«Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va
egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun
yaxshiroqdir. Shoyad, eslatma-ibrat olsangizlar»
(Nur surasi, 27-oyat).
«Qachon go‘daklaringiz balog‘atga yetsalar, bas, ular ham xuddi ulardan ilgari
(balogatga yetganlar) kabi izn so‘rasinlar! Alloh Uz oyatlarini sizlarga mana
shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir»
(Nur surasi, 59-oyat).
«(Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar
keldimi?»
(Vaz-Zoriyot surasi, 24-oyat).
Bilingki, salomning asli Qur’on, sunnat hamda ijmo’da sobitdir. Ammo uning masala va
furu’larini ihota qilish kitobxon uchun ko‘plik qiladi. Shuning uchun yengil boblarda
maqsadni qisqa holda, inshaalloh, bayon etdim. Alloh shuni hidoyat etsin hamda
yuqoridagi rivoyatlarni mavzuimizga muvaffaq qilsin.
212-bob Salomning fazli va uni ochiq aytishga buyurish to‘g‘risida
599/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamdan: «Islomdagi qaysi amal yaxshi?» deganida, u zot: «Qorni ochlarni
to‘ydirishing hamda tanigan va tanimagan kishiga salom berishing», dedilar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
600/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo Odamni o‘z suratida, uzunligi oltmish ziro’ (gaz) qilib xalq qildi. Qachonki,
uni xalq qilib bo‘lgach, u kishiga «Ana bu o‘tirgan bir necha farishta oldiga borgin-da,
salom bergin, so‘ngra ularning senga oladigan aligini yaxshilab eshitgin, chunki bu senga
va sendan tarqaladigan zurriyotlaringga yo‘llangan salom bo‘ladi», dedi. Odam
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
166
alayhissalom borib: «Assalomu alaykum» («Sizlarga salom»), dedilar. Farishtalar:
«Assalomu ‘alayka va rahmatullohi» («Senga ham salom va Allohning rahmati bo‘lsin»),
deb «rahmatullohi»ni ziyoda qilishdi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
601/3. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetti
narsaga buyurdilar:
1. Kasalni borib ko‘rmoqni;
2. Janozada qatnashmoqni;
3. Aksa urganga javob qaytarmoqni;
4. Kuchsizga yordam bermoqni;
5. Mazlumga ko‘mak bermoqni;
6. Salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoymoqni;
7. Qasamga vafo qilmoqni. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
602/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Imon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar. Bir-biringizga muhabbat
qilmaguningizcha imonli bo‘la olmaysizlar. Agar amal qilsangiz, o‘rtalaringizda muhabbat
paydo etadigan narsaga sizlarni dalolat qilaymi? U oralaringizda salomni
yoymoqligingizdir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
603/5. Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Ey insonlar, salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoying. Ovqat bilan
(kambagallarni) taomlantiring, qarindoshlarga yetishing. Kishilar uxlaganda namoz
o‘qing, jannatga omon holatda kirasizlar», dedilar. Doramiy, Termiziy va Ibn Mojalar
rivoyatlari.
604/6. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam
salomni yoymoqqa buyurdilar». Ibn Moja va Ibn Sunniylar rivoyatlari.
605/7. Ishoq ibn Abdulloh ibn Abu Talhadan rivoyat qilinadi. Tufayl ibn Ubay ibn Ka’b
Abdulloh ibn Umarning (r.a.) huzurlariga kelib, u zot bilan birga bozorga borishar edi.
Tufaylning xabar berishlaricha, «Bozorga borarkanmiz, Abdulloh ibn Umar biror ichak-
chavoqlarni sotuvchi yoki do‘kondor yoki biror miskinga yo‘liqsalar, ularga salom
berardilar». Tufayl aytdilar: «Kunlarning birida Abdulloh ibn Umarning oldilariga bordim.
Meni o‘zlari bilan bozorga ergashtirdilar. U zotga «Bozorda nima qilasiz, baribir oldi-sotdi
qilmasangiz, narxlarini so‘rab, baholashmasangiz va bozor majlislarida o‘tirmasangiz?»
desam, u zot: «Sen bilan bu haqda ana bu yerda gaplashamiz», dedilar-da, «Ya
abobatn» («ey qorin otasi»), dedilar (ya’ni, Tufaylning qorinlari katta bo‘lgani uchun
shunday atadilar). So‘ng yana: «Biz bu yerga salom sababli, ya’ni yo‘likqan
kishilarimizga salom berish uchun kelamiz», dedilar». (Abdulloh ibn Umar (r.a.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tiriltirish uchun birortasini qoldirmay
mana shunday amal qilishda boshqa sahobalardan ajrab turardilar... - tarj.) Imom Molik
«Muvatto» kitoblarida rivoyat qilganlar.
606/8. Ammor (r.a): «Kimki o‘zida uch narsani jamlasa, imonning barchasini jamlabdi:
1. Nafsiga insof qilmoq;
2. Olamga salomni tarqatmoq. (ya’ni, tanigan va tanimagan kishilariga salom bermoq.);
3. Tanqislikda (molidan) infoq qilmoq», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: |