Ikkinchi topshiriqqa quyidagi javob berish mumkin: Furqat lirikasida
ma‘rifatni targ‗ib qiluvchi she‘rlar talaygina. 1890-yilning martida Toshkentda
ekan, N.Ostoumov uni Yangi shahar qismiga tomoshaga olib boradi. Furqatni juda
ko‗pchilik rus amaldorlari, ruslar xizmatidagi o‗zbeklar, general-gubernator bilan
tanishtiradi. Shu yurishlar natijasida shoirning ―Gimnaziya‖, ―Ilm xosiyati‖, ―Akt
majlisi xususida‖, ―Vistavka xususida‖, ―Suvorov‖ kabi she‘rlari yoziladi va
―Turkiston viloyatining gazeti‖da chop etiladi. Bu she‘rlarning barchasi masnaviy
yo‗lida yozilgan bo‗lib, ularda maorifni isloh qilish, ilmga da‘vat, fan va
madaniyat yangiliklarini targ‗ib etush g‗oyalari olg‗a surilgan. Buning asosiy
10
Q.Yo‗ldoshev, V.Qodirov, J.Yo‗ldoshbekov. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.:
Yangiyo‗l polygraph service, 2010. 114-bet
11
Q.Yo‗ldoshev, V.Qodirov, J.Yo‗ldoshbekov. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.:
Yangiyo‗l polygraph service, 2010. 114-bet
31
sababi shoir ularning maktablari, turmush-tarzi bilan tanishar eka, o‗zbek xalqining
ham hech kimdan kam bo‗lmasligini xohlaydi.
Dostları ilə paylaş: |