325. Hammol ibn Horisdan rivoyat qilindi, u kishi: "Biz Huzayfa ibn Yamon bilan birga
edik, shu vaqtda u kishiga odamlar gapini hz. Usmon (r.a.)ga yetkazib turadigan bir
kishi haqida shikoyat qilindi. Shunda Huzayfa: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Yashirin
ravishda kishilar gapiga quloq solib, uni (yomon niyatda) boshqalarga naql qiluvchi
odam jannatga kirmaydi", degan so'zlarini eshitganman, dedilar".
326. Asmo' binti Yazid (r.a.) dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) sahobiylarga: "Men
sizlarga eng yaxshilaringizni aytib beraymi?" - dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh, aytib
bering", deyishdi. "Ular shunday kishilarki, qachon ko'rinsalar Alloh taoloni eslatadilar.
Eng yomonlaringizni aytsam, ular chaqimchilik bilan yurib do'stlar orasini buzuvchi,
begunoh odamlarga buzuqlik, halokat va mashaqqatga mubtalo bo'lishlarini izlovchi
kishilardir", dedilar".
Ya'ni ular qachon kishilar orasiga kirsalar, darhol amri ma'ruf va naxyi munkar qiladilarda, beparvo bo'lgan odamlarni ogohlantirib, Rabbi-l-izzat tomonga moyil bo'lishga da'vat qiladilar. Allohni eslatadilar so'zvdan murod, vallohu a'lam, shu bo'lsa kerak .