Jihozlar: kodoskop, mavzuga oid turli diagramma va chizmalar.
REJA:
1. O’quvchilar bilimini tashxis etish — didaktik tushuncha sifatida.
2. O’quv jarayonida o’quvchilar bilimini hisobga olishning vazifalari
3. Ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash samaradorligining psixologik-pеdagogik shart-sharoitlari.
4. Yoshlarning intellektual sifatlarini aniqlashda testning ahamiyati. Тest va uning turlari.
5. .Oliy o’quv yurtlarida rag’batlantirishning o’ziga xos usullari.
Yoshlarni mustaqil bilim olishga o’rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sesiyasida so’zlagan nutqida "Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadrini, bir suz bilan aytganda o’zligini angalash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil jamiyatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egallash uchun fidokorlik bilan kurashishi mumkin"[1] degan edi. Shu o’rinda ta’kidlamoq lozimki bugungi kunda yoshlarni ma’naviy - intellektual rag’batlantirishning ahamiyati kattadir.
O’quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqiyosida muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga nazorat va baholash jarayoni o’quvchi shaxsini rivojlantirishga va tarbiyasiga ta’sir ko’rsatadi.
Bilimlarni nazorat qilishda qo’yilgan ball va baholar o’quvchi va talabada qanday taassurotlar qoldirganini, ular o’rtoqlarining o’qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo’lishlarini doim kuzatib borish lozim
B
Dostları ilə paylaş: |