2364761
1. Urug‟chilik jamoasi – ona urug‟i jamoasining shakllanishi va uning taraqqiyoti.So’nggi paleolit oxirida yuz bergan tub o’zgarish ibtidoiy to’da o’rnida urug’ jamoalarining vujudga kelishidan iborat bo’ldi. Qon-qarindoshlikka asoslangan urug’ jamoalari ona urug’i doirasida rasmiylashdi, u tarixda matriarxat deb nom oldi. Bir urug’dan tarqalgan odamlar jamoasi katta bir g’orda yoki bir necha kulbadan iborat joyda birgalikda yashagan, birgalikda mehnat qilgan, mehnat mahsulotlari butun urug’ a’zolarining umumiy mulkihisoblangan. Mehnat qurollari tayyorlash, ovqat topish, yoshlarga ov qilishni o’rgatish ishlariga urug’ oqsoqoli rahbarlik qilgan. Urug’ning eng tajribali va hurmatli a’zosi oqsoqol bo’lgan. Odamlar tosh va suyakka tasvir tushirishni, ayollar uchun turli bezak va taqinchoqlar, ayollarning haykalchalarini yasashni o’zlashtirganlar. G’orlarning devorlariga yirik hayvonlarning tashqi ko’rinishini, ov manzaralarini tasvirlovchi rasmlar chizganlar. Hayvonlar va ovchilarning harakatlarini namoyon etuvchi o’yin-raqslar vujudga kelgan. Shu tariqa, tasviriy va amaliy san’at paydo bo’ladi. So’nggi paleolit davridayoq insonning evropoid, negroid, mongoloid kabi irqiy turlari paydo bo’ladi.Bu irqlar odamlar taraqqiyotining sifat ko’rsatkichi bo’lmay, tabiiy shart-sharoitlar ta’sirida vujudga keladi. Evropoidlar Evropada, Negroidlar Afrikada, Mongoloidlar Shimoliy, Sharqiy va Janubiy Osiyoda yashaganlar.
2. Al Xorazmiy va Ahmad Farg’oniylarning ilm fanga qo’shgan hissalari.Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850) nomi fan tarixida alohida o’rin tutadi. Olim o’zining «Hisob aljabr val Muqobala», «Hind arifmetikasi haqida kitob», «Quyosh soatlari haqida risola», «Astronomik jadvallar» singari asarlari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning arifmetika risolasi hind raqamlariga asoslangan bo’lib, hozirgi paytda biz foydalanayotgan o’nlik hisoblash sistemasining Evropada tarqalishiga sabab bo’ldi. Allomaning «al- Xorazmiy» nomi «algoritm» shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. Olimning «Kitob surat al-arz» nomli geografiyaga doir asari shu qadar fundamental ahamiyatga egaki, u arab tilida ko’plab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb nomlanishi ham shundan. Xorazmiy yaratgan «Zij» Ovro’pada ham, Sharqda ham astronomiya fanining rivojlanishi yo’llarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub «Kitob at-tarix» («Tarix kitobi») asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo halqlarining VIII-IX asrlarga oid tarixini to’laqonli yoritishda muhim qo’llanmadir. Al-Xorazmiyning arab ilmiy dunyosining yirik markazi - Bag’doddagi Ma’mun akademiyasida ishlagan davrlari uning iste’dodining eng barq urgan paytlari bo’ldi. U shu akademiyaning rahbari sifatida ilm ahliga ibrat ko’rsatdi. O’rta Osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Farg’oniy (797-865) nomi alohida ko’zga tashlanib turadi. Olimning to’liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy bo’lib, aslida Farg’onaning Quva shahrida tavallud topgan. Ilm yo’lida zahmat chekib ko’p yurtlarni kezgan. Umrining ko’p qismini xorijiy ellarda, xalifalik markazlarida o’tkazgan. Uning butun ongli hayoti va faoliyati fan yo’liga bag’ishlangan. Ahmad al-Farg’oniy etuk astronom, matematik va geograf olim sifatida shuhrat topgan. Juda ko’plab fundamental asarlarning muallifi, Bag’doddagi Baytul Hikma (akademiya)ning nomdor namoyandalaridan biridir. Al-Farg’oniy ilmiy salohiyatining mahsuli bo’lgan «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Asturlub yasash haqida kitob», «Al-Farg’oniy jadvallari», «Oyning Er ostida va ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola», «Etti iqlimni hisoblash haqida», «Al-Xorazmiy «Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash» nomli kitoblari haqli ravishda jahon fani xazinasining noyob durdonalari sanaladi. U G’arb olimlari orasida «Alfraganus» nomi bilan mashhur.
3. Podsho Rossiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi, o‟lkada mustamlakachilik boshqaruvining shakllana boshlashi (1865-yil, general Chernyayev, Mulla Alimqul- “Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi Muvaqqat Nizom”). 1864-yil 1-oktabrda general Chernyayev tayyorgarlik ko`rmay Toshkentni bosib olmoqchi bo`ldi. Biroq shaharni birdaniga bosib olishning uddasidan chiqa olmadi va bu podsho armiyasi askarlariga qimmatgatushdi. 1865-yil boshida Sirdaryo va Yangi Qo`qon chiziqlari orasida Turkiston viloyati tuzildi, Chernyayev uning harbiy gubernatori etib tayinlandi. Turkiston viloyati tasarrufida butun bir viloyat bo`lib, uning zaxiralaridan istilochilik maqsadlarida foydalanishi mumkin edi. Podsho Rossiyasi mustamlaka bosqinchiligining birinchi bosqichi shu bilan yakunlandi.Mustamlaka bosqinchiligining ikkinchi bosqichida Rossiya imperiyasi rejasining bosh maqsadi Toshkentni zabt etish edi. 1865-yil aprel oyi oxirida podsho qo`shinlari Toshkent yaqinida jamlandi. Qo`shinning asosiy zarba kuchini 12 ta to`pdan iborat artilleriya tashkil etardi. Shaharga hujum qilishda shu artilleriya hal qiluvchi rol o`ynashi darkor edi. Podsho qo`shinlarining dastlabki qismlari Toshkentdan 25 km masofada, Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan Niyozbek qal'asi yonida paydo bo`ldi. Qal'a himoyachilariga taslim bo`lishni taklif qilgan MLChernyayev rad javobini oldi. 29-aprelda jang boshlanib, ikki kun davom etdi. Podsho qo`shinlari harbiy qurollar borasida katta ustunlikka ega bo`lib, bir necha soat tinmay to`pdan o`qqa tutib, qal'a devorini teshdilar. Shu teshik orqali askarlar qal'aga kirib olishdi. Toshkent darvozasi deb ataladigan Niyozbek qo`rg`oni shu tariqa bosib olindi. Shundan so`ng general Chernyayev Toshkentga suv borishini to`xtatish, ya'ni aholini ichimlik suvisiz qoldirish uchun Chirchiq daryosi ustidagi to`g`onni buzishni buyurdi.1865-yil 8-mayda u qo`shinini Toshkent ustiga jo`natdi. Biroq podsho qo`shinlari ro`parasida kutilmaganda Olimqulxon boshchiligida Qo`qon qo`shinlari paydo bo`ldi. Shiddatli jang boshlanib, u Qo`qon qo`shinining chekinishi bilan yakunlandi. Shu jangda Olimqulxon yarador bo`ldi va vafot etdi. Buxoro qo`shini Qo`qon qo`shiniga ko`mak uchun keldi, biroq yordam kechikkan edi. 14-iyun kuni Chernyayev Kamolon va Qo`qon darvozalar qarshisiga to`plarni joylashtirib, so`nggi tayyorgarlikni ko`rib bo`lgandi. Podsho qo`shinlari shahar ustiga shiddat bilan o`q yog`dirdi. Kamolon darvozasi yaqinidagi devor vayron qilindi, podsho qo`shini askarlari o`sha joydan shaharga yorib kirishdi, lekin ularni toshkentlik sarbozlarning o`qi to`xtatdi. Hujum to`xtatildi. Go`yo shaharning barcha aholisi jonajon shahrini himoyalash uchun oyoqqa qalqqanday edi. Ko`chalarda kesilgan daraxtlar va aravalardan barrikadalar qilindi (band solindi). Bunday barrikadalar barcha ko`chalarda hamda chorrahalarda qurildi. Shaharda ko`cha janglari boshlanib ketdi, podsho qo`shinlari o`rtasidagi aloqa uzildi, natijada ularning har biri o`zicha jang olib bordi.1865-yil 17-iyun kuni tongda Chernyayev to`rttala daha — Beshyog`och, Ko`kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalari oqsoqollarini o`z huzuriga chaqirib kelishlarini buyurdi. Oqsoqollar general qarorgohiga kelib, muzokaralar olib borishdi va shaharni podsho armiyasiga ixtiyoriy topshirish to`g`risida awaldan tayyorlab qo`yilgan petitsiyani imzolashga majbur bo`lishdi. Shu vaqtdan boshlab, Toshkent Rossiya imperiyasining o`rta Osiyodagi harbiy-siyosiy markaziga aylandi
Dostları ilə paylaş: |