Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
Fasl:
Bu kitobda zikr qilingan hadislar mashhur kitob-lardan saralandi. Xususan, 
«Sahihul Buxoriy» va «Sahihul Muslim»dan. Bu ikkisidan boshqa o’rinlarda sunan yoki 
shunga o’xshash kitoblardan foydalandim va ulardan olingan hadislarning sahih, hasan 
yoki zaif ekanini bayon qildim. Ularning orasidan eng ko’p ko’chirganim Abu Dovudning 
«Sunan»i bo’ldi. Bu zotning o’zlari kitoblari haqida shunday deganlar: «Kitobimda sahih 
yoki shunga yaqin hadislarni zikr qildim. Agar juda zaif bo’lsa, zaifligini bayon etdim. 
Ammo hech narsa demagan bo’lsam, bilingki, u yaroqlidir. Shuningdek, hadislarning 
ba’zisi ba’zisidan sahihroqdir». 
Bu so’zlar biz uchun ham, boshqalar uchun ham foydalidir. 
Demak, Imom Abu Dovuddan rivoyat qilingan hadislar zaif deyilmagan bo’lsa, u zaif 
emas. 
Kitobning avvaliga zikr fazilati haqidagi bobni qo’ydim. Keyingilari oson bo’lishi uchun 
ba’zi tushunchalar keltirdim. So’ng kitobning maqsadini zikr etdim. Allohdan mag’firat 
umid qilib, uni istig’for bobi bilan tugatdim. 
Bu ishlarga Allohning o’zi muvaffaq qiluvchidir. Ungagina ishonamiz, tavakkal qilamiz – 
suyanamiz va ishimizni Ungagina topshiramiz. 
1-bob. Vaqti tayin qilinmagan fazilatli zikrlar 
Alloh taolo Ankabut surasining 45-oyatida:
«Aniqki, Allohni zikr qilish (barcha narsadan) ulug’roqdir»
, Baqara surasining 
152-oyatida:
«Bas, Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman»
, deydi. So’ngra Soffat 
surasining 143-oyatida:
«Endi agar u (ya’ni, Yunus alayhissalom Allohga doimo) tasbih aytuvchilardan 
bo’lmasa edi, albatta, u (baliq) qornida to qayta tiriladigan kungacha (ya’ni, 
qiyomatgacha) qolib ketgan (ya’ni, halok bo’lgan) bo’lur edi»
, deb xabar beradi. 
Anbiyo surasining 20-oyatida esa: 
« Ular tun-u kun (Allohni) poklaydilar»
, deb aytadi.
1/1. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki 
kalima borki, ular tilga yengil, tarozida og’ir va Rahmonga mahbubdir. Ular:
«Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil ‘aziym», deb aytdilar». (Ma’nosi: Allohni 
hamd aytish va ulug’lash bilan poklayman.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
2/2. Abu Zarr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh menga: «Alloh taologa eng mahbub 
bo’lgan kalomni aytaymi? Alloh taolo uchun kalomlarning eng yaxshisi 
«Subhanallohi va bihamdihi», deb aytishingdir», dedilar». 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin