* * *
Qusha-da-si, 26 fe-v-ral.
O‘sha kundan beri sen mening uchun bir begonadan, dushmandan boshqa narsa
emas eding, Komron. Hech mahal yuz ko‘rishmasligimizni, to o‘lgunimizcha ko‘zimiz
ko‘zimizga tushmasligini, bir-birimizning ovozimizni bir umr eshitmasligimizni bilardim.
Shunday bo‘lsa ham, sening nishonling ekanim hissini hamisha ko‘nglimda saqlab kelar-
dim. Nima demay, nima qilmayin men o‘zimni hammavaqt sening mulking deb kelaman
va bu tushunchadan hech vaqt qutula olmayman.
Ha, yolg‘on aytishning nima hojati bor? Bugun nafratlarimga, isyonlarimga, butun
bo‘lib o‘tgan narsalarga qaramay, men yana qisman seniki edim. Buni birinchi marta bu-
gun ertalab, birovning nishonlisi bo‘lib uyg‘ongan damimda his etdim. Ha, birovning ni-
shonlisi! Shuncha yillarning shuncha subh-sabohida sening nishonlingman deb uyg‘onib
kelganimdan keyin, birdan o‘zga kishining nishonlisi bo‘lib uyg‘onish!.. Komron, faqat
bugun ertalabgina sendan chinakamiga ayrildim. Hamda biron yodgorlik olishga, so‘nggi
marta boshini o‘girib orqasiga, orqasida qolgan narsalarga qarashga haqqi bo‘lmagan
muhojir singari ayrildim!..
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
191
* * *
Bugun ertalab Ehsonbey bilan ko‘rishganimdan so‘ng uni Xayrullobeyning oldiga olib
borib, unashganimizni aytmoqchi edim. Bu katta voqea uchun har kuni kiyib yuradigan
hamshiralik xalatim to‘g‘ri kelmasligi, nishonlimni balki dilgir qilishi mumkin edi. Shuning
uchun bog‘da o‘sib yotgan gullardan uzib, ko‘kragimga taqib oldim.
Bugun ertalab ham Ehsonbey formada edi. Meni ko‘rib, yosh boladay ochilib ketdi.
Shu bugundan boshlab uni baxtli qilish mening burchim, deb o‘yladim-da, zo‘rma-zo‘ra-
kayiga kulimsirab qo‘limni uzatdim:
— Bonjur, Ehsonbey, — dedim.
Keyin dastadan bir necha niholni sug‘urib olib, mundiriga taqib qo‘ydim.
— Bugun kechasi yaxshi uxlagan bo‘lsangiz kerak?
— Juda yaxshi. O‘zingiz-chi?
— Olti oylik chaqaloqday tinch, bexarxasha.
— Unday bo‘lsa nega yuzingiz sarg‘aygan?
— Bilmaysizmi, baxt ham odamni sarg‘aytiradi.
Shundan keyin ikkalamiz jim bo‘lib qoldik.
Ehsonbeyning lablari op-oqarib ketgan edi. Bir oz jim turgandan keyin og‘ir-og‘ir
so‘zlay boshladi. Ora-sira ovozining titrashidan qo‘rqib to‘xtab qolar, keyin yana ikkilanib
davom etardi:
— Farida xonim, sizdan to o‘lgunimcha minnatdorman. Menga eski baxtiyor paytla-
rimda ham nasib qilmagan mislsiz bir kecha bag‘ishladingiz. Sizga boya rostini aytma-
dim. To‘g‘risi, shu kecha tong otganga qadar mijja qoqmay chiqdim. “Iltimos qilaman,
meni qabul qiling”, degan so‘zlaringiz quloqlarimdan ketmadi... Uxlamadim, chunki siz-
ning nishonlingiz bo‘lib o‘tkazayotgan birdan-bir kechamning bir minutini ham zoe ket-
kazmaslik kerak edi... Umrimning oxirigacha sizdan minnatdor bo‘lib qolaman.
Ehsonbeyning yuziga qaradim.
— Sizni hammavaqt baxtiyor qilaman, — dedim.
U chuqur hayajon ichida edi. Qo‘llarimni ushlamoqchi bo‘ldi, lekin yuragi betlamadi.
Xuddi kasal bolaga gapirayotgandek, yumshoq, mehribon tovush bilan:
— Yo‘q, Farida xonim, bu kechaning ertasi bo‘lishi mumkin emasligini bilardim, — de-
di. — Shu kecha nihoyatda baxtiyor bo‘ldim. Lekin, shunga qaramay, bugun ketaman,
bir necha soatdan so‘ng sizdan ayrilaman.
— Nega endi, Ehsonbey? Meni xohlamaysizmi? To‘g‘ri emas, menga shuncha umid
bergandan so‘ng ketib qolishingiz to‘g‘ri emas!
Ofitser orqasi bilan devorga suyandi, ko‘zlarini yumdi, keyin chuqur-chuqur xo‘rsinib:
— Oh, bu ovoz! — dedi-da, birdan silkinib, qariyb dag‘al tovush bilan: — Yana bir oz
g‘ayrat ko‘rsatsangiz, rahmu shafqat sizni meni yaxshi ko‘rganligingizga ishontiradi, —
deb aytdi.
— Nega ishontirmasin, Ehsonbey? Modomiki, siz bilan unashishga ko‘ndim, demak,
bunda bir sabab bor!
Ehsonbey achchiq istehzo bilan javob berdi:
— To‘g‘ri, modomiki, menga tegish istagini bildirishingiz, demak, meni yaxshi ko‘rasiz.
Lekin meni bu xilda yaxshi ko‘rishingizni istamayman. Nahotki nikohingizga chin muhab-
bat oqibati deb qarasangiz, Farida xonim!
— ....
— Farida xonim, nahotki meni baxtsiz nogiraga qilinadigan shafqatdan afzal bo‘lma-
gan ishq sadaqasini qabul qilish darajasiga tushgan, tamom bo‘lgan bir odam deb hisob-
lasangiz?
Poyonsiz bir qayg‘u ichida boshimni solintirdim.
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Dostları ilə paylaş: |