4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustakillikka erishgandan so’ng
barcha sohalarda bo’lgani kabi axborot-kommunikatsion texnologiyalari(AKT)ni
joriy etishga hamda rivojlantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Buni
hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qancha
qarorlar va farmonlar hamda
amalga oshirilayotgan ishlar misolida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Mazkur soha
davlat siyosatining ustuvor yunalishlaridan biri hisoblanib, davlatimiz
hukumatining doimiy diqqat e’tiborida turadi.
Ma’lumki, 1997-yilda Respublikamizda “Ta’lim to’g’risida”gi
Qonun va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinib, uzluksiz ta’limning yaxlit
tizimini takomillashtirishga erishildi. Jumladan, tizimda o’quvchi yoshlarning o’rta
maxsus, kasb-hunar tizimida chiqurlashtirilgan fan asoslarini o’rganish
bilan birga
kasbiy tayyorgarliklari bepul amalga oshirilishi joriy etildi. Bu mamalakatimizning
kelajagi bo’lgan yosh avlodning turli sohalardagi jarayonlarda ijtimoiylashuvida
keng imkoniyat yaratib beradi.
[4].
2017 yilning 20 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy
ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul
qilindi. Qarorda oliy ta’lim tizimini kelgusida
yanada takomillashtirish va
kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar belgilab berildi. Har bir oliy
ta’lim muassasasi jaxonning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin
hamkorlik aloqalari o’rnatishi, o’quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga
asoslangan ilg’or pedagogik texnologiyalar, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy
materiallarini keng joriy qilishi ta’kidlandi. Buning uchun o’quv
pedagogik
faoliyatga, master-klasslar o’tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor
ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o’qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish,
ularning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari magistrant,
yosh o’qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o’tashlarini,
professor-
o’qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, oliy
23
ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlashning maqsadli parametrlarini
shakllantirish bo’yicha konkret tadbirlar sanab o’tilgan.
Qarorda belgilangan vazifalarni bekami ko’st bajarish bo’yicha 2017-2021
yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturi ham belgilangan bo’lib,
uning tarkibida oliy ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish, moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, rekonstruktsiya qilish,
zamonaviy
o’quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari
vositalari bilan jixozlash bo’yicha alohida chora-tadbirlar belgilandi. Besh yillik
ushbu Dasturning moliyaviy xarajatlar parametrlari ham belgilangan.
Dostları ilə paylaş: