6
Ushbu vazifalarni hal etishda ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan
«Informatika va axborot texnologiyalari» o’quv fani katta o’rin egallaydi.
Bugungi kunda AKT sohasidagi yosh mutaxassis ishlab chikaqish
korxonalari, tashkilot yoki muassasalarga ishga qabul qilingandan so’ng uning
oldida bir qator kompyuter texnikasi bilan bog’lik muammolar turadi. Masalan
kompyuterning apparat ta’minoti yoki dasturiy ta’minoti bilan bog’liq. Ana
shunday paytda mutaxassisdan quyidagi asosiy bilim va ko’nikmalarni bilish talab
qilinadi.
• Hisoblash tizimlari tarkibini bilish.
• Zamonaviy shaxsiy kompyuter ishlash tamoyillarini chuqur bilish.
• Kompyuter tizimlarining texnik (apparatli) ta’minoti, har bir qurilma va
uning ishlash tamoyili haqida etarli bilimga ega bo’lishi.
• Kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularni kompyuterga o’rnatish.
• Kompyuter va qurilmalarida nosozliklar vujudga kelganda ularni aniqlash
va bartaraf etish.
• Kompyuterlarga amaliyot tizimlari o’rnatish va kompyuterdagi axborot
resurslarini himoyalash.
• Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish va uning xavfsizligini ta’minlash.
• Yangi zamonaviy ishlab chiqarilayotgan yoki yaratilayotgan kompyuter
texnikasi va dasturiy ta’minotlarni tezda o’zlashtirib olish kabi amaliy bilim va
ko’nikmalarga ega bo’lish talab qilinadi.
Yuqorida bayon qilingan axborot-kommunikatsion texnologiyalari
imkoniyatlari to’g’risidagi bilimlarni va amaliy ko’nikmalarni yoritib berish
to’g’risida bajarilayotgan ushbu
BMI mavzusi dolzarb muammolardan deb
hisoblashga to’la asos bo’la oladi.
Dostları ilə paylaş: