www.ziyouz.com kutubxonasi
14
34-bob. Haqiqiy silai rahm
68. Abdullohibn Amr (r.a.) aytdilar: Rasululloh(s.a.v.): "Avval silai rahm qilgan kishiga
keyin silai rahm qiluvchi bu - haqiqiy silai rahm qiluvchi emas. Chin silai rahm qilish deb
silai rahm qilishdan bosh tortgan kishiga silai rahm qilishni aytiladi", dedilar.
35-bob. Zolim qarindoshiga silai rahm qilgan kishining fazilati
69. Barro ibn Ozib (r.a.) aytdilar: Bir a'robiy kelib: "Yo Rasulalloh! Meni jannatga
kiritadigan amalni o’rgating", dedi. Rasululloh (s.a.v.); "Sen xutbani qisqa qilgan
bo’lsang ham masalani keng qilding. Jonliqni ozod yil va kishini qulliqdan qutqazgan",
dedilar. A'robiy: "Bu ikkalasi bir gap emasmi?" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Yo’q, jonliqni
ozod qilish - uni qullikdan qutqazishing, mulikdan qutqazish esa, uni qarzdorlikdan va
jarima to’lashdan qutilishiga yordam berishingdir. O’zingga margub bo’lgan sogin sigir
(yoki quy)ni sutidan ichib, foydalanish uchun muhtojlarga vaqannchaga berib turishing
va qavmu qarindoshlarga yaxshshshk qilishingdir. Agar bularni qilish ko’lingdan
kelmasa, kishilarni yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarasan. Buni ham qila
olmasang, faqat shirin so’zni tilingdan qo’ymaysan", dedilar .
Ya'ni bergan savolingning shakli qisqa bo’lsa ham, ma'nosi goyat chuqur, ahamiyati zo’r masalani o’rtaga tashlading, deyilmoqchi .