Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
266
Ki, hayvon chashmasining ostida voqi’durur ul chah.
Yuz olman sarv birla gul ayog‘idinki, vah, yo‘qtur
Aning qaddu yuziga bog‘ aro bu ikkidin ashbah.
Yuzung vasfini yuz tah safhag‘a yozsam, tamom o‘lmas
Ki, bo‘lg‘ay safhai xurshidcha ul safhadin har tah.
Jununum man’ qilding ul pariy ishqida, ey nosih,
Kishi devona bo‘lsa yaxshiroq, yuz qatlakim ablah.
Tajammul raxtidin, ey shah, gadog‘a qilma istig‘no,
Chu bog‘lar
raxt bu dayri fanodin gar gado, gar shah.
Navoiy, ko‘p dema g‘am xaylidin mayxona ma’mandur,
Azimat qilsang ul dorul-among‘a fi amonullah.
523
Ne po‘ya urdum yo‘lida, ne boshim o‘ldi xoki rah,
Ul sho‘x ishqi sa’yida boshtin ayog‘imdur gunah.
To boda ichti ul sanam, to mayg‘a cho‘mdi la’li ham,
Jonimda o‘tdur dam-badam, bag‘rimda qondur tah-batah.
Chun jilva bo‘ldi yorg‘a, aysh o‘ldi joni zorg‘a
Kim, ul qadu raftorg‘a jon gulshanidur jilvagah.
Jon qasdig‘a
qilsa kamin, xayli erur yuz nozanin
Xurshid cheksa tig‘i kin, anjum ne tong bo‘lmoq siyah.
Yuz ishva birla boqibon, jonimg‘a o‘tlar yoqibon,
Lab tishlabon, ko‘z qoqibon, tirgizdiyu o‘lturdi, vah.
Ochqach yuzin ul no‘shlab, qildim fig‘on
birla taab,
Bulbulg‘a tushsa ne ajab, oshubu afg‘on subhgah.
Umr o‘tmakin andisha qil, davrong‘a yo‘qtur mehr — bil,
Ey shah, gadoni ko‘zga ilkim, ne gado qolur, ne shah.
Soqiy, to‘la jome ketur, dardimg‘a orome ketur,
Holimg‘a anjome keturkim, g‘am ani qilmish tabah.
Har yon, Navoiy, sunma qo‘l, ne kelsa haqdin — rozi o‘l,
Sen ojizu hokimdur ul, al fajru lak al hukmu lah.
524
Sarvu gul husn ichra yo‘q ul sarvi gulruxsorcha.
Uylakim, qumriyu bulbul nolada men zorcha.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: