Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
Rozimen agar naqdi dilu dinim o‘g‘urlar,
Gar bo‘lsa manga ul buti ayyor musohib.
Mahjub edi ul sho‘x ulustin, chu may ichti.
Har xayl bila bo‘ldi bayakbor musohib?
Ko‘zlar
bila ul yuz qiladur qatl, ne bo‘lg‘an,
Din ahli bila bo‘ldi chu kuffor musohib?
Bir go‘shada may ichmasa, o‘z bo‘ynida qoni,
Gar bo‘lsa dame kimsaga dildor musohib.
Topilmasa gar yori vafodor kam ermas
Andin, kishi gar topsa vafodor musohib.
Yaxshingni yamonlig‘ bila fosh ar tilamassen,
Olam elidin aylama zinhor musohib.
Dardoki, musohib
manga bir tushmadi hamdard,
Davronda tushub ilgima bisyor musohib.
Yor etsa Navoiyni musohiblari, xushtur,
Yo‘q baxti qilurg‘a chu ani yor musohib.
50
Qani sening kebi olamda dilrabo mahbub,
Ko‘z ila qotilu lab birla jonfizo mahbub.
Ne zulm aylasang ahbobqa,
xudo yoring,
Chu xalq aylamamish sen kebi xudo mahbub.
Xumor dardi birla hajr mehnatida manga,
Iloj bodadur, oy hamdamu davo mahbub.
Niyozi ishq sari nozi husn jonibidur,
Agarchi shoh muhib bo‘lsayu gado — mahbub.
Meni gadog‘a ne hol o‘lg‘ay, ey musulmonlar
Ki, soldi ishq boshim uzra podsho mahbub.
Rafiqlar, o‘tunguz dayr ko‘yidinki, meni
Xarob ayladi may dog‘i mubtalo mahbub.
Gar o‘lsa
hali muhabbat Navoiy, ey hamdam,
Vafo kerak anga, qilg‘an soyi jafo mahbub.
Dostları ilə paylaş: