Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
173
bankirning zamonaviy namunasini o‘zingizda namoyon qilgansiz, — qo‘shib qo‘ydi u Virjiniyaga ko‘z 
qisib, — hamkorlik qilishga hoziru nozirsiz va umuman oliy darajadagi zakovat sohibisiz. 
— Maqtov so‘zlaringiz maqoladan boshqa siz uchun hamma narsa qilib bera oladi, — javob berdi 
Palmer. — Yana o‘shanday matbuot uchun emas — men Berns va Tammani bilan aloqani meros qilib 
olganman. Bunda qandaydir mantiq bor. YuBTK sizning savollaringizga o‘xshagan savollarga o‘rin 
qoldirmaydigan qilib ish ko‘rmog‘i lozim, xolos. 
Boshqacha aytganda, Tammani bilan hamkorlik qilish sizga yoqmaydi, shundaymi? 
— Men qarshi emasman, faqat men uni o‘yinning asosiy qoidalaridan biri deb bilaman, xolos. 
— Uh-h, — dedi Mollett. U yana Virjiniya tomon o‘girildi: — Kelasi safar men undan intervyu 
olganimda qalamni xonada qoldirishimni eslatib qo‘y. 
— Bunaqa tikka savollar bermagin-da, — maslahat soldi Virjiniya. 
— Biz norasmiy gaplashayapmiz. Chegara — osmon bilan yercha, xo‘pmi? — dedi u Palmer 
tomonga o‘girilib. 
— So‘rang. 
— Ha, albatta-da, — kuldi Mollett, — yana qanaqa yo‘l bilan biron narsa bilib olardim? — U stolga 
shunchalik chuqur engashib oldiki, viskili stakan uning ko‘kragiga qisilib qoldi. — Bunga nima deb 
javob bergan bo‘lardingiz: siz Mak Bernsga ishonasizmi? 
— Ishonmasligim kerakmi? — uni qayirib tashladi Palmer. 
— Kasodgarchilik borasidagi ishlarni olib boruvchi sudlar unga ishonadigan odamlarga liq to‘la. 
— Tushunishimcha, uning mijozlaridan ko‘pchiligi ancha boy odamlar bo‘lgan. 
— Men aynan ana shundaylar haqida gapirayotibman hozir, Makning siyosiy ta’siridan foydalanish 
niyatida uning oldiga tanda qo‘yuvchi chakana-chukanalar haqida emas. U bunday odamlarning 
ayamay siqib suvini ichdi va agar ulardan loaqal bir foizginasi qachonlardir hukumat shartnomasini 
olgan bo‘lsa, hayratdan yoqa ushlagan bo‘lardim. 
— Bunday odamlarga ko‘zingiz tushganida yuragingiz qonga to‘lmaydi, shunday emasmi? — so‘radi 
Palmer. — Bunday o‘yinning mohiyati shundan iboratki, yurakni siqib, qonini ichuvchi odamning 
yuragi toshdan bo‘lishi kerak. 
— To‘g‘ri. YuBTK ga nisbatan meni xuddi shu narsa tashvishga soladi. 
Palmer yana ofitsiantni chaqirdi. 
— Qaytaring. 
— Zo‘r, — rozi bo‘ldi Mollett. 
— Meniki — bas, — dedi Virjiniya. 
— Aytmoqchi, yeyishga u-bu buyursak qalay bo‘larkin? — qo‘shimcha qildi Mollett. — Men ozroq 
omar olaman, qovurilganidan va yangi sabzavotdan salat ham. Sen-chi, Jinniy? 
— Nyuburgcha omar. 
— Pushti mag‘iz bifshteksi, chala qovurilganidan, — dedi Palmer. — Qanaqa gazak bo‘lsin? 
— Menga hech narsa. — Mollett boshini bir yonga solintirdi. — Bilasizmi, u buyurtma olib 
ketganida men sizga yana o‘sha savolni beraman? 
— Xuddi shundan qo‘rqib turuvdim, Virjiniya! 
— Rahmat, omardan boshqa hech narsa kerak emas. 
— Bo‘ldi. — Palmer ofitsiantning uzoqlashayotganini kuzatib turdi. — Siz, — deb davom etdi u, — 
YuBTKning ko‘nglida o‘g‘irlikka moyillik bor ekan, deb o‘ylayapsizmi? 
— Ko‘nglida shunday moyillik borga o‘xshab ish tutilyapti deyapman. 
— Sizning bank haqida bunday o‘ylashingizdan hayronman. Bank biznesi — bu insoniyatga ma’lum 
yagona qonunlashtirilgan o‘g‘rilik ekanini nahotki bilmaysiz? 
Mollett tugmadekkina semiz lablarini bujmaytirib, bosiq jilmaydi. 
— Siz mening savolimga hazil bilan chap berib ketmoqchimisiz? 
— Bo‘pti. Buni boshqacha ifoda qilib berishimga ijozat bering: o‘tgan yillarda Olbanida shtat 
chekkalaridagi qonun chiqaruvchilar tijorat banklarini homiylikka oldilar. Nyu-York qonun 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin