Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
186
1232. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) uylaridan chiqsalar: "Bismillahi,
attuyutanu 'alal-lohi, La havla va la quvvata illa billahi", der edilar.
Tarjimasi: Bismilloh, tavakkul Allohgadir, barcha kuch-qudrat Allohnikidir .
573-bob. Kishi do'stlari oldvda oyog'ini uzatishi yoki yonboshlashi haqida
1233. Shihob bin Ibod Asriy aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga yaqinlashib
qolganimizda (tepalik-ka) ko'tarildik, yo'lda ulovini tezlatab, bizga yaqinla-shib
kelayotgan odam bilan uchrashdik, u odam salom ber-di, biz alik oddik. So'ngra
to'xtatib: "Qaysi qabiladan-siz?" - deb so'radi. "Abulqays (qabilasi) elchilarimiz", deb
javob berdik. U kishi: "Marhabo,
xush kelibsiz, men sizlarni poylayotgan edim. Sizlarga
xushxabar berish uchun keldim. Kecha Rasululloh (s.a.v.) Mashriq tomonga qarab:
"Mana shu tarafdan ertaga arablarning eng yaxshi elchi-lari keladi", degandilar, shuning
uchun bu yerda sizlarni kutib turgandim. Tong ottach, yuklarimni tuyamga ortib, kun
chiqquncha yo'l yurdim. Qaytmoqchi bo'lib turgandim, tuyalaringizning boshlari ko'rindi".
Keyin u
odam tuyasining jilovini burib, tezlatab ortiga qaygib, Ra-sululloh (s.a.v.)ning
huzurlariga borgach to'xtadi. Ul zot-ning atroflarini muhojirlar va ansorlar o'rab olgan-
dilar. Hz. Umar (r.a.): "Ota-onam sizga fido bo'lsin, siz-ga Abulqays qabilasining elchilari
xabarini keltir-dim", dedi. Ul zot: "Sen ularni qaerda (ko'rding), yo, Umar?"
- deb
so'radilar. Umar (r.a.): "Ana ular, izimdan kelib qolishdi", dedi. Umar (r.a.) shu gapni
aytgach, Ra-sululloh (s.a.v.): "Alloh seni ham yaxshi xabar bilan xur-savd qilsii!" - deb
duo qildilar. Rasululloh (s.a.v.) ridolari etagini qo'llari tagiga tashlib, yonboshlab,
oyoklarini uzatib olgandilar. Elchilar kelishdi. Bundan muhojirlar ham, ansorlar ham
xursand bo'ldilar. Elchi-lar Rasululloh (s.a.v.) va sahobiylarini ko'rib behad shod bo'lib,
tezda yaqinlashdilar. Qavm kengaydi. Ashaj kech qoddi, uning
asl ismi Munzir ibn Oiz
ibn Munzir ibn Horis ibn Numon ibn Ziyod ibn Asar edi. U tuyalar-ni to'plab, cho'ktirib,
ustidan yuklarini tushirdi va nar-salarini yig'di. So'ng yukdonini chiqardi, ustidan safar
kiyimini yechib, (boshqa) libos kiydi. So'ngra ohista yurib keldi. Rasululloh (s.a.v.):
"Sizlarning ulug'ingiz va boshlig'ingiz kim?" - deb so'radilar. Hammalari baro-bariga u
(Ashaj)ni ko'rsatishdi. Ul zot: "U sayyidingiz-ning o'g'limi?" - deb so'radilar. Ular: "Uning
ota-bobo-lari johiliyatda bizning sayyidlarimiz, ulug'larimiz bo'lishgan, uning o'zi esa
Islomga boshlovchimizdir", deyishdi. Ashaj ishini tugatib, chetroqtsa o'tirmoqchi bo'lgan
edi, Rasululloh (s.a.v.) to'g'ri o'tirib olib: "Bu yoqqa (kel), ey, Ashaj", dedi-lar. U o'sha
kundan e'tiboran "Ashaj", deb atala boshlandi. Uni go'dakligida
eshak te-pib yuborib,
yuzida oyga o'xshash izi qojandi. U kelib ul zotning yoshgariga o'tirdi. Ul zot uni
(sheriklaridan) fazilatliroq ekanligini bdlib, unga iltifot ko'rsat-dilar. Qavm ul zotga yaqin
kelib (ba'zi narsalarni) so'ra-dilar. Ul zot ular so'ragan narsalarni bildira turib,
so'zlarining oxirida "Yemishlaringizdan biron narsa qol-ganmi?" - deb so'radilar. Ular:
"Ha", deb shoshilib o'rin-laridan turdilar. Ulardan har biri yuklaridan bor xur-molarini
hovuch-hovuch qilib ul zot oldidaridagi matoga to'kdilar. Ul zotning ko'llarida
ikki gazdan
kaltaroq, bir gazdan uzunroq bir xurmoning bargsiz navdasi bor bo'lib, yurganlarida
unga tayanardilar, goho-goho uni tash-lab ham ketardilar. Rasululloh (s.a.v.) ana shu
tayoq bilan xurmo uyumiga ishorat qildilar va: "Buni azuz (shirin, qora xurmo)
deysizlarmi?" - dedilar. "Ha", deyishdi. Ul zot: "Buni sarafon (yaxpt xurmo) deb
ataysizlarmi?" - dedilar. "Ha", deyishdi. "Bunisini barzaniy (toza xur-mo), deysizmi?" -
so'radilar yana. "Ha", deb javob be-rishdi. Ul zot: "Bu xurmozorlaringizning eng yaxshisi
va eng pishganidir", dedilar". Ba'zi mahalliy oqsoqollar-dan biri bu hadisga shunday ilova