Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
258
Navoiyo, sekiz uchmoq havosidin kechgim,
Bular mavoni’ erur, yor istar o‘lsa birov.
507
O‘t yolindek sen qachon chopsang samandi barqrav,
Bir alam ul o‘tqa boshing ustida gulgun yalav.
Tortibon tig‘i jafo, bag‘rimni yuz chok ayladi,
Bordi ulkim der edilar el meni bag‘ri butav.
Hullai kofurgun ul xil’ati xazro uza,
Sabzai jannatqa go‘yo tushti rahmatdin qirav.
El inoni ixtiyori chiqqti yaksar ilgidin,
Po‘yada har sari ul chobukki qaytardi jilav.
Xo‘blar ichra birav ko‘nglumni olmishkim, ani
Mendin o‘zga kimsa birla qilmag‘il, yo rab, ikav.
Tiyralar lutf aylabon tutmas safo ahli yerin,
Yorig‘an birla uchi, sham’ o‘zini tutmas ko‘sav.
Gar Navoiy kilkidek el kilki shakkarrez emas,
Ayb qilma, birdek o‘lmas nayshakar birla g‘arav.
508
Yordin ayru may ichmak qindurur balkim og‘u,
Xoh og‘zda talx su, xohi burunda sho‘r su.
Deb eding, ey hajr, yoring kelmasa jon bergasen.
Chiqti jonim birga, vah, bu ikkidin vaqt o‘ldimu.
Istasam husnung zakotin, gar bo‘lur moni’ raqib,
Ne ajab, chun it bo‘lur doim gado birla adu.
Nevchun og‘zingg‘a yetar deb jomi gulgun dam-badam,
Xasta ko‘nglum g‘unchadek qon bog‘lanibtur to‘-bato‘.
Menki, o‘ldum ko‘yida, ko‘nglum o‘tining dudidur,
Zog‘din qilmang gumon, qonlig‘ tanim uzra g‘ulu.
Zohidi xudbing‘a xirqam zayli tegdi, ey rafiq,
Olib egnimdin, fano dayri aro may birla yu.
Ey Navoiy, ko‘rgach ul qotilni, qo‘ydung yerga bosh,
Buyla bosh qo‘yg‘ach nafas tashvishidin forig‘ uyu.
Dostları ilə paylaş: