Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Ko'zi og'riganda borib ko'rish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   443
Buxpriy

245-bob. Ko'zi og'riganda borib ko'rish haqida 
 
542. Zayd ibn Arqam (r.a.) aytdilar: "Mening ko'zim og'rigan vaqtda Rasululloh (s.a.v.) 
ko'rgani keldilar-da: "Ey, Zayd! Agar ko'zing shu holaticha qolaversa nima qilarding?" - 
deb so'radilar. Men: "Shunda sabr qilgan va Alloh taolodan savob umid qilgan 
bo'lardim", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Ko'zing shu holatida qolib, sen unga sabr qilsang 
va Alloh taolodan savob umid qilsang, senga beriladigan savob jannat bo'ladi", 
dedilar".543. Qosim ibn Muhammaddan rivoyat qilindi: "Mu-hammad degan kishining 
suhbatdoshlaridan birining ko'zidyan nur ketdi. Kishilar uni ko'rgani borishganda, u: "Bu 
ikki ko'zim Nabiy muhtaram (s.a.v.)ga qarashim uchun menga kerak edi. Ammo 
Rasululloh (s.a.v.) bu dunyodan ketdilar. Endi menga shu ikki ko'zning nuri o'z joyiga 
kelishi uchun Tabbola kiyiklaridan bitta kiyik berishga rozi bo'lasanmi, deyilsa, men rozi 
bo'lmas edim", - dedi". 
 
Tabbola - Yamandagi bir shahar nomi. Yoqut Hamaviy "Mu'jam al-butdon" ("Mamlakatlar 
to'plami") nomli asarida bu Tuhomadagi Tabbola bo'lmasa kerak, deydi. Ya'ni 
Tabbolaning arzimas bir dona kiyigi men uchun ikki ko'zimdan qiymatliroq bo'ladi yoki 
endi ko'zsiz hayot kechiraversam ham bo'ladi, demoqchi bo'lsa kerak  
 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
544. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Rasululloh 
(s.a.v.)dan: "Allohu azza va jalla bir bandani o'ziga sevimli ikkita a'zosi (ya'ni ikki ko'zi) 
bilan mubtalo qilsam, keyin u shunga sabr qilsa, badaliga jannatni beraman", degan 
hadislarini eshitdim". 
 
545. Abu Umoma (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) 
aytdilar: "Alloh taolo: "Ey, Odam farzandi! Men sening ikkita nozik a'zoyingni (ko'zingni) 
olsam va shu musibatga duchor bo'lganingga sabr etsang va shunga mendan savob 
umid qilsang, senga jannatdan bo'lak savob berishga men rozi bo'lmayman", deydi". 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin