990. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasu-lulloh (s.al.) Oliyaning bir qismidagi bozor
ichi-dan o'tib borar edilar, odamlar atroflarini o'rab olishdi. Shunda o'lib yotgan,
quloqlari kesik bir uloqchaning oldidan o'tib qoldilar. Uni qo'llariga olib: "Qaysi biringiz
mana shunga bir dirham berasiz?" - dedilar. Odamlar: "Biz uni nima qilamiz?" -
deyishdi. "Buni sizniki bo'lishini xohlaysizmi?" - dedilar. Odamlar: "Yo'q", deb javob
berishdi. Yana uch bor shunday deb so'radilar. Odamlar: "Xudo haqi, xohlamaymiz! Bu
uloqcha tirik bo'lganda ham qulog'i yo'qligidan aybi bor, deb sotib olmasdigu, holbuki, u
o'limtik bo'lsa!" - deyishdi. Ul zot: "Allohga qasamki, Alloh taolo uchun dunyo mana shu
uloqcha sizga hech qanday qadri bo'lmagandek, qadrsizdir", dedilar".
Oliya - Najdaning yuqori qismidan Taxomagacha va Makkagacha bo'lgan hudud nomi.
991. Utayya ibn Zamra aytdilar: "Men otamning Huzurlarida johiliyat odatlarini tark
qilmagan bir kishini ko'rdim. Otam uni i'dod qildilar va kunyasi bilan chaqirmadilar.
Do'stlari otamga qarab turgan edilar, otam ularga: "Sizlar bu ishga qarshimisiz-lar? Men
bu ishda hech qachon qo'rqmayman. Chunki Rasu-lulloh (s.a.v.)ning: "Kim johiliyat
bilan o'zini bog'-lasa uni i'dod qilinglar vaunga kinoya gapirmang-lar", deganlarini
eshitganman" - dedilar.
Hadisdagi arabcha "a'adda"("zod" harfi bilan) fe'lining ma'nosi "bir narsani tishi bilan tutish", "tishlash" dir. Bu hadisdan ko'zlangan ma'no shuki, kimki o'zini johiliyat davriga mansub deb bilsa va johiliyat davrining so'kish va shu kabi yomon odatlarini qayta tiklamoqchi bo'lsa, unga otasining butlarga ibodat qilgani, zino va boshqa qabih ishlarni qilganini esla-tib, uni gap bilan "uzib" olish kerak. U kunyasi bilan chaqiril-maydi, toki odamlarning undan yuz o'girishlaridan qo'rqib, bu yomon ishlarini tashlasin.