162-bob. Kishi sevgan odami bilan birga bo'lishi haqida
355. Abu Zarr G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Rasululloh
(s.a.v.)ga: "Yo Rasululloh! Bir kishi bir qavmning amalini qilishga qodir bo'lmaydi-yu,
lekin uni yaxshi ko'radi", degan savolni berdim. Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Abu Zarr, sen
sevgan kishing bilan bo'lasan", dedilar. Men yana: "Men Alloh taoloni va uning Rasulini
yaxshi ko'raman", dedim. "Ey, Abu Zarr! Sen yaxshi ko'rgan kishing bilan birga
bo'lasan", dedilar".
356. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: "Ey, Allohnieg
payg'ambari! Qiyomat kuni qachon bo'ladi?" - deb so'raganda, Rasululloh(s.a.v.): "Sen
qiyomat kuni uchun qanday amallarni tayyorlab qo'yding?" - deb so'radilar. U: "Men
qiyomat kuni uchun deyarli katta bir amal tayyorlaganim yo'q, faqat Allohtaoloni va
uning Rasulini sevaman", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Har bir kishi o'zi sevgan
kishisi bilan birga bo'ladi", dedilar". Anas ibn Molik (r.a.): "Bu so'zni eshitgan
musulmonlar shu qadar xursand bo'ldilarki, buning tasviriga qalam ojiz", dedilar.
357. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh. (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.):
"Kimki yoshi kichiklarimizga rahmdil bo'lmasa va kattalarimizning qadr-qimmati va
haqini bilmasa, u odam bizning qavmdan emas", dedilar".
358. Abdulloh ibn Amr (r.a.): "Kichiklarimizga rahmdil bo'lmagan, yoshi ulug'larimizni
hurmat qilmagan kishi bizdan emas", dedilar.
359. 360, 361-hadislar yuqoridagi hadisning aynan takrori.