Eftaliylar haqida yozma manbalarda ma’lumotlar ko’p: grek, lotin, arman, xitoy, suriya, arab, fors, keyinchalik “Avesto”da, lekin bu ma’lumotlarning ko’pi eftaliylarning davlati tuzib bo’lingan davrga oiddir.
Xitoy manbalarida yozilishicha eftallarning ajdodi “yuechji” larga borib taqaladi, ularni yashagan hududi Oltoyning janubi va Xo’tanning sharqiy qismi deb keltirilgan.
Xitoyliklar yana bir qarashni olg’a surishadi: eftallarni “gaoguy”, ya’ni uyg’urlarni bir tarmog’i deb hisoblashadi. Lekin ularning tillari turkiyga ham uyg’ur tiliga unchalik o’xshamaydi, shuning uchun ba’zi olimlar eftallarni qadimiy sharqiy massaget qabilalaridan chiqqan va sharqiy-eroniy tilda so’zlashadi deb hisoblashadi.
Gumilevning yozishcha, ular yuechji qabilasidan kelib chiqqan. Bu gipotizani Prokopiy (Prokopiy Kessarskiy “Rim va Fors urushlari tarixi” 1876,20-21 betlar.) tasdiqlaydi.
Xitoy manbalarida “xoa” qabilasi nomi bilan uchraydi.
Eftaliylar yozma manbalarida esa “eftal”, “xaftal”, “xaytal” shaklida ham uchraydi.
Eftallar qaysi hududdan paydo bo’lgani va kimlarning ajdodi ekanligi haqida 2 xil qarashlar bor :
1. Sharqiy-eron qarashi: bu qarashlarga ko’ra eftalitlar eroniy xalq bo’lib, hozirgi pushtunlarning ajdodi hisoblanadi. Eftaliy tangalardagi baqtriya tilida grek harfidagi yozuvlarga ko’ra “OIONO”, ya’ni “xion” so’zi uchraydi. Ba’zi olimlar ularni “oq xunnlar” deb nomlashadi, lekin ular biz biladigan xunn qabilalaridan keskin farq qiladi. “oq xunnlar” ,ya’ni eftallarning madaniyati ancha yuksak va rivojlangan bo’lgan, xunnlar esa ko’chmanchi chorvador jangari qabila bo’lgan.
2. Turkiy qarash: bu qarashga ko’ra eftallar qadimgi turkiy xalqdir. S.P.Tolstov ularni Sirdaryo havzasida yashagan, shuning uchun ular turkiy xalq deb aytadi. Bu fikrni David Kristian va E.Parker ham maqullagan.
Eftallarning qaysi hududdan kelib qolganligi to’g’risida ham baxs-munozaralar juda ko’p. Bu yo’nalishda ham fikrlar turli xil. Shpext ularni Shimoliy Xitoyda V-asr o’rtalarida paydo b’olgan deb beradi.(Specht. Etudes sur l'Asie Centrale d'apres les historiens chinois. -"Journal Asiatique", ser.8, 1883, 349-bet) Lekin bu fikrni Shavvan inkor etgan (Chavahhes E.-"Сборник трудов Орхонской экспедиции", т.IV, СПб., 1903.).
Parker ularni “yueban”, ya’ni turk qabilasidan chiqqan deb fikr bildirishadi (Parker E. Thousand Years of the Tartars. Shanghai, 1895., 168-bet). Bu fikrni nemis olimi Hoffman ham (Hoffmann H. Quellen zur Geshichte der tibetishen Bon-Religion. Wiesbaden. 1950, 211-bet), S.P.Tolstov ham („Древний Хорезм“ M.,1948) tasdiqlaydi.
Veselovskiy eftalitlarni “oriy” larga bog’lagan,(Веселовский Н.И. Несколько новых соображений по поводу "пересмотра" вопроса о происхождении гуннов. - "Журнал Министерства народного просвещения" 1882., 100-bet) lekin nima uchun ularga bog’laganini tushuntirmagan.
S.P.Tolstov ularni Sirdaryo bo’ylaridan kelib chiqqan deb aytadi (Толстов С.П. По следам древнехорезмийской цивилизации. М.-Л., 1948).
Rus olimasi Pigulyovskaya ularni “oq xunn” deb ataydi va bu guruhga yana xioniylar va kidariylarni ham qo’shgan (Пигулевская Н.В. Сирийские источники по истории народов СССР. М.-Л., 1941., 47 – 51-bet).
Eftaliylar 1-chi marta tarixda milodiy 384-yili Edessani qamal qilishda fors qo’shinlari orasida tilga olinadi.
Taxminan 410-yillarda Eftallarning davlati tuzilgan.
Eftallar davlatiga: sharqda Qoshg’argacha, g’arbda Xorazmgacha, shimolda Talas vodiysigacha, janubda Hindiqush tog’larigacha bo’lgan hududni egallagan
427-yilda Eftallar Hindistonga yurish qildi, ammo bu yurish muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
450-yilda eftallar Hindistonga yana hujum boshladi.
455-yilda eftallar bilan kidariylar o’rtasida guptalar va sosoniylarga qarshi ittifoq tuzilgan.
456-457-yilda Sosoniy Pero’zga yordam berila boshlandi.
459-yili Pero’z shox bo’ldi (459-484)
468-yili sosoniylar shohi mag’lubiyatga uchradi va katta o’lpon to’lashga majbur bo’ldi.
470-yilda jujonlarning agressiyasini tugatishdi va ularga qattiq zarba berishdi.
472-yilda xioniylar Sug’ddan haydab chiqarildi.
482-yilda Pero’z asirga tushdi. O’g’li Kubodni garovga berdi, o;zi esa hujum qilmaslik haqida qasam ichdi va qo’yib yuborildi.
484-yilda Pero’z jangda o’ldirildi. Qasamini buzganidan eftallar g’azablanishdi va forslarni talashdi, Marv, Balx, Hirot shaharlarini bosib olishdi.
488-yilda sosoniylar taxtiga Kubod o’tirdi (488-531). U eftallar saroyida yoshligidan katta bo’lgani va eftallarni yaxshi tushungani uchun ular o’rtasida ittifoq paydo bo’ldi. Eftallar bilan birlashib Vizantiyaga qarshi kurashdi.
490-500 yillarda Hindistonga qarshi yurush, natijada Markaziy Hindiston yerlari bosib olindi.
494-yili eftallar tomonidan zamonaviy Eronning katta qismni egallanib olinishi.
494-496 yillarda eftallar jujoniylarni yanchib tashlashdi.
496-yilda eftallar tomonidan “teleut” qabilalari yanchib tashlandi va asirlar orasidan knyaz Mivotu qolgan teleut qabilalariga bosh etib tayinlandi.
497-499 yilda Eronda Kubodga qarshi to’ntarish bo’lib o’tdi va Kubod eftallar yoniga qochdi. Keyin yana eftallar yordamida hokimyatni qo’lga oldi.
510-yilda eftallar Hindistonda mag’lubiyatga uchrashdi.
516-518 yillarda eftaliylar va jujonlar ittifoq tuzishdi. Eftallarni Vey imperiyasi bilan munosabati yomonlashdi.
516-520 yilda janubiy Xitoydagi Lyan imperiyasiga eftaliylar elchililari borishdi.
520-yilda xitoylik sayyoh Suy Yuan Hindistonda yashovchi eftallarni kuzatgan va quyidagicha tasvirlagan: “ular teridan kiyimlar kiyishgan, yozuv- chizuvni bilishmagan, ya’ni savodsiz bo’lishgan”.
531-579 yillarda Xusrav I Eron shohi bo’ldi.
546-yilda Vey imperiyasiga eftallar elchilarni jo’natishgan.
555-yilda eftaliylarni turklar bilan 1-chi to’qnashuvi.
562-yilda turklarning eftallar ustidan qozongan 1-chi g’alabasi. Forslar bilan turklarning eftallarga qarshi ittifoqi.
563-yilda eftallarning forslardan engilishi.
563-565 yillarda turklar Xusravning Balxga hujumi yordamida eftallarga zarba berdi. “Shohnoma” da yozilishicha jang Buxoro yaqinida bo’lib o’tgan. Gatifar boshchiligidagi eftal qo’shini yanchib tashlandi.
565-yilda turklar Nasaf yaqinida eftallarni yengishdi. Bu yil eftallar davlatining qulash yili hissoblanadi. Keyinchalik eftal nomi uchramay qoladi.
569-yilda turklar va forslar o’rtasida eftallar yerini bo’lib olish bo’lib o’tdi va ular o’rtasida nizo kelib chiqdi va u urushga aylanib ketdi.
Eftallarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida ma’lumotlar nisbatan kam. Xitoy manbalari ularni chorvadorlar deb e’tirof etishgan.
Ular o’t-o’lanlar yaxshi o’sadigan hududlarda yashashgan. Ularda hali hamon ibtidoiy jamoa tuzumi hukum surardi.
Eftal qabilalarining katta qismida {poliandriya}- ko’p erlik tarqalgandi. Xitoy manbalarining axborot berishicha bir-necha aka-ukalarning bitta xotini bo’lgan. Xotinning nechta eri borligini u kiygan bosh kiyimini burchaklari sonidan bilib olsa buladi.
Lekin keyinroq “poliandriya” o’rnini “poligamiya” (ko’p xotinlik) egallagan. Xitoy manbalariga ko’ra boyning xotinlari bir-biridan 200-300 metr uzoqda yashagan va boy har bir xotinikida 1 oydan yashab yurgan.
Tabaqaviy bo’linish ham aniq ifoda etilgan. Masalan: boylar toshli qabrlarga ko’milgan, qashhoqlar esa oddiy tuproqqa ko’milagan.
Vizantiyalik tarihchi Prokopiyning axborot berishicha: “o’zini o’ldiruvchilar” degan tushuncha bo’lgan. Har bir boyning 20 kishilik “drujinasi” bo’lib, ular birga ovqatlanishgan, ho’jayin bilan birga urushlarda qatnashishgan, qo’lga tushgan o’ljani boy bilan teng olishgan va agar boy o’lsa birga ko’milishgan.
O’rta Osiyani egallagandan keyin ularda feodalizm avj oldi.
Eftallar O’rta Osiyodagi 1-chi feodal davlat hisoblanadi.