709. Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) ushbu duoni o'qib
yurar edilar: "Parvardigoro, gunohimni, bilimsizligimni, butun ishlarimdagi isrofimni va
mendan o'zing yaxshiroq biladigan barcha yomonliklarimni kechirgin. Ey, Allohim, bilib-
bilmay qilgan barcha gunohlarimni, hazillarimni kechirgin. E'tirof qilaman, bularning
barchasi menda mavjud. Allohim, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni - yashirin
qilganimni ham, oshkora qilganimni ham kechirgin. Sen Muqaddam va Muaxxar Zodan.
Shubhasiz har ishga qodirsan".
Abu Muso Ash'ariydan rivoyat qshshngan 710-hadis 709-hadisnjg takrori.
711. Muoz ibn Jabal (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) qulimdan tugab: "Ey, Muoz!" -
dedilar. "Labbay, yo Rasulalloh!" - dedim. "Men seni yaxshi ko'raman", dedilar. "Xudo
haqqi, men ham sizni yaxshi ko'raman", dedim. Ul zot: "Har namozing oxirida
o'qiladigan bir duoni o'rgataymi?" - dedilar. "Albatga, o'rgating", dedim. Ul zot: "Ey,
Allohim, Sening zikringni qilishda, Senga shukr qilishsa va Senga go'zal bir shaklda
ibodat qilishimda mengakuch-quvvat ber", deb ayt", dedilar".