partiyalarga biriktiriladi. Sex (uchastka)dagi bir jihozda bajariladigan
texnologik yo’nalishlarning turlicha ekanligi kalendar rejalashtirishni va
ish o’rinlariga xizmat ko’rsatishni murakkablashtiradi. Bir operasiyadan
ikkinchisiga o’tishda qayta sozlashlar natijasida jihozlardan foydalanishda
davriy tanaffuslar va operasiyalar orasida zadellarning ko’payib ketishi
kabi holatlarni to’liq bartaraf etib bo’lmaydi. Seriyali ishlab chiqarishda
ish o’rinlari bir necha turdagi operasiyalarni bajarishga ixtisoslashgani
tufayli har bir operasiya ish o’rnini faqat qisman taminlaydi.
Seriyali usulni qo’llash samaradorligiga ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish,
ishlov berilayotgan mahsulot nomenklaturasini kamaytirish, zadellarni
qisqartirish orqali erishish mumkin.
Buning uchun esa: partiya miqdori, zadellar, sikl davomiyligi
normativlarni qo’llash, buyumni ishlab chiqarishga kiritish va chiqarishning
standart grafiklarini qo’llash orqali barcha bo’linmalarni bir maromda
ishlashini ta`minlash, gruppali ishlab chiqarish sharoitlariga potok
elementlarini ko’chirish kabi
tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Yakka tartibli usul mahsulotni cheklangan miqdorda, yagona ko’rinishda
ishlab chiqarishni ko’zda tutadi. Ish o’rinlarining texnologik ixtisoslashuvi va
detal va operasiyalarni ish o’rinlariga biriktirishning imkoniyati yo’qligi
sababli, sexlarni texnologik ixtisoslashtirish prinsipi bo’yicha tashkil etib,
universal jihozlar bilan jihozlanishni ko’zda tutadi.
Ushbu usul quyidagi xususiyatlarga ega:
- qaytarilmaydigan, keng nomenklaturadagi mahsulot ishlab chiqarish;
- jihozlar stanok va mashinalar guruhi bo’yicha joylashtiriladi;
- yuqori malakali, bir nechta mutaxassislikni egallagan ishchilardan
foydalanish;
- mexanizasiyalashtirish darajasi past.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning yakka tartibli usulida
jihozlarni qayta sozlashga ko’p vaqt sarflanadi, ishlab chiqarish sikli
uzun, zadellar yani tugallanmagan ishlab chiqarish miqdori ko’p
bo’ladi. Ushbu kamchiliklarni mehnat buyumlarining harakat
yo’nalishlarini soddalashtirish, operasiyalararo uzilishlar vaqtini
qisqartirish orqali qisman bartaraf etish mumkin.