Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
tob o‘qiydi. Gohida esa askarlikdan yodgor bo‘lib qolgan etiklarini kiyadi-da, yelkasiga 
jandarm singari miltig‘ini osib olib, Dulduliga minib chiqib ketadi (Duldul — uning yaxshi 
ko‘rgan qadrdon oti). Qishloqlarda aylanib yurib kasal boqadi, o‘zini ovutadigan narsa-
larni qidirib yuradi. Uyida sakson yasharlik sut enagasi bilan u “o‘nboshi” deb ataydigan 
cho‘loq bog‘bon qoladi. 
Bundan uch kun avval Xayrullobey meni Munisa bilan uyiga chaqirdi. Kayfi chog‘ edi. 
Men kutubxonasini kovlashtirish bilan ovora bo‘lgunimcha, Munisa bilan yosh boladay 
o‘ynashdi. Munisaga shunday jiddiy buyruqlar berardiki, kula-kula o‘layozdim. 
— Endi bekinmachoq o‘ynaymiz, lekin odam topolmaydigan joyga bekinish yo‘q, 
boshmaldoqday bolasan, bir yerga kirib olsang, kechgacha qidirishga to‘g‘ri keladi. In-
naykeyin, mabodo meni topolmasang, hayron bo‘lma, bekingan yerimda uxlab qolgan 
bo‘laman, — dedi. 
Bir necha kundan beri Munisaga chorshaf yopintiraman. Qizginam o‘n to‘rtga kirib qol-
di, bo‘yi ham bo‘yimga yetdi. Kichkinam gulday ochildi, oqqa moyil och sariq sochlari 
orasidan oppoq, kulchaday yuzi, kun fasliga qarab o‘zgarib turadigan ko‘m-ko‘k ko‘zlari 
bilan kulganda yonoqlarida gullar ochgan, yig‘laganda esa ko‘zlaridan injular to‘kilgan 
pari qizlariga o‘xshardi. 
Xayrullobey chorshaf yopintirishimga tish-tirnog‘i bilan qarshi. Men ham uning hali ju-
da yoshligini bilaman, lekin nima qilay, qo‘rqaman. Tanish-bilishlardan ba’zilari: 
— Faridaxonim, sen buningni erkaklardan qochir. Bevaqt qaynana bo‘lib qolmagin 
tag‘in, — deyishardi.
Ichimda allaqanday hovriqish bor: ham suyunaman, ham xijil bo‘laman. Qaynanalarni 
bekorga zahar deyishmaydi. 
Kecha maktabdan kelayotgan edik. Bir mahal ko‘chaning ul yuzida kelayotgan o‘n olti-
o‘n yetti yoshli xushro‘ygina yigitchaga ko‘zim tushib qoldi. Bu maktab bolasining biz to-
monga qarab-qarab qo‘yishi menga g‘alati tuyuldi. Pechimning tagidan Munisaga sekin 
razm soldim. Nimani ko‘rdim deng? Noinsof sariq chayon yigitchaga ko‘z qiri bilan tabas-
sumlar uzatsa-ya! Shunchalik vahmga tushdimki, ko‘cha o‘rtasida hushdan ketib qoli-
shimga sal qoldi. Qiz tushmagurni qo‘lidan ushlab olib, tergay boshladim. Oldin bo‘yniga 
olmadi. Qarasaki, men gaplariga ishonmayman, shundan keyin yolg‘ondakam yig‘lashga 
turdi. Sariq chayon, ko‘z yoshlarini ko‘rsam, chidolmasdan mening ham yig‘lab yubori-
shimni biladi-da. 
— Men ham senga qanaqa jazo berishni bilaman, — dedim. — Bozordan to‘q yashil 
ipaklik sotib oldim, senga shundan chorshaf tikyapman. 
Bugun ertalab ham Munisa bilan atirgul moyi ustida qattiq janjallashib oldik. Bundan 
bir necha oy avval Xayrullobey bilan gaplashib o‘tirib so‘z orasida shu moyni yaxshi 
ko‘rganligimni aytib edim. Bilmayman, qaerdan topdi ekan, uch-to‘rt kundan keyin Xay-
rullobey menga bir shisha atirgul moyi keltirib bergan edi. Ado bo‘lib qolmasin deb juda 
tejab ishlatdim. Xudo umringni bergur noinsof qiz bo‘lsa hech ayamaydi. Uyda jindakki-
na yolg‘iz qoldimi — bo‘ldi, uy ichini atirgul moyining hidi tutib ketadi. Men qistovga ol-
sam, o‘zini bilmaslikka solib: 
— Tekkanim yo‘q, opajon, xudo ursin, — deb qasam icha boshlaydi. 
* * * 
Qusha-da-si, 5 may. 
Bugun ertalab Munisa bir oz tobi qochib, rangi o‘chib uyg‘ondi. Ko‘zlari qizarib, yuzi 
so‘lishib turdi. Maktabda ishim nihoyatda ko‘pligi uchun uyda qolishning iloji bo‘lmadi. 
Bitta kampir qo‘shnimiz bor edi, shundan Munisaga qarab turishni iltimos qildim-u, o‘zim 
Xayrullobeynikiga chopib ketdim. Unga Munisaning kasalligini aytib, kelib xabar olishini 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin