Reaktsiya kuchlari. Bu kuchlar yuqorida ta’kidlanganidek kinematik juftliklarda bo’g’inlarning bir-biriga ta’sir kuchi bo’lib, bu kuchlarni aniqlash mexanizmni kuchlar ta’sirida hisoblashning asosiy masalalaridan biridir.
Aylanma kinematik juftlarda reaktsiya kuchlarining qo’yilish no’qtalari, ma’lum, qiymatlari va yo’nalishi noma’lum (5.1- shakl).
5.1–shakl.
Ilgarilanma kinematik juftlarda reaktsiya kuchlarining yo’na-lishi ma’lum bo’lib, u bo’g’inni yunaltiruvchi sirtga perpendiku-lyardir. Kuchning qo’yilish no’qtasi esa noma’lum (5.1- shakl).
Oliy kinematik juftlarda reaktsiya kuchlari urinish no’qtalaridan utuvchi normal chiziqda yotadi (5.1-shakl).
Misol tariqasida don yig’ish kombaynlaridagi comon to’plovchi mexanizmni kuchlar ta’sirida hisoblaymiz. Buning uchun bizga qo’yidagilar berilgan:
- mexanizmning kinematik sxemasi (5.1– a shakl);
- yetakchi bo’g’in burchak tezligi ω =6 rad/s; - bo’g’inlar uzunliklari va ularning og’irlik markazlarining holatlari yuqorida keltirilgan;
- bo’g’inlar massalari va ularning inertsiya momentlari
m1=5kg, m2=35kg, m3=12kg, JS1=0,03 kg m2, JS2=3,2 kg m2, JS3=0,36 kg m2; - foydali qarshilik kuchi Ff=600 N. Barcha kinematik juftliklardagi reaktsiyalarni aniqlaymiz.
a)
b)
5.2– shakl.
Buning uchun 2 va 3 bo’g’inlarning inertsiya momentlarini hisoblab olamiz
Mexanizmni Assur guruhlariga ajratamiz. Bu mexanizm II sinf 1 - tur Assur guruhidan (2 va 3-bo’g’in) va boshlang’ich mexanizm (1 va 4- bo’g’inlar) dan iborat.
2 va 3 - bo’g’inga ma’lum tashqi kuchlar va momentlarni qo’yamiz (Ffk; Fi2; G2; Mi2; G2; Fi3; Mi3). V nuqtaga nisbatan bu kuchlarning yelkalari (h) ni belgilaymiz.
Olib tashlangan 1 va 4 bo’g’inlarning ta’sirini R12 va R43 reaktsiya kuchlari bilan almashtiramiz. Bu kuchlarni tashkil etuvchilarga ajratamiz: - AV yo’nalishi bo’yicha, - AV ga perpendikulyar yo’nalishda, - O3V yo’nalish bo’yicha, - O3V ga perpendikulyar yo’nalishda.
2 - bo’g’inga ta’sir etuvchi barcha kuchlardan V nuqtaga nisbatan moment olamiz
Qolgan va noma’lumlarni topish uchun 2 va 3 bo’g’inlarga ta’sir etuvchi barcha kuchlarning vektor tenglamasini tuzamiz
Bu tenglamani yechish uchun ma’lum masshtabda (F= 10 N/mm) kuchlar rejasini (kuchlar ko’p burchagini) quramiz (3.4 – b shakl). Buning uchun ixtieriy anuqta tanlanib, hisoblangan masshtab bo’yicha R12 kuchni qo’yamiz, o’nga G2 kuchni ulaymiz va hakazo.
R43vektorning oxiridan O3V bo’g’in o’qiga parallel, R12vektorning boshidan esa 2 bo’g’in AV o’qiga parallel chiziq o’tkazamiz. Bu chiziqlarning kesishish nuqtasi - v tenglama yechimini beradi. Hosil bo’lgan kesmalar Rn12va Rn43reaktsiyalarning rejadagi vektorini beradi. Ularning xaqiqiy qiymatlari bu vektorlar uzunligini F ga ko’paytmasi sifatida aniqlanadi.
R12 va R43 to’liq reaktsiya kuchlarining qiymatlari mos ravishda R12; Rn12 va Rn43; R43 vektorlarning parallelogram qoidasi bo’yicha yig’indisiga teng bo’ladi.
R12 = 800 N R43= 175 N R23 reaktsiya kuchini topish uchun 3 bo’g’inga ta’sir etuvchi kuchlarning muvozanat tenglamasini tuzamiz.