Mavzu : Fe'llarning nisbat kategoriyasi



Yüklə 65,5 Kb.
səhifə1/4
tarix10.01.2023
ölçüsü65,5 Kb.
#122133
  1   2   3   4
Mavzu Fe\'llarning nisbat kategoriyasi Reja Fe\'llarning nisba


Mavzu : Fe'llarning nisbat kategoriyasi


Reja :


1. Fe'llarning nisbat asoslari


2. Nisbat kategoriyasi turlanishi


3. O`zlik nisbat haqida tushuncha

Fe’l ifodalagan harakat bilan uning bajaruvchisi (sub’ekti) va predmeti (ob’ekti) yoki bir necha bajaruvchi (sub’ektlar) orasidagi munosabatning ifodalanishi fe’l nisbati deyiladi. Harakat bilan uning bajaruvchisi orasidagi munosabat turlicha bo`ladi. Ma’lum bir shaklda harakat ega bilan ifodalangan shax syoki predmet tomonidan bajariladi. Masalan: Bobur ota yurtidan batamom ajralganini endi astoydil his qildi (P.Qodirov).

Boshqa bir shaklda harakatning sub’ekti (ega) ham, ob’ekti ham bir shaxsning (predmetning) o`zi bo`ladi. Masalan: Feruzaga hovliga tushib, shabnamda qiyg`os ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.G`ulom).

YAna bir ko`rinishda harakatning bajaruvchisi sub’ekt emas, ob’ekt sanaladi yoki harakatning haqiqiy bajaruvchisi noma’lum bo`ladi. Masalan: Tashqarida so`riga gilam to`shaldi, ko`rpacha solindi. Dasturxon yoyildi, choy damlandi (Tog`ay Murod).

SHuningdek, harakat bir necha sub’ekt tomonidan birgalikda bajarilishi mumkin. Masalan: Ichkaridan birin-ketin bolalar chiqib kelishdi (Tog`ay Murod).

YAna bir nisbat shaklida esa harakat grammatik sub’ekt (ega)ning boshqa bir sub’ekt va ob’ekt ta’siri bilan bajariladi. Masalan: Mo`minning ovozidan qat’iyat, buyruq Laylini bo`shashtirdi (S.Z.).

SHunga ko`ra fe’llarda besh xil nisbat ko`rinishi mavjud: 1. Aniq nisbat. 2. O`zlik nisbat. 3. Majhullik nisbati. 4. Birgalik nisbati. 5. Orttirma nisbat.

Fe’l nisbati maxsus shakl yasovchi qo`shimchalar yordami bilan yasaladi. Bu qo`shimchalar fe’lning leksik ma’nosini o`zgartirmaydi, balki unga qo`shimcha ma’no qo`shadi. YA’ni bu qo`shimchalar harakatning bajaruvchisi (sub’ekti) va predmeti (ob’ekti) ni ko`rsatib, gap qurilishining qanday bo`lishini bildirib turadi. Masalan: yozdi – sub’ekt (ega)ning o`zi bajaradigan harakat, yozildi – predmet (ob’ekt) tomonidan bajarilib, sub’ekti noma’lum harakat, yozishdi – bir necha sub’ektlar bajaradigan harakat, yozdirdi – sub’ektning ob’ektga ta’siri bilan bajariladigan harakat.





Yüklə 65,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin