala
muxammasning ham birinchi bandida ―adashganman‖ so‗zining radif bo‗lib
kelishidan Furqat hayotida ayriliq, hijron alamining ta‘sir kuchi sezilarli iz
qodirganini bilish mumkin.
Muxammaslarning biri
―Kishi holimni bilmas, mehribonidin adashganman,
Vatan ovoradurmen, bo‗stonidin adashganma.
Vatansiz benavodurmen, makonidin adashganman,
G‗aribi kuyi g‗urbat, xonumonidin adashganma.
Vayo bir mug‗i vahshiy oshiyonidin adashganman
15
‖.
bandi bilan boshlanadi. Keying muxammas esa:
―Manam sho‗rida bulbul bo‗stonidin adashganman,
15
To‗xliyev B., Mirsamiqova R., Ametova O. Adabiyot (Majmua. Akademik litseylarning ikkinchi bosqich
o‗quvchilari uchun). – T.: Cho‗lpon nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010-yil, 387-bet
42
Yuzi gul, qomati sarvi ravonidin adashganman.
Dilim hajri-la qondur, dilistonidin adashganman,
G‗aribi kuyi g‗urbat xonumonidin adashganman,
Vayo bir mug‗i vahshiy oshiyonidin adashganman‖
16
. bandi bilan boshlangan.
Misollardan ham ko‗rinib turibdiki, bu muxammaslarni bir qarashda bitta she‘r deb
o‗ylashimiz mumkin. Ammo birinchisida shoir Vatandan judo bo‗lganligi uchun
―adashganman‖ deya nola qilsa, ikkinchisida esa o‗zini bulbul deb ataydi. Keyingi
muxammasni bir qarashda hech ikkilanmay ishqiy mavzuda deb aytishimiz
mumkin edi. Lekin har ikkala she‘rning ham
G‗aribi kuyi g‗urbat xonumonidin adashganman,
Vayo bir mug‗i vahshiy oshiyonidin adashganman.
bayti bilan tugashi bizni fikrimizdan qaytaradi. Shu yerda bir savol tug‗iladi:
nima uchun yuqoridagi uch she‘rda ham shoir o‗zini ―mug‗i vahshiy‖ deb ataydi,
buning sababi nimada? Chunki shoir o‗zini vatanidan yiroqda xuddi yovvoyi qush
kabi his qiladi. Unga bu judolik juda og‗ir botadi. Shoir ayriliqning kuchli
ekanligini bir bandda quyidagicha izohlaydi?
Biyobon gardiman Majnun kabi Layli yodida,
Bo‗lub oshufta zanjiri junun basti kushodida,
Qilurmish qat rah har kimsa oxir o‗z murodida,
Yugursam har tarafga ayb qilmanglar bu vodiyda,
Misoli telba itmen karvonidin adashganman.
Shoirning bandning birinchi misrasida talmeh san‘atidan foydalangan, ya‘ni
Layli yodida kuygan Majnun kabi cho‗lning changiman, deya nola qiladi. Furqat
Vatandan ayrilgandan do‗ng o‗zini xuddi karvonidan aylangan telba it kabi his
qiladi.
Zokirjon Xolmuhammad o‗g‗li Furqat lirikasi o‗rganilayganda o‗quvchi-
yoshlarga quyidagi mazmundagi savollar bilan murojaat qilish mumkin:
16
O‗sha kitob, 389-bet.
43
1. Furqatning ―Laqab har kimsaga mardum ba qadri odatiy derlar‖ misrasini
bilan boshlanuvchi bandni izohlang. Shoir bu orqali nima demoqchi?
Dostları ilə paylaş: